Kutubxonachi.uz
70
Qiziq, uning ko‘rgan tushlaridan biri esiga keldi. Ba’zan odamlar tushida ko‘rganini o‘ngida ko‘radi
deyishadi. Bu tushni ko‘rganiga ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q — tushida hammayoq golf maydonlari emish,
kechasi oy nur sochib turganmish, hamma shodu xurram va erkin his qilarmish o‘zini, lekin ko‘ngilsizlik
ro‘y bergan emish: chuqurchaga tushgan koptokni tayoq bilan urib chiqarib bo‘lmas emish — koptok
o‘rnidan qo‘zg‘almasmish, Bork qanchalik harakat qilmasin, koptok qimirlamay turavergan emish. Shu
on qayoqdandir tepa tarafdan kafedrada birga ishlashgan hamkasabasi marhum professor Maks Frayd
kelib qolganmish. U Borkka qarab: “Oyga uchib ketaylik, u yerda xuddi shunday maydonlar bor, golf
o‘ynaymiz, der emish. Bork Maksning so‘zlariga ishonib, uning orqasidan ergashib dalalar ustidan uchib
ketarmish. Xotini Jessi bo‘lsa, ortidan chopib, “orqaga qayt” deb chaqirarmish. Va nima uchundir u
yig‘larmish. Bu tushning ta’biri nimaykin? Bunisi qiziq bo‘ldi-ku! Lekin o‘ylab ko‘rilsa, ajablanarli joyi ham
yo‘q. Maks uning dilkash do‘sti edi, har xil bo‘lar bo‘lmas narsalarga, hatto ilmi nujumga ham qiziqib
yurardi. Masalan, golf o‘ynaganda qanday hisob bilan yutishini yoki yutqizishini yulduzlarga qarab
aniqlashga urinar edi. Aytganlari ba’zan to‘g‘ri chiqar, lekin ko‘p hollarda bashoratlari to‘g‘ri chiqmas
edi. Ehtimol Maksning arvohi u dunyoda biron narsani oldindan sezgandir va qandaydir ko‘ngilsiz
samoviy hodisaning yaqinlashayotganini payqagandir va shuning uchun do‘stini falokatdan qutqarib
qolish uchun Oyga uchib chorlayotgandir. Shuning uchun ham tushiga kirib ogohlantirayotgandir.
ha, Maks hayot bo‘lganda mitingda bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng yarim kechada bo‘lsayam Nyuberiga
chopib kelgan bo‘lur edi. Ehtimol, buning nafi bo‘lmas, lekin mana shuning o‘ziyoq Maksning tinib-
tinchimas va o‘ta darajada sadoqatli do‘st ekanligini isbotlaydi. Ahyon-ahyonda Jessi royalda u qadar
murakkab bo‘lmagan kuylarni binoyiday chalar edi. U ba’zan masxaromuz hazillardan ham qaytmas edi:
“Sening barcha do‘stlaring, Bob, Maksga o‘xshagan o‘lguday g‘alati ziyolilar-da. Aslida senlar rohiblar
uyushmasini ochib olishlaring, sen jamoaning boshlig‘i, quling o‘rgilsin qattiqqo‘l murabbiysi bo‘lib
olishing, suxsurday Maks esa sening o‘ng qo‘ling bo‘lishi kerak ekan, ana o‘shanda u hamma-
hammasiga ulgurgan bo‘lur edi. Ana o‘shanda senlar fanlardagina emas, yana boshqa sohalarda ham
bor hunarlaringni namoyon qilgan bo‘lurmidilaring?” Bechora Maks, axir uning Jessiga ko‘ngli bor edi
va o‘qtin-o‘qtin buni hazil-mutoyiba bilan shipshitib ham qo‘yardi. U shirakayf paytlarida yuragidagini
aytib ham olardi: “Robert, eshit, senga rostini aytsam, mening turmushimga rosa to‘g‘anoq bo‘lgansan”.
“Rostdan-a?”
“Sen bo‘lmaganingda, Jessiga muhabbat izhor qilgan bo‘lur edim”.
“Ehtimol, hozir ham kech emasdir”.
“Yo‘q, sen umuman yorug‘ dunyoga kelmaganingda, ana o‘shandagina men Jessiga nima deyishimni
o‘zim bilardim”.
“Unday bo‘lsa, qo‘lingdan hech narsa kelmas ekan. Ko‘rib turibsan — men yorug‘ dunyoda
yashayapman”.
“Ana ko‘rdingmi, mening hayotimga rosa xalaqit berganingni endi tushungandirsan”.
“Maks, do‘stginam, sen yashashning juda oson yo‘lini tanlagan ekansan. Men yashayotgan dunyoda
baxtingni sinab ko‘r, mensiz badastir sharoitda yashashingning qizig‘i yo‘q”.
“Yo‘q, sen bor joyda yayray olmayman. Hecham”.
“Nega edi. Xotin zoti seni desa jonini beradi — savlat desa ot hurkadi, husn desa birovdan qarz
olgudek joying yo‘q, mototsiklda uchib yurgan kezlaring hammaning ko‘zi senda bo‘lardi. Qolaversa,
mendan yoshroqsan”.
“Men mototsikl shaydosiman, sen bo‘lsang dunyoga mashhur olimsan, mening ko‘rgan-bilganim
mototsikl, sen esa badavlatsan, kitoblaring uchun katta-katta haq olasan, boylar turadigan Nyuberida
dang‘illama hovli-joying bor, xotining Bax, Betxoven deganlarning kuylarini senga violenchelda chalib
beradi, men mototsiklda uchaman, sen bo‘lsang hamma orzu qilgan Nyuberi-golfda koptok o‘ynaysan,
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |