Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
75
Hozirgina televidenie orqali ko‘rsatishdi: “Moskvadagi Qizil maydonda (men bu yerda kezib yurishni 
xush ko‘rardim) dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Ikki toifa namoyishchilar: harbiy-sanoat kompleksi 
tarafdorlari bilan konversiya uchun kurashuvchilar to‘qnashdi. Oqibatda bir qiz o‘z joniga qasd qildi — 
Hammaning ko‘z oldida o‘ziga o‘t qo‘yib yonib ketdi. Bu judayam dahshatli manzara bo‘ldi. 
Sharhlovchilarning gaplariga qaraganda, o‘sha yonib ketgan qizning hamrohi — bir talaba mitingga 
ko‘tarib kelgan shior ehtiroslarning alanga olishiga sabab bo‘lgan. O’sha shiorda... Men hozir gapimni 
davom ettiraman... varaq tugadi.”
“Xudo haqqi, faksni o‘chira ko‘rmanglar, men Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan voqea haqida hikoya 
qilmoqchiman...
Mister Bork, gap shundaki, o‘sha shiorda “Inson qurol ishlab chiqarish uchun yorug‘ dunyoga 
kelmasligi kerak!” deb yozib qo‘yilgan ekan. Turgan gap, bunday shiorni Rossiyada “Mudofaachilar” deb 
nom olgan hamda davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kishilar qahr-g‘azab bilan kutib 
oldilar, chunki gap qo‘rg‘oshin pitradan tortib (“mudofaachilar” dunyodagi har bir kishiga yuztadan ana 
shunday o‘qchalar g‘amlab qo‘yishgan edi) tovushdan tez uchadigan samolyotlar, okean qa’rida 
kechayu kunduz navbatchilik qilib turadigan suv osti atom kemalarigacha va birinchi buyruq berilishi 
bilan parvozga tayyor turgan qit’alararo raketalargacha bo‘lgan qirg‘in qurollarni ishlab chiqaradigan 
harbiy sanoat taqdiri haqida borar edi. Buni behudaga sarflangan mablag‘ va mehnat, deb hisoblar edi 
o‘sha sog‘lom aqilli talaba. Amerikamizning harbiy-sanoat kompleksiga ham xuddi ana shunday 
munosabatda bo‘lmoq kerak. Bu ham odamlarni qiradigan qurollar ishlab chiqarayotir va o‘z qilmishini 
mudofaa manfaatlari bilan oqlamoqchi bo‘layotir.
Lekin, ikkinchi tomondan o‘ldirilishi kerak bo‘lganlar ham farishta emas, ular ham tish-tirnog‘igacha 
qurollangan va ular ham o‘zlarining o‘ta qimmatli g‘oyalari yo‘lida (endi eng ta’sirchan shiorlar 
millatchilik shiorlaridir), adolat yo‘lida va o‘zlarining iqtisodiy manfaatlari yo‘lida o‘ldirish-qirishga 
chanqoqdirlar.
Noiloj qolganda, pichoq etdan o‘tib suyakka qadalgandan keyin odam bolasi o‘zini o‘tga ham, suvga 
ham uradi. Bechora talaba ayyuhannos solmay nima qilsin, ehtimol, odamlarning bir-birlari bilan 
so‘zlashish qobiliyatiga ega bo‘lgan zamondan buyon o‘ylab kelganlarini, urush bilan qurol aql ustidan 
tantana qilgan davrdan e’tiboran inson bolasi diliga jo qilgan so‘zlarni plakatga o‘z qo‘li bilan yozmay 
nima qilsin?! Saxarov Rossiyada vodorod bombasini yaratgandan keyin xuddi ana shu narsani tushunib 
yetdi va shu yerda to‘xtab, o‘z taqdiriga qarshi bordi.
Yerda qurol ko‘paygandan ko‘payib borayotir, qaerda bo‘lmasin hamma qurollanishni xohlaydi. 
Dunyoda har bir tug‘ilayotgan insonga kamida yuzta portlovchi o‘q g‘amlab qo‘yilgan bo‘lsa, 
peshonasiga birovlarni o‘ldirasan yoki seni o‘ldirishadi deb yozilgan bo‘lsa, homilador ayollarning 
peshonasidagi Kassandra tamg‘asi ana shundan ogoh qilmayaptimikan, kassandra-embrionlar ona 
qornida turib sassiz ayyuhannos solmayaptimikin? Shunday bo‘lgach haligi talaba bu haqda jar solmay 
tura olarmidi?! Qizil maydonda o‘ziga o‘t qo‘ygan qizda homiladorlik paytida nishona bergan bo‘lsa ham, 
hech kim sezmagan Kassandra tamg‘asi endi o‘zini namoyon qilmadimikin? Oxirzamonning yaqinlashib 
kelayotganidan tashvishga tushgan homilaning bergan xabariga kim e’tibor beribdi deysiz?!
Idealistik nuqtai nazardan kurakda turmaydigan bo‘lsa ham shunday bir fikr keladi miyaga: agar 
insoniyat qurol ixtiro qilmasdan va urush nima ekanini bilmasdan rivojlansa nima bo‘lardi? O’shanda 
odam hozirgiday mavjudod bo‘larmidi, tsivilizatsiyamiz hozirgiday ahvolda yasharmidi yoki yerda 
butunlay boshqa bir jamiyat hukm surarmidi va inson sifat jihatdan butunlay o‘zgacha bo‘larmidi? 
Nahotki taraqqiyotning shunday yo‘li azaldan yopiq bo‘lsa? Agar chindan ham yopiq bo‘lsa, buning tub 
sababi nimada? Buning ustiga odamda aql — ilohiy xilqat bo‘lsa-chi, aql — biologik hodisa emas, 
yuksakroq hodisa bo‘lsa-chi?


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish