Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
81
payqadi. Gazetaning birinchi betida Oliver Ordok saylov oldi mitingi tugagandan so‘ng o‘tkazgan 
matbuot konferentsiyasi haqidagi hisobot katta sarlavha ostida bosilgan edi. Material Assoshieyted 
Press agentligidan olingan edi. Ordokning bir necha rasmi katta qilib bosilgan. Uning minbarda 
darg‘azab bo‘lib gapirayotgani rasmdagi imo-ishoralardan ko‘rinib turibdi. Ordokning “Bolsheviklarning 
genofondni tozalash yo‘lidagi urinishlariga yo‘l qo‘ymaymiz!” degan so‘zlari yirik harflarda sahifaning u 
chetidan bu chetiga yetadigan qilib terilgan.
Qarang, nishonni uzoq olganiga! Filofey rus ekan — demak, u bolshevik. Bema’nilik, lekin foydali 
bema’nilik! Varaqlardan birida Borkning KGB agenti deb ataganlarining sababi endi tushunarli bo‘lib 
qoldi. Buning hammasi bir iflos manbadan chiqqan. U bu haqida gapirishni ham, o‘ylashni ham 
xohlamas edi. Dil qiynog‘i — jon azobi.
U yonginasida xotinining ovozini eshitib o‘girildi. Yig‘layverib ko‘zlari shishib ketgan Jessi o‘zini tutib 
olishga urindi.

Hozirgina Entonidan shoshilinch faks keldi, — dedi u erining yoniga o‘tirar ekan.
“Mister Bork, — deb yozgan edi Entoni Yunger. — Biz tezlik bilan telefon orqali gaplashishimiz kerak. 
Iltimos, telefonlarni ishlatib qo‘yinglar, javob qaytaringlar. Kosmik telealoqani nazarda tutyapman. Agar 
telealoqa o‘rnata olsak odamlarning ko‘zini ochardik. Biz sizning uyingizda texnika o‘rnatish masalasini 
muhokama qilishimiz kerak. Mister Bork, gir atrofdan Sizga hujum qilishmoqda, lekin umidsiz bo‘lmang. 
Men 10 daqiqadan so‘ng qo‘ng‘iroq qilaman. Sizga hurmat bilan Entoni Yunger”.

Mana bu endi boshqa gap. Entoni ishga kirishibdi, — jonlandi Bork. — Endi telefonlarni muttasil 
ishlatib qo‘yish kerak, Jessi. Qo‘ng‘iroq qilaverishsin, biz telefon qo‘ng‘iroqlaridan hech qayoqqa qochib 
qutulmaymiz. Dunyoda bo‘layotgan hodisalardan ajralib o‘tira olmaymiz-ku, axir!

Sen haqsan. Yana bir maktub keldi, — dedi Jessi. U dorilfunun rektoridan kelgan faks edi. “Mister 
Bork, Sizning manfaatingizni ko‘zlab gapirayotirman, o‘tinib so‘rayman lektsiya o‘qish uchun hozircha 
dorilfununga kela ko‘rmang”, deyilardi faksda.

Hammasi tushunarli — dedi Bork. — Telefonning oldiga boraylik. Entoni Yungerning qo‘ng‘irog‘i 
shu mudhish tongda yorug‘ bir nur kabi taraldi.

Mister Bork, Sizni eshitganimdan xursandman. Faks yaxshi lekin tirik odamning ovozini eshitish 
undan ham yaxshi.

Bo‘lmasam-chi! Albatta-da! — deb javob qaytardi Bork o‘ziga ishonch bilan. — Mening rafiqam 
Jessi ham seni qutlayotir, Entoni.

Juda soz. Jessiga rahmat. Hammamiz bugun ko‘rishamiz deb o‘ylayman, bu judayam zarur.

Ixtiyoring, Entoni, uchrashuv joyini tayinla. Sening tungi fakslaring bizni fil suyagidan yasalgan 
minora qamog‘idan xalos qildi. Jilla qursa o‘z ustimdan o‘zim kulib olay. Xo‘sh, bu yog‘i qanday bo‘ladi? 
Biron nimadan umid bor shekilli, a?

Qilinadigan ishlarning butun bir ro‘yxati bor. Eng avvalo ma’lumotingiz uchun aytib qo‘yishim 
kerak, mister Bork, tahririyaga kelgan maqolangiz, ehtimol, hozirdayoq kosmosga — Filofeyga 
jo‘natilayotgan bo‘lsa kerak, buni men bir necha daqiqadan so‘ng bilib olaman. Bu tadbir Filofeyga uning 
yerdagi birinchi hamfikri — kosmogenetika bo‘yicha sherigi ya’ni Siz bilan tanishtirish uchungina 
qilinayotgani yo‘q. Demak, Filofey shu tobda Sizning matningiz bilan tanishayotgan bo‘lsa ajab emas. 
Biz telealoqa o‘rnatmoqchimiz va matbuot konferentsiyasi o‘tkazmoqchimiz, bu konferentsiyaga Filofey 
bilan Siz ishtirok etasizlar.

Entoni, azizim bu qiziqarli fikr. Lekin buning hammasini qanday amalga oshirish kerakligini 
tasavvur qilolmayotirman. Buning ustiga vaqt ziq.

Havotir olmang, mister Bork! Men yolg‘iz emasman. Sodiq do‘stlarim, homiylarim bor, “Tribyun” 
butunlay biz tomonda va redaktsiya o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun kuyib-pishmoqda. Eng muhimi — 
telealoqaning barcha retranslyatorlari butun dunyoni og‘ziga qaratgan ana shu tadbirdan 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish