Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
67
— Tegmanglar! Gazandalar! — baqirar edi u qo‘rqa-pisa yuzidagi qonni artar ekan.
Uning ham shiorini bir zumda parcha-parcha qilib tashlashdi.
— Xo‘sh, qalaysan endi? Lovillab yonasanmi yo tutabmi? Bunaqangi tuturiqsiz gaplarni yozishdan 
oldin o‘ylab ko‘rish kerak edi! Nega yonmayapsan? Bundan keyingi voqealar bir zumda bo‘lib o‘tdi.
— Sen menga gugurt chaqib tashla! — beixtiyor baland ovozda dedi qiz zaharxandalik bilan, kulib 
o‘ziga qarab turganlarga.
Shunda kimdir gugurt qutisini qo‘liga olib chaqmoqchi bo‘ldi...
— Kimda zajigalka bor? Xa-xa-xa! Yaxshisi sen unga zajigalkangni tegiz! — deb taklif qildi kimdir.
— To‘xta! Yoqma! — deb baqirdi qizning sherigi haligi yigit — kaltaklayotgan odamning changalidan 
chiqar ekan. Lekin ulgurmay qoldi. Yonib turgan gugurt donasi qizning yelkasidagi sintetik kurtkasiga 
tushdi-yu u olov ola boshladi.
hamma anqayib qoldi, keyin orqaga tisarilib, chor atrofga qochib qolishdi.
Butun badani alanga olgan qiz qochib qutuladiganday u yoq bu yoqqa chopib, dahshat bilan 
ayyuhannos sola boshladi. Qizil maydonda hamma-hammasi ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Olomon 
sarosimaga tushib qoldi.
Nariroqda kimdir tashlab ketgan bomba portlabdi, kimdir o‘ziga tiriklayin o‘t qo‘yibdi, yoki undan ham 
dahshatlisi – lovullab yonayotgan bittasi mitingda qatnashganlar orasida jonsarak chopib yuribdi degan 
ovoza yashin tezligida tarqalishi bilan odamlar hammasini unutib shosha-pisha o‘sha tomonga chopa 
ketishdi. Olomon katta-kichik ko‘chalarda bir-birlarini bosib, yiqitib, dod-faryod solib qichqirishar, o‘zlari 
uchun mo‘‘tabar bo‘lgan rasmlarni va alangali chaqiriqlarni hech keraksiz narsalarday oyoq osti qilib 
borar edi. Odamlar aqldan ozganday o‘lguday qo‘rqib chopishar, o‘zligidan qochishar edi.
Nega bunday bo‘ldi, Kreml biqinida bo‘lib o‘tgan to‘polonning sababi nima – hech kim javob bera 
olmas edi. O’zimga o‘zim o‘t qo‘yaman deb po‘pisa qilgan qiz yonib ketgandan buyon umum qabul 
qilingan qonun-qoidalarni buzibmi yoki hazillashibmi, yoki jiddiymi – xullas vaqtning yangi hisobi 
boshlandi. Yongan qizning baqirib-chaqirib u yoqdan bu yoqqa chopib yurganini hamma ko‘rdi. Qiz 
yerga yiqildi. Uni haligi yigit va u bilan birga bo‘lgan bir necha omonchilar quvib yetishdi. Ular qizning 
kiyimlarini shosha-pisha o‘chirishga urinishdi. Lekin endi kech edi. Yigit tiz cho‘kib nima qilarini bilmay 
boshini changallab qoldi. Xuddi shu daqiqada, bo‘shab qolgan maydonga vertolyot kelib qo‘ndi, u 
bungacha televidenie uchun tasvirga olib yurgan bo‘lsa kerak. Vertolyotning quloqni batang qilib 
aylanayotgan parragi tagida shamol va shovqinni nazar-pisand qilmay odamlar chopib chiqishdi, qizning 
jasadini ko‘tarib olishdi, o‘sha yigit bilan ikki omonchini olib vertolet havoga ko‘tarildi. Lekin kimdir 
buning hammasini tasvirga tushurishga ulgurgan edi.
Vertolyot parvoz qilib, Qizil maydon ustidan o‘tdi. Spas minorasining bo‘yi baravarli ko‘tarilgach, 
yo‘lini davom ettirdi-da, Toshko‘prik ustidan o‘tgandan keyin Moskva daryosining sohili bo‘ylab uchib 
ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi...
O’z g‘oyalari yo‘lida jon-jahdi bilan, orqa-oldiga qaramasdan, o‘zlarini qahramonlarcha qurbon qilgan 
ikki navjuvon talaba fojiasi ham o‘rmonda yo‘qolgan qushday shahar binolari chakalakzorlari orasida 
vertolyot bilan birga g‘oyib bo‘ldi. O, yoshlik, xom xayollarning, halokatga mahkum orzularning mangulik 
hamrohidirsan, sen!
O’sha kecha shahar markazi uzoq vaqtgacha tinchlanmadi, kunduzgi voqealarning aks-sadosi 
bosilmadi. Iztirob ko‘plarni ko‘chalarga haydadi, odamlarning basharalarida, ovozlarida, 
yurishturishlarida asabiylik iz qoldirgan edi. Odamlar to‘p-to‘p bo‘lib bahslashar, nimalarnidir taxmin 
qilishar edi, lekin bir narsaga hech kimning aqli yetmasdi – bor-yo‘g‘i bir gugurt donasi chaqib tashlansa-
da o‘chmasa, va qiz bir lahzada alanga olib ketsa? Bu ko‘zboyloqchilik emas-ku, tsirk emas-ku, axir! 
Uning kiyimiga qandaydir alanga oladigan modda singdirilganmikin? O’lim bilan o‘ynashish nechun? 
Bunday bo‘lmasa-chi?! Bu butunlay boshqa narsa, aql bovar qilmaydigan metafizik hodisa – odam o‘z 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish