Kutubxonachi.uz
80
–
Erta sahardan boshlashibdi-da! — po‘ng‘illadi sarosimaga tushgan Bork.
–
Sahardan! ha, shunday! Buyog‘i qanday bo‘ladi, Robert?! Nimalar bo‘ladi? Odamning aqli bovar
qilmaydi!
Robert Bork asabiylashib xonada u yoqdan bu yoqqa yura boshladi.
–
Biz hamma narsaga tayyor bo‘lishimiz kerak, — qichqirib yuborishdan o‘zini tiyib dedi Bork
xotiniga. Qon qaynaganda o‘zini ushlash juda qiyin bo‘ladi. — Boshlanishi shunday bo‘lsa, buyog‘iga
undan battarini kutish mumkin. Agar kechagi miting bo‘lmaganda, bular bari silliq o‘tishi mumkin edi.
Ordok endi hodisalarning jilovini qo‘yib yubordi, jin urgur.
–
O’zing ko‘rganingda bormi! — dedi Jessi ko‘cha tomonga boshini irg‘ar ekan. — Muyulishda
turganlarning basharalarini ko‘rib qo‘rqib ketasan kishi. Qandaydir sovuq nusxalar. Mashinalarining
yonida chekkan kishi bo‘lib g‘o‘dayib turishibdi. Haligi yozuvlarni devordan qo‘porib olayotsam menga
qarab hushtak chalishdi, xaxolab kulishdi.
–
Ko‘rinishlari qanday? Shu yerliklarga o‘xshaydimi?
–
Qaydam. Odatdagiday jinsi, kurtka kiyib olishgan. Menimcha ularning orasida ayollar ham bor.
–
Ha, tushunarli, — g‘uldiradi Bork hech narsani tushunmasa ham.
–
Politsiyaga murojaat qilish kerak, Robert. Politsiyaga telefon qil. Chorasini ko‘rishsin.
–
Shoshmay tur, telefon qilish qochmaydi. Ozgina sabr qilaylik. Biron nima chiqarishadigan bo‘lsa,
albatta qo‘ng‘iroq qilamiz.
–
Ha, bu uchiga chiqqan razillik, aqlga sig‘maydi. Sen bo‘lsang, sabr qilaylik deysan, — Jessi stolga
suyanib ho‘ngrab yubordi.
–
Jessi, jonim, qo‘y, nega yig‘laysan o‘zingni tutsang-chi! — nima qilarini bilmay g‘uldiradi Bork,
xotinini yupatib. Jessi esa gapira olmay piq-piq yig‘larkan:
–
Sen bilganingda, o‘z ko‘zing bilan ko‘rganingda edi!
–
hozir senga tinchlantiradigan dori beraman. Men hozir, Jessi, bas qil. Men hozir!
Bork xotiniga tomchi dori olib kelib berish uchun yotoqxonaga tomon shoshilarkan, turtinib eshikka
urilib ketdi, shu on burchakda g‘ijimlanib tashlangan bir qog‘ozga ko‘zi tushdi, uni Jessi tashlab
yuborganini bildi. O’zi aqldan ozay deb qolgan bo‘lsa ham erim o‘qib qo‘ymasin deb tashlab yuborgan
qog‘oz nima ekan? Bork olib o‘qib g‘alati bo‘p ketdi. “Bork, orqangni Filofeyga tut, kosmosda uning
xotini yo‘qligini bilasan-ku!” Shunga mos surat ham chizilgan. Tagida “Salom, kassandra-embrion”deb
yozib qo‘yilgan.
U qanday qilib ichki hovliga, o‘zining toshlar bog‘iga kelib qolganini sezmadi. U hayotda do‘qpo‘pisa
bilan qo‘rqitib ish ko‘radiganlarning fikrlariga uchmaslikka harakat qilsa ham, ko‘r-ko‘rona va kaltabinligi
bilan bir qilg‘ilikni qilib qo‘ygan g‘ofil kishilarni kechirish kerak degan aqidaga amal qilsa ham, o‘zini ana
shunday tubanliklardan yuqori turishiga ishontirib kelgan bo‘lsa ham baribir shu topda ko‘ngli xira tortib
ketdi. Mana bo‘lari bo‘ldi; miyasida nogahoniy yuksak fikr-g‘oyalar g‘ujg‘on o‘ynaydigan, abadiylikning
so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan botiniy qiyofalari ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladigan xotinining piching
aralash kulgilariga qaramasdan qum ustida sirli belgilar ila qandaydir tasvirlar chizib ko‘rsatib turadigan
joyda endi hayvon qatori tahqirlangan va haqoratlangan bir qiyofada o‘tiribdi. Bu uning aslzodaligi va
keksaygandagi oliyjanobligi evaziga taqdirning kinoyasi va tahqiri emasmikin? U tajribasiz ekan,
dunyoning naqadar zolim va qasoskor ekanini yaxshi bilmas ekan. Yoshi bir yerga borganda
hayosizlikning mevasini totdi.
Ufqdan bosh ko‘targan quyosh ham ahamiyatsiz va keraksizday tuyuldi unga, shu topda hech narsa
ko‘rgisi ham, eshitgisi ham kelmasdi uning.
U uydan chiqqanda qo‘lida ushlab kelgan gazetani bexosdan ochib qaradi. Bu Nyuberi shahri
gazetasining shoshilinch soni edi. Gazetani ko‘rdi-yu, o‘zining qurshovda qolgan bo‘ri ahvoliga tushishini
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |