Kutubxonachi.uz
64
ketmasin!”, “Bizni mahv etish uchun sovuq urushlar munosabatidan mahrum qilishdi!”, “Tankdan
tog‘ora yasashlariga yo‘l qo‘ymaymiz!” va, nihoyat, “Kuch va milliy boylik manbai – qurolyarog‘ ishlab
chiqarish yashasin!”, “Ishsizlikka yo‘l qo‘ymaymiz, donishmandlarning ketib qolishiga yo‘l bermaymiz!”,
“Texnikaviy taraqqiyotning negizi – sovuq munosabatlar urushi yashasin!”, “Sotqin insonparvarlar
yo‘qolsin!” va bunga o‘xshash yana talay chaqiriq va shiorlar. Yaxshiyamki, har narsalar yozilgani bilan
bir parcha qattiq qog‘oz baribir qog‘ozligicha qolaveradi, lekin bu shunday kuch ediki, gangib qolasan
kishi.
Davlatning harbiy jihatdan ustun bo‘lishi zarurligi haqida jon kuydirgan, o‘zlarini davlatparastlar deb
atagan siyosatdonlar xohlashadimi yoki yo‘qmi, xalqaro qurol-yarog‘ yarmarkalarini tashkil etishda
ishtirok etganlar xohlashdimi yoki yo‘qmi, qurol-yarog‘imizning tarixda hecham so‘nmagan shon-
shuhratini madh etish borasida qizg‘in kampaniya boshlaganlar xohlashdimi yoki yo‘qmi, bulardan
birontasi uyg‘ongan va junbushga kelgan kuchlarni to‘xtatishga qodir emas edi – Hammahammasi endi
selda oqib ketayotgan payraxalarni eslatardi; axir xalqaro qurol-yarog‘ yarmarkalari savdosida
birinchilikni olish millat manfaati yo‘lida qilingan savob ish hisoblanar edi-da, eng muhimi, milliard-
milliard dollar sof foyda berardi, bundan yuragi yorilguday xursand bo‘lishardi, chunki o‘sha milliard-
milliard daromadning uchdan bir qismi bevosita joylardagi qurol-yarog‘ yaratuvchilarning cho‘ntagiga
tushar edi-da!
Qizil maydonda odamlarning boshlari dengizday chayqalmoqda edi. Ming-minglab to‘planganlar va
ularga kelib qo‘shilayotganlar HKSni himoya qilib, butun maydonga sig‘may ketishdi va hammasi
yoppasiga “H-S-K”, “Va-lyu-ta”, “Kreml – bizniki”, “Kreml – bizniki” deb bir ovozdan baqirib-chaqirib,
osmonni boshiga ko‘tarishar edi.
hammasini vertolyotlarda tasvirga olishdi, lekin tepadan turib butun manzaraning otilgan vulqonday
ulug‘vorligini ko‘rsatib bo‘lmas edi! Umumiy miting, so‘zlari mavzoleydan radiokarnaylar orqali
kuchaytirib berilayotgan notiqlar barobarinda maydonning u yer-bu yerlarida uyushtirilgan kichik-kichik
mitinglarning o‘z shiorlari, rasmlari va chaqiriqlari bor edi. Mashhur Qatlxona tepaligida fidelchilar
yig‘ilishgan edi, ularning dohiylarining rasmlaridan va ko‘tarib olgan shiorlaridan ko‘rinib turar edi: “Fidel
– biz sen bilan!”, “Sotsializm yoki o‘lim!”. Bir-birlarining qo‘llaridan ushlab olgan olomon buni ko‘rib
yanada balandroq ovozda takrorladi: “Sotsializm yoki o‘lim”. Tarix muzeyi yonidagi yo‘lda saddamchilar
tiqilishgan. Ana shu o‘pqondan chiqqanday darg‘azab va qahrli xitob yangrar edi: “Saddam – sen bizning
birodarimizsan!”, “Sad-dam – sen bizning birodarimizsan!” Mushtumlarini baland ko‘targan bir gala
namoyishchilar ovozlari ham ularga jo‘r bo‘ldi. “Kadda-kada-Kaddafi!”, “Kadda-kada-Kaddafi!”.
Uzoq yillar davomida ko‘plab qurol-yarog‘lar olib turgan deyarli barcha mamlakatlardan kelganlar ana
shunday baqirib-chaqirib yurishdi, muxlislar Xitoy, Eron, Pokiston, hindiston, Shimoliy Koreya va ayniqsa
arab mamlakatlari va Afrika mamlakatlaridagi mijozlar sharafiga raqsga tushayotganday qadam tashlab
borishdi. Har bir mamlakatning o‘z o‘rni bor: Xitoy ko‘lami va aholisi soniga ko‘ra eng ko‘p muxlisga ega
edi, ular shoir Maoning “Tovus qo‘shig‘i” she’ridan dohiyona misrani jo‘r ovoz bilan dona-dona qilib
takrorlab qadam tashlab borishar edi: “Miltiq hokimiyatni keltirib chiqaradi!” Stalinchilar ular bilan apoq-
chapoq bo‘lib ketishdi; ular “Stalinga shon-sharaf bo‘lsin!” deb qattiq jo‘rovozlik qilishardi hamda
generalissimusning bezab-bejalgan rasmlarini baland ko‘tarib borishar edi. Ana shu barcha
hayqiriqlarda Kalashnikov avtomati hukmronlik qilar edi: “Kalash – Kreml nash!” (Kreml bizniki) degan
xitob hamma qiyqiriq-shiorlarni bosib ketdi. Mazkur mavzu doirasida tushuniksiz yangi shiorlar ham
paydo bo‘lib qoldi: “O’q parvozi – osmon olmosi!” Bu shiorni “Raketa uchsa, tepadan olmos yog‘adi”,
deb tushunish kerakmikin? Qaniydi, qaniydi shunday bo‘lsa! Bularning hammasi soxta shod-xurramlik
qozonida vaqirlab qaynar va u har bir kishida kuch-qudrat, zo‘rlik, yelkadoshlik hissini jo‘sh urdirar edi...
Mana hozir shunday bir hodisa ro‘y beradiki, ehtiroslar mushagi alanga oladi, osmon larzaga keladi va
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |