Kutubxonachi.uz
68
ichida o‘ta yuksak kuchlanishdan o‘zi yonib ketgan bo‘lsa-chi? Kechasi fosforga o‘xshash yorug‘lik
chiqaradigan odamlar bo‘ladi deyishadi. Kim biladi deysiz, vallohi a’lam!
hash-pash deguncha tun ham chodirini yoydi. Ko‘chalarda odam kamaydi. Boyqushga o‘xshab
kechasi uyqu bilmaydiganlar g‘imirlab qolishdi, mashinalarda shahar kezar ekan, ko‘cha qorovullari va
reketchilar haqini ham unutishmas edi. Tungi maishatxonalar eshiklarini ochdi. Shahvat hissini
uyg‘otadigan xira chiroqlar yondi, elektromusiqa ishga tushdi, ko‘kraklar yalang‘ochlandi, kulgilar avjiga
chiqdi... Hammasini unutish, hech narsani esda qoldirmaslik, o‘zlikdan qochish, xudoga chap berib
ketish uchun...
Qizil maydonda o‘sha kechasi sukunat hukm surar edi. Odam bolasi ko‘rinmaydi. Bironta zot yo‘q.
Kunduzi dah-shatli ehtiroslar, ahmoqlik, ayovsiz kaltakbozlik quturgan joyda hech kimning turgisi
kelmasdi. Chiroqlar xira miltil-lar edi. Namoyishchilar kaltaklashayotganda yoki chopib ketayotganda
oyoqosti qilingan portretlar, shiorlar, plakatlar jang maydonida tashlab ketilganday hammayoqda ivirsib
yotardi.
Bular bilan bandai xudoning ishi yo‘q edi.
Oy Kreml tepasida yuksalib turardi. Boyqush o‘z soatida yetib keldi. — U katta qanotlarini sassiz
qoqib, havoda suzib yurar ekan, soya yanglig‘ bir u yerda, bir bu yerda paydo bo‘lar, tik boqadigan
sehrli dumaloq ko‘zlarini yaltiratib, ulkan yapaloq boshini ilg‘ab bo‘lmas darajada qimillatib borar edi. U
dahshat va qo‘rqinch og‘ushida edi. Boyqush mavzoley ustidan ohista aylanib o‘tdi va maqbaraning
eshigi oldida tosh haykalday qotib turgan soqchilar yaqinidan zuvillab uchib, pakana-xumkalla
sharpalarni qidira ketdi. Va ularni qorong‘i joyda, Kremlning g‘ishtin devori tagidan topdi. Yo‘q, bu safar
ham ularda hech qanday yangilik yo‘q edi. Ularning chehrasi bu gal ham ma’nisiz va ifodasiz, lekin
sehrlab qo‘yilganday edi. Xumkalla-pakana sharpalar bir-biriga qo‘l berishib, turgan joyida raqsga
tushib, mitingda eshitgan chaqiriqlaridan ayrimlarini bir ohangda takrorlab-takrorlab qo‘yishar edi:
“Sotsializm – yoki o‘lim!” Ular “Sotsializm – yoki o‘lim” shiorini charchoq bilmay, ohista, bir xil ohangda
tinimsiz takrorlashdi.
Kubaliklar musiqasiga o‘xshash bunday bir tekis ohang tezda boyqushning joniga tegdi. Bu yerdan
uchib Spas darvozasi qarshisida bir tirik jonga – qaerdandir kelib qolgan mast-alast ayolga duch keldi.
Qizil maydonda tentirab yurgan juldur kiyimli bu mast ayol o‘zining qandaydir ayanchli ashulasini
cho‘zib-cho‘zib xirgoyi qilar edi:
Voy alam-ey, nega ham*
Tug‘ildim ekan? Voy
enam-ey, nega ham
Tug‘ding ekan? Voy
alam-ey, nega ham
Homil bo‘lding. Tug‘ding
meni, enajon, G’amdan
o‘ldim. Voy alam-ey,
nega ham Tug‘ildim
ekan?
Istamasdim, enajon,
Sen tug‘ding bekor. Voy
alam-ey, nega ham
Tug‘ildim ekan? Enajon-
ey, nega ham Tug‘ding
ekan?
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |