Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
63
Qizil maydonda esa tun yarmidan og‘gan shu kezda mashhur Spas minorasidagi soat millari boyqush 
vaqtiga — kechasi soat uchga yaqinlashmoqda edi. Boyqush Kreml kurantlari dunyoning to‘rt tomoniga 
g‘ulg‘ula solib uch marta bong uradigan ardoqli paytini kutar edi, shundan so‘ng u o‘rnidan qo‘zg‘alib 
minora tepasidan pastga tik uchib tushadi-yu, chorqirra toshlar terilgan maydon yuzasidan g‘iz etib 
ko‘tariladi-da, Kreml devori bo‘ylab uchib nariroqqa o‘tadi va har galgiday Qizil maydon ustida shovqinsiz 
charx uradi va maqbara ustidan o‘tgach tevarak-atrofga nazar tashlab, yorug‘ dunyoda nimalar 
bo‘layotganiga ser soladi. Bu safar ham boyqush ikki pakana-xumkalla sharpa bilan uchrashib, ularning 
o‘zaro suhbatlariga quloq tutishga umid bog‘lar edi. Ularning suhbatlashishlari uchun esa bahona ko‘p 
edi, ko‘p bo‘lganda qanday? Boisi shundan sal oldin Qizil maydonda qo‘rqinchli voqea ro‘y bergan edi. 
Boyqush shuncha yil yashab bunaqasini ko‘rgan emas.
Ikkinchi tomondan, sog‘lom fikrli odamlarning aqli yetmayotgan narsaga arvohlar bilan osh-qatiq 
bo‘lib yurgan qush bo‘lib qushmas, ins-jins siyoqli bu parrandaning – Spas minorasining tug‘di-bitdi 
boyqushining aqli qanday yetsin.
Buning hammasi kuz kuni peshin paytida hSKni – Harbiy-sanoat kompleksini himoya qilishga 
bag‘ishlangan miting o‘tkazish uchun Qizil maydonga xalq oqib kelayotgan kezda boshlandi. Jurnalistlar 
yozganlaridek, qayta qurish mudofaa sanoatining tomog‘iga turib qolgan suyak bo‘ldi. HSKni tiklash 
bilan davlatimizning oldingi qudratini saqlab qolish mumkin, degan zorlanish ayrim doiralarda 
allaqachondan beri quloqqa chalinardi. Darhaqiqat, bunday fikrlar endigina tugay boshlagan o‘rmon 
yong‘inining hidi kabi havoda anqib yurar edi. Mana, yong‘in yana lovullab alanga oldi, milliy hushyor 
tortish hissini uyg‘otganlar – afkor ommani qurol bilan savdo qilishni yana o‘rniga qo‘yishga chorlovchi 
kuchlar va harbiylashtirilgan davlatchilikning asosi hisoblangan va qayta qurish deb atalmish siyosat 
oqibatida hamda makkorlik bilan ish ko‘rgan G’arbning manfaatlarini ko‘zlagan radikal-demokratlar 
dastidan vayron bo‘lgan hSKni tiklashga chaqiruvchi kuchlar bunga talay yordam berdi.
Qizil maydonda har tomondan kelgan odamlar yig‘ildi. Mitingga to‘planganlarning ko‘pchiligi chetdan 
– oldinlari “pochta yashiklari” deb atalgan va nomerlab qo‘yilgan “yopiq” shaharlardan kelgan kishilar 
edi. Konversiya jarayonida maxfiy bo‘lmay qolgan “yashik”dan Moskvaning barcha vokzallariga 
poezdlarda gurra-gurra odamlar kelishdi va avtomagistrallarni to‘ldirib kolonna-kolonna bo‘lib shahar 
markaziga tomon yo‘l olishdi. Ularga Moskva “mudofaachilari”, milliy vatanparvarlar, Stalinni qo‘msab 
qolgan pensionerlar va boshqalar ham qo‘shilishdi. Namoyishchilar og‘ir kontuziyadan endigina 
sog‘aygan, o‘tmishdan qolgan g‘alati nusxalarga o‘xshashar edi; ular qonxo‘r diktatorlarning suratlarini 
baland ko‘tarib borishar edi; holbuki o‘sha hokimlarni yaqin-yaqinlarda ham xuddi mana shu ko‘chalarda 
g‘azab bilan haqorat qilishgan va la’natlashgan edilar.
Namoyishchilar soni ko‘paygandan ko‘payib bordi, hSKning sirli qa’rida oldinlari qancha ishga yaroqli 
kishilar band bo‘lganligini shundan ham bilsa bo‘lardi. Dunyoning yarmisini qurollantirishdi. Ishning 
pachavasi chiqqanini birdan sezib qolishdi – ishlab chiqarish qayta qurilmasa konversiya hSKda ishlab 
kelganlarni ishsizlikka mahkum etgusidir. Shuning uchun ular g‘imirlab qolishdi... Bu namoyish 
hammaning ko‘z o‘ngida xarsanglarni ham, to‘nkalarni ham, tomdan tushgan tunukayog‘ochlarni ham 
oqizib ketayotgan toshqin selga o‘xshar va bunga hech kim bas kelolmas edi. O’sha kezlarda vahimador 
chaqiriq va shiorlar ham shahar ko‘chalarida o‘z “xarsanglari, to‘nkalari, to‘nkayog‘ochlari”ni ag‘dar-
to‘ntar qilib olib ketayotgan edi. Mana ular – “Konversiya to‘xtatilsin!”, “HKSni barbod qilishga yo‘l 
qo‘ymaymiz!”, “Yashasin shonli HKS”, “Eng muhimi – davlat!” “Davlatga qarshi islohotlar yo‘qolsin!”, 
“Tank – barqarorlik garovidir!”, “Qurol-yarog‘ sotib valyuta ishlaymiz!”, “Qurol savdosida raqobat 
qilishimizga xalaqit bermang!”, “Qurollanish poygasi haqidagi safsataga chek qo‘yilsin!”. 
Tushunmaganlarga bema’niday tuyuladigan shiorlar “Pochta yashiklari qayta tiklansin!”, “Pochta 
yashiklarida yashayveramiz va ishlayveramiz!”, hatto bundaylari ham bor: “Patsifistlar, bas qiling, vaqt 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish