Kutubxonachi.uz
90
Ularga oziq bergan va olg‘a haydagan kuch qanday qudrat, ular nima uchun va qaerga suzib
ketmoqda?
Moskvadagi Qizil maydonda esa yarim kecha. Boyqushning sayr soati yaqinlashmoqda edi. U hali
Spas minorasidagi soat tagida tinchgina mudramoqda edi. Boyqush bugun nimadandir xavotir,
yuragi notinch. Dunyoda qandaydir voqealar sodir bo‘lgan... Ha, qush buni sezdi. Nimadir ro‘y
bergan...
O’ n i n ch i b o b
Shoshilinch sur’atda e’lon qilingan “Kosmos-Yer” matbuot konferentsiyasi tayinlangan kuni,
belgilangan soatda bo‘lib o‘tdi va barcha yirik kanallar orqali translyatsiya qilindi.
Lekin bundan oldin telekompaniyalar “efir oldi dovuli”ga duch kelishdi. Futurolog Robert Borkning
o‘limi haqida xabar tarqalgach, dunyoning turli burchaklaridan qo‘ng‘iroqlar va savollar yog‘ilib ketdi,
shov-shuvga sabab bo‘ladigan matbuot konferentsiyasini olib ko‘rsatishni rejalashtirgan milliy
kompaniyalardan, ayniqsa ko‘p telefon qilishdi. Hamma fojeaning qanday oqibatlarga sabab bo‘lishi,
Filofey bilan telealoqa o‘rnatish masalasi, u bilan kimning muloqot qilishi va endi matbuot
konferentsiyasi umuman bo‘ladimi degan masalalar haqida aniq bir ma’lumot olishni istar edi.
Yer hamishalik o‘z aylanma yo‘lida olam kezmoqda va o‘sha soat yaqinlashmoqda edi... Buni hamma
kutar edi...
Nihoyat, televizorlarning ekranlarida zoriqib kutilgan titrlar paydo bo‘ldi. Ketidan diktor qiz televidenie
bundan oldin olim Robertning o‘ldirilishi munosabati bilan dunyoda bayon etilgan fikrlar haqida va
ommaviy axborot vositalarining sharhlari to‘g‘risida ma’lumot berishni o‘z burchi deb biladi, deb e’lon
qildi.
Sharhlarda g‘arazgo‘ylik sezilib turdi. Sharhlar odatdagiday ta’ziya bildirish, hamdardlik izhor etishdan
boshlandi, so‘ngra diktor fojiadan xursand bo‘lganday bilinar-bilinmas iljayib qo‘ydi-da, diagrammani
namoyish qildi, ya’ni kassandra-embrionlar to‘g‘risida Filofey ta’limotining, diktor iborasi bilan aytganda,
maddohi ustidan bo‘lib o‘tgan olomon yuzasidan o‘tkazilgan shoshilinch so‘roq “natijalari tashvishli va
ayni vaqtda hayratomuz, o‘zingiz hukm chiqaring, hurmatli teletomoshabinlar” dedi. Rang-barang
ustunchalar shaklidagi diagrammadan aniq ko‘rinib turar ediki, so‘roq qilinganlarning 83,7 foizi futurolog
ustidan bo‘lgan jazoni ma’qullagan, shu bilan birga shu guruhdagi respondentlarning ko‘pchiligi, ya’ni
76 foizi o‘sha yerda, Nyuberida bo‘lganimizda, shubhasiz o‘zimiz ham fazoviy iblisning ashaddiy sherigi
ustidan bo‘lgan jazoda albatta shaxsan ishtirok etgan bo‘lur edik deb javob berishgan; so‘ralganlarning
11 foizi vahshiyona olomonning jinoiy harakatlarini qoralagan va buni jamiyat axloqiy inqirozining
mudhish nishonalari deb hisoblagan; respondentlarning qolgan kichik bir qismi ro‘y bergan voqealarga
butunlay befarq ekanligini bildirgan.
Shundan so‘ng teletomoshabinlarga o‘sha to‘s-to‘polonlarning sotsiologik tahlili natijalari namoyish
qilindi. Bunda mamlakatlar, shaharlar, regionlar, demografik, ijtimoiy va boshqa sohalar tilga olingan
edi. Bu ma’lumotlar ham shuni ko‘rsatar ediki, butun dunyo, aholining barcha tabaqalari samoviy
rohibning Kassandra tamg‘asini aniqlash uchun yerga zondaj-nurlarni yuborib turishiga qarshi norozilik
bildirgan. Kishilarning kayfiyati va xatti-harakatlarida millatchilik omili muayyan rol o‘ynaganligi ko‘zga
tashlanardi.
Lekin eng dahshatlisi turmalarda bo‘lib o‘tibdi. Ehtimol bu dastlab kassandra-embrion hisoblanganu,
lekin tug‘ilishga majbur bo‘lgan homilalarning shuursiz javobi, yashirincha pishib yetilgan va shiddat
bilan namoyon bo‘lgan isyonidir – endi ularning dunyoga bo‘lgan yashirin nafrati Filofey tomonidan
oshkor qilingandir. Bo‘lmasa ana shu vahshiyona sahnalar, soqchilar va yordamchi politsiyachilar bilan
bo‘lgan janglarni qanday tushunish mumkin: ikki taraf bo‘lib – birovlar kaskalar kiyib, qalqonlar va
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |