Kutubxonachi.uz
88
Lekin u xotinini itarib tashladi. Ana shu lahzadan boshlab dunyo uning bir zumda xiralashgan
qorachiqlarida boshqacha aks eta boshladi. Bork bilan Jessi bir-birlarining ko‘zlariga boqishar ekan,
ularning dillari dard-alamga to‘la edi. Va u qandaydir yiroqdan gapirayotganday:
–
Meni to‘xtatma. Men bu g‘am-kulfat to‘la kosani sipqorishim lozim.
Jessining afti chorasizlikdan burishib ketdi:
–
Seni ajal haydab ketyapti!
–
Bordiyu shunday bo‘lganda ham, — bo‘g‘iq ovozda dedi Bork, — baribir borishim kerak.
U ilgakdan shlyapasini oldi-da, dadil qadam tashlab uydan chiqa boshladi. Eshikdan chiqishi bilan
kutib turgan qaynoq olomon to‘lqini uni domiga oldi. Uni ko‘rganda portlagan hayqiriqdan osmon
larzaga keldi. Transparantlar bilan plakatlar ishga tushdi, odamlarning o‘z plakatlarini Borkning burniga
tiqib oladigan shashti bor edi. U eshigi oldida turar ekan, sarosimaga tushganidan kular, olomonga
qarab tursa ham hech kimning yuzini ko‘ra olmas edi. Birdan boshiga shlyapasini kiydi-yu o‘z qiyofasiga
kirdi. Olomon oldida yirik suyaklari turtib chiqqan, yuzi keng, ko‘zlarining atroflarini ajin bosgan, lekin
bo‘yni hali baquvvat, tishlari butun, oq sochli chol turar edi. U Frankfurt jurnalistlari tili bilan aytganda
Keksa qoya edi.
Bir zum jimlik cho‘kishi bilan Bork hayajondan qal-tiragan ovozda bir necha kalima so‘z talaffuz qila
oldi:
— Kassandra-embrionlar — bu bizning musibatimiz hamda jinoyatimizdir. Bu uchun biz javobgarmiz!
Qandaydir bir ayol mushukka o‘xshab bir sakrab uning yoniga keldi:
— Mana buni ko‘ryapsanmi? — deb peshonasidagi dog‘ni ko‘rsatdi. — Kosmosdagi iblisning menga
solgan tamg‘asini ko‘ryapsanmi? Mana, o‘qi! Shayton shaytonning tilini tushunadi! — dedi-da Borkning
maqolasi bosilgan gazeta bilan uning yuziga savalay boshladi. Gazeta parcha-parcha bo‘linib, shlyapa
uchib yerga tushdi, shlyapani shu ondayoq ezib tashlashdi, haligi ayol esa shallaqilik qilib qichqirardi. U
shunday sharmandalik qilardiki, aftidan o‘z uyida ham erining boshida mana shunday yong‘oq chaqsa
kerak.
— Sening qo‘lingdan hech vaqo kelmaydi. Men o‘sha kosmosingga yetib boraman. Hali o‘sha Filofeyni
bo‘g‘ib o‘ldiraman!
— Ur uni! Sol! — o‘sha ayolning jazavasiga sherik bo‘lganday hayqirishdi tevarakdagilar. — Uni
buyoqqa olib kel! Sudrab kel! — qichqirishdi orqada turganlar musht o‘qtalib. Hamma unga tashlandi.
Uni o‘nlarcha zabardast qo‘llar yulib-yulqib olomon qilib yuborishdi. Jessi odamlar orasida siqilib qoldi,
uning dod-faryodi-yu ko‘z yoshiga kim ham e’tibor berardi deysiz.
Olomon ana shu dahshatli manzarani tasvirga tushirmoqchi bo‘lgan teleoperatorlar guruhini ezibqisib
tashladi, ularning asboblari oyoq ostida qoldi. Biron iloj qilmoqchi bo‘lib uringan bir necha
politsiyachining qo‘lidan hech narsa kelmay, girdobdagi payraha holiga tushib qoldi. Robert Borkni esa
qayoqqadir surgalab ketishdi, qayoqqa olib ketishganini xudo biladi. Uni birov bo‘g‘zidan ushlab, birov
sochidan tortib, birov lunjiga qo‘lini tiqib og‘zini yirtgan ediki, birpasda bechora cholning aftbasharasini
tanib bo‘lmay qoldi. Odamlar bir-birini siqib ezib borar, bu esa olomonning g‘azabini battar avj oldirardi.
It egasini tanimaydigan ana shu izdihomda bir to‘p quturgan kishilar futurologning toshlar bog‘iga,
hovuz yaqiniga borib qolishdi. Dunyoviy ruhning botin sirlariga kirib borishga yo‘l topish uchun Bork
qumga qandaydir sirli belgilar chizib yurgan joyda, xuddi ana shu yerda bari nihoyasiga yetdi. Kimdir
epchillik qilib gulxonadan sug‘urib olgan temir bilan Borkning kallasiga tushirdi. Bork dodlab boshini
ushlagan bo‘yi chalqanchasiga yiqildi-da, qonga botib tipirchilay boshladi, shundan keyin ham sho‘rlikni
do‘pposlayverishdi.
Shu paytda olomon orasida qandaydir yangi harakat yuz berganday bo‘ldi, bir necha baquvvat yigit
odamlarni uyoq-buyoqqa surib Borkka tomon yurishdi. Bular Entoni Yunger hamda uning kosmos bilan
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |