Kutubxonachi.uz
83
rulda, men Siz bilan bemalol gaplashishim mumkin, sizning diqqatingizni o‘sha qiziqarli narsalarga
qaratmoqchi edim, xulosalarni esa siz chiqarasiz. Men gazetalarni o‘qib, radio, televidenieni eshitib,
Filofey kashfiyotiga nisbatan ikki xil salbiy-jangari yo‘nalishni tuydim. O’ta millatchilik ruhida fikr
yurituvchilarga juda qattiq tekkan. Masalan, Isroilda bu kashfiyot shu yo‘l bilan isroilliklar genofondini
qiyratishga urinish deb baholandi. Zondaj-nurlardan saqlanish usulini topish, Filofey nurlanishini
neytrallashtiradigan asbob ixtiro qilish chaqirig‘i e’lon qilingan. Rossiyada norozilik harakati kuchayib
namoyishga aylanib ketdi va Filofeyni zudlik bilan kosmosdan tushirishni talab qilishmoqda, u hech
qanday rohib emas, eng muhimi — bizga bir qayta qurishning o‘zi yetadi. Gaydar reformalari bas
qilinsin, rus xalqini genetik jihatdan qayta qurishga yo‘l qo‘ymaymiz. Filofey kosmosdagi Gorbachev! U
Amerikaga xizmat qiladi! U Rossiyani tiz cho‘ktirmoqchi! — kabi ehtirosli shiorlar tashlanmoqda.
–
Albatta, bu o‘ta achinarli hol, eshitish juda og‘ir, mening ichim achib ketdi. Endi nima qilish kerak?
— xavotirga tusha boshladi Robert Bork.
–
Bu yog‘ini eshiting. Xitoyda xavf tamomila boshqa sohada deb bilmoqdalar — bu xitoyliklarning
demografik jihatdan ustunligi ahamiyatiga putur yetkazadigan usul emish. Bu mamlakat shiori:
demokratik kultivatsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz! hindistonda bo‘lsa Kassandra tamg‘asi ustidan diniy
marosimdagiday bo‘yoq surkab qo‘yish chaqirig‘i e’lon qilingan.
–
Voy-vuy, — dedi hayratda qolib Bork, — nima bo‘lyapti o‘zi Entoni!
–
Lekin meni ko‘proq boshqa narsa lol qoldirmoqda, mister Bork, siz bunga nima deysiz?
Gamburgda fohishalar va ularning hisobiga yashaydigan dayuslar jazavaga tushib norozilik bildirishgan.
Sitsiliyada mafiyachilar Palermo shahrining dengiz sohilida, aytish mumkinki, umumxalq yurishi
uyushtirishgan. Lotin Amerikasida, ayniqsa narkotik moddalar beradigan ekinlarni yashirin
yetishtiradigan rayonlarda o‘z-o‘zidan ko‘plab kishilarni norozilik shiorlari bilan chiqishlari bo‘lib o‘tgan.
Hatto pornografiya sanoati ham chetda qolmasdan norozilik bildirmoqda. Ha, terrorchi tashkilotlaru,
xilma-xil inqilobchilar — ular ham tish-tirnog‘i bilan qarshi. Filofey qo‘l yetadigan joyda bo‘lsa edi, ular
uni... Aytgancha, turli mamlakatlarda harbiy doiralar ham o‘ta norozi. Kinojangarilarining prodyusserlari
nima sababdan ovozini ko‘tarishdi — bunisi judayam tushunarli emas.
–
Bilasanmi, Entoni, — javob berdi Robert Bork, — men bu yerda turli kasb egalarining
birlashmalarga uyushishi o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Har bir to‘da yashashni va
urchishni xohlaydi. Men shunday degan bo‘lur edim. Kassandra tamg‘asi esa ularning yo‘lida katta g‘ov,
kelajakda ular keraksiz bo‘lib qolishi mumkin — jamiyatda ana shu guruhlarning ko‘plariga ehtiyoj
qolmaydi. Ana shuning uchun o‘z jonini saqlashga intilish instinkti ishga tushadi, chunki to‘da noqulay
vaziyatni sezib qolayotir. Men ularni tushunaman. Allo, allo, Entoni, yomon eshitila boshladi.
–
Men sizni juda yaxshi eshityapman gapiravering, bu juda qiziqarli fikr.
–
Ana shunday gaplar. Ha, endi yaxshi eshitayapman. Demak, gapimni davom ettiraman. Agar
Filofey kashfiyotlari ta’sirida insoniyat mentaliteti o‘zgaradigan bo‘lsa, agar odam zoti o‘ziga boshqa
nuqtai nazar bilan qarab, embrionlarning signallariga doimiy quloq solib tursa individning o‘zini o‘zi
salbiy sohalarda namoyon qilishga bo‘lgan moyilligi keskin darajada kamayadi. Ana o‘shanda kimningdir
dayuslik bilan shug‘ullanishi amru mahol bo‘lib qoladi — jamiyatda ehtiyoj bo‘lmagach fohishalar,
jumladan Gamburg fohishalari soni kamayadi. Mafiya sohasida ham shunday deyish mumkin,
banditizim, jinoyatchilik — Hammasi bir-birlari bilan bog‘liq. Kassandra tamg‘asini isnod emas, balki
ogohlantirish deb qaraydigan, eng muhimi — odamlarning o‘zini o‘zi doimiy takomillashtirish omili deb
biladigan avlodlarning ogohlantiruvchi tadbirlari oqibatda individning o‘zini o‘zi salbiy sohalarda
namoyon qilishga bo‘lgan genetik moyilligi yo‘qoladigan bo‘lsa, hozirgi tanglikka chidasa bo‘ladi.
Beixtiyor savol tug‘iladi...
–
Mister Bork, kosmik telealoqa paytida shu fikrlaringizni yana takrorlagan bo‘lurmidingiz?
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |