Kutubxonachi.uz
53
Agar men o‘sha kontseptsiyani qabul qilmasam, u mening manfaatlarimga mos tushmasa, hech kim
laboratoriya tajribalari orqali menga boshqa bir turmush tarzini majbur qilish huquqiga ega emas. Men
Filofeyning maktubini diqqat bilan o‘rgandim. Ko‘p o‘yladim. Sizni har qancha hurmat qilishimdan qat’iy
nazar, mister Ordok, bu masalada, men sizning fikringizga qo‘shila olmayman. Filofeyning tavsiyalariga
ergashib bo‘lmaydi deb bilaman. Ehtimol, ilmiy nuqtai nazardan u haq bo‘lsa bordir, lekin amalda esa –
yo‘q, u haq emas. Biz tajriba qilinadigan kalamushlar emasmiz-ku!
–
To‘g‘ri! Ofarin! haq gapni aytayotir! — degan ovozlar yangrab, zal to‘lqinlanib ketdi.
Telekameralar zal bo‘ylab o‘rmalar ekan, baqirib-chaqirayotganlarni birma-bir yirik qilib ko‘rsata
boshladi. Teleoperator bir zumda Ordokning o‘zini ham yaqqol ko‘rsatib o‘tdi. U ayanchli bir ahvolga
tushib, shumshayib qolgan edi. Minbar oldida butunlay sarosimaga tushgan, nima qilishini bilmay,
zaldagi bebosh ehtiroslarni qanday bosish yo‘lini topolmay najotsiz turar edi. Xuddi shu onda Bork
Ordokning yuzida yana paydo bo‘lgan dog‘larni sezdi. Ana, sho‘rva yuzidagiday qizg‘ish ko‘kimtir dog‘lar
uzoqdan ekranda issiq va namday tuyuldi. Butun koru holni ko‘rib turar ekan, Bork Yerdagi
yovuzliklarning manbai odamlarning o‘zlarida ekanligini tan olishni xohlamaganliklaridan g‘alati bo‘lib
ketdi. Ha, ular Filofeyni tushunishni hech ham xohlashmaydi. Bork Ordokka achindi. Ordok esa
haqoratlangan edi. “Ishi yurishmadi, yurishmadi-da, — dedi o‘zining eski do‘sti uchun joni kuyib Bork.
— Eng muhimi, u ruhiy tushkunlikka uchramasin-da! U zalni qayta ishontira olsa, o‘z nuqtai nazarini
himoya qila bilsa, oldingi mavqeini egallaydi. Qo‘lidan kelarmikin? Voy xudoyimey, qanday
bema’nigarchilik! Biz barbod bo‘ldik, biz aybdor emasmiz, lekin ish bizning o‘zimizga kelganda go‘yo
ko‘r bo‘lamiz qolamiz. Sho‘rlik Filofey, hozir shu zalda bo‘lsa edi!”
–
Men sizdan iltimos qilaman, mister Ordok, o‘z nomimdan, agar menga qo‘shilishsa, saylovchilar
nomidan so‘rayman. Buni shunday qoldirib bo‘lmaydi! — o‘zini vrachman deb tanitgan kishi shovqinni
bardosh bilan yengib, mikrofon oldida baqirib-chaqira boshladi. — Amerika fuqarolari ustidan qandaydir
eksperimentlar o‘tkazishga hech kimning haqi yo‘q! O’sha samoviy rohib butun insoniyatni qandaydir
to‘da, olomon deb biladi, bu uning ishi, bizning ishimiz emas. Biz esa amerikaliklarmiz. Biz – mustaqil
shaxslarmiz! Qo‘shma Shtatlar hududida g‘alamislik bilan nurlantirishlar o‘tkazishni man etish zarur!
Endi Kongress o‘z so‘zini aytsin, bizning federal organlarimiz o‘z so‘zini aytsin! – To‘g‘ri, rost! Taqiqlash
kerak! – Hamma yoqdan ovozlar eshitildi.
–
Taqiqlansin!
–
Tinchlaning, janoblar! Iltimos qilaman, xonimlar! – sahnadagi mikrofon oldida turib tartibga
chaqirishga harakat qildi saylovoldi uchrashuvini boshqarayotgan suxandon. U qimmatbaho qalin
ko‘zoynak taqib, bashang kiyingan va sochini ikki bo‘lib farq ochib olgan basavlat kishi edi. Aftidan,
ahvolning bunday tus olishini kutmagan ko‘rinadi. U hayajonda edi. – Mikrofonda navbat bilan
gapirishlaringizni so‘rayman! – da’vat qilar edi. – Men sizga so‘z beraman, faqat navbat bilan, iltimos
qilaman, bemalol, faqat navbat bilan gapiringlar.
Lekin endi kech edi. Yo‘laklardagi mikrofonlar yonida shu zahoti yuragidagini aytib olish, bundan
oldin gapirgan notiqlarning so‘zlariga javoban fikr bildirish uchun odamlar to‘planib qolgan edi.
Majlisni boshqaruvchi mikrofonlarda gapiruvchilarga navbatma-navbat so‘z berib turishdan boshqa
iloj topmadi:
–
Birinchi mikrofon! So‘z ikkinchiga! Bemalol! Uchinchi mikrofon! Beshinchi, yettinchi, o‘ninchi...
Mikrofonlarda navbat kutganlar va gapirayotganlar soni ko‘paygandan ko‘payib bordi. So‘zga
chiqqanlarning ko‘pchiligi Filofeyning kashfiyotlarini va g‘oyalarini keskin qoralashga, kosmosda paydo
bo‘lgan o‘sha g‘alamisni, ashaddiy buzg‘inchini orbitadan haydab chiqarishga chaqirar edi; bir nusxa,
rus muhojirlaridan bo‘lsa kerak, Filofeyni KGB chaqimchilariga o‘xshatib, homilador ayollar ustidan
material to‘playdigan, kosmik ayg‘oqchi deb atadi. Ikkinchi bir nusxa Filofey Rossiyaning kosmosga
chiqargan agenti, unga Amerikani ichdan yemirish, jamiyatda genetik bomba portlatish vazifasi
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |