Kutubxonachi.uz
78
–
Ha, ular uni tajovuzkor deb biladilar. Men uchun u payg‘ambarday gap, boshqalar uchun —
shayton. Odamzot ikki yo‘ldan bittasini tanlab olishi lozim: yoki biz, hammamiz aldanib, odatdagiday
yashayveramiz, yoki kassandra-embrionlar sonining ko‘payib borish sabablarini tushunib olib,
oxirzamon halokatidan kishilarni ogoh qilamiz. Insoniyat uchun boshqacha yo‘l yo‘q.
–
Filofeyning o‘zi kashfiyotini odam uchun osmonda ikki quyosh chiqqani kabi kutilmagan voqeadir,
deb aytgan edi. Ana shu ikkinchi quyosh insoniyatning asrlar bo‘yi tarkib topgan turmush tarzini
chilparchin qilishi mumkin! Buning ustiga raqiblarimiz Filofeyni uning eksperimentlari inson huquqlarini
poymol qiladi deb ham ayblamoqdalar. Bundan ham kattaroq tuhmat bo‘lishi mumkinmi? Bunga sen
nima deysan?
–
Yo‘q, bu inson huquqlarini poymol qilish emas! Mening nazarimda bunday emas. Men ana shu
haqda yozyapman, o‘qib ko‘rishing mumkin. Kassandra tamg‘asining sirlarini bilib olish — bizning
burchimiz, jamiyatning burchi, har bir shaxsning, birinchi galda homilador ayolning burchidir, bunday
ayol o‘z qornidagi pushti oxirzamondan darak beryaptimi — yo‘qmi ekanligini bilishdan manfaatdor
bo‘lmog‘i, hatto buni tekshirib ko‘rmog‘i lozim. Kassandra-embrionlar haqidagi statistik ma’lumotlar vaqt
kelib eng muhim sotsiologik ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolajak — jamiyatning holati va taraqqiyot
darajasini ana shunday ma’lumotlarga qarab bilib oladigan bo‘ladilar.
–
Men sening fikringga qo‘shildim ham deyaylik, Robert. Boshqalar bularning hammasini qabul
qilishmasa-chi? Sen hech kimni ishontira olmasang-chi?
–
Ko‘p narsa sharoitga, umumiy vaziyatga bog‘liq. Entoni Yunger to‘la haq, ha, bu ishga Filofeyning
o‘zini jalb qilish kerak. Uning eng muhim dastagi ilmiy kuzatishlaridan olgan ma’lumotlaridir, u
kassandra-embrionlardan chiqadigan signallarning zamon oxir bo‘lishidan darak berishini ana shu
ma’lumotlar asosida aniqladi. U ana shu ma’lumotlarni xalqqa yetkazishi kerak. Bu ma’lumotlardagi
biologik omillardan tortib falsafiy xulosalargacha barcha materiallarni, aytaylik, matbuot konferentsiyasi
o‘tkazib yana bir marta xalq oldida bayon etishi lozim. Efirda Filofeyning bevosita o‘zi bo‘lishi shart!
Yunger o‘z g‘oyasini amalga oshira olsa, zo‘r bo‘lardi. Men uni to‘laligicha quvvatlayman. Hozir unga
men faks orqali o‘z fikrlarimni jo‘nataman, uyog‘ini ko‘ramiz, o‘lmagan bandasi ko‘raveradi.
Ular ikkalasi ham jim bo‘lib qolishdi, har ikkalasining ustida xalat, bir kechada ularni tanib bo‘lmay
qoldi. Ko‘zlari kirtaygan, sochlari hurpaygan. Er-xotin kundalik turmush tashvishlari ustiga qanday
dahshatli falokat yaqinlashib kelayotganini sezishganday umrlarida birinchi bor kechani so‘ngsiz
xavotirlikda o‘tkazishdi. Qarang: kishilarning dardu alamlari va azob-uqubatlari hisobiga Koinot kengaya
borar emish. Tashqari yorishib tong otdi.
havo kechagiga o‘xshab ochiq, kuz bo‘lganidan kunduzi qisqa, lekin yorug‘ keladgan ko‘rinadi. Uzoq-
uzoqlardan qushlarning chug‘urlagan ovozi eshtiladi — kelgindi qushlar issiq o‘lkalarga qaytib ketish
uchun yana sahardan to‘planishgan. Robert Bork qushlarning avval tog‘ o‘rmonlariga yetaretmas, golf
maydonlari ustida yer bag‘irlab aylanib uchishini, so‘ngra uzoq safarga yo‘l olishini, okean sohili bo‘ylab
pastda okeanning oqarib ko‘ringan qirg‘oq to‘lqinlari ustidan o‘tishini ko‘z oldiga keltirdi, uning qushlarga
qo‘shilib uchib ketgisi keldi, lekin uning oldida hayotda qo‘qqisdan yuz ko‘rsatgan mushkulotni hal qilish
zarurati ko‘ndalang turar edi.
Dunyo ishi ularni xotirjam qo‘ymasligi, unutmagani va unutmoqchi ham emasligi ertalabdanoq
ma’lum bo‘lib qoldi. Hammasiga Chikagodagi qizidan kelgan faks sabab bo‘ldi. Erika nima ekaniga
tushunmay tashvishlanib yozgan edi: “Tun bo‘yi telefon qilolmadim. Telefonlaringiz uzib qo‘yilgan, faks
band. Dada, nima gap? Nima qilib qo‘ydingiz? Butun Chikago oyoqqa qalqigan. Hamma Sizga qarshi.
Biz Jon ikkalamiz jinni bo‘lib qolay deyapmiz. O’tinaman: hamma ishingizni chetga surib qo‘ying. Oyi,
siz qayoqqa qarayapsiz?!” Jessining diqqati oshdi:
–
Nima qilamiz, Robert? Sen — otasan. Qizimiz iztirobda, uning og‘iroyoq ekanini bilasan.
Kuyovimiz ham xursand bo‘lmasa kerak. Men Jonning ahvoliga tushunaman: U direktorlar kengashining
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |