Kutubxonachi.uz
51
Lekin nima bo‘lganda ham Ordok olomonni chalg‘itishning, Filofey fenomeniga chap berishning
uddasidan chiqmadi. Zalda mikrofondan berilgan birinchi savoloq ana shu haqda edi:
–
Mister Ordok, — jarangladi bir ayolning ovozi, — Men Anna Smitman, maktab o‘qituvchisiman,
— kosmosdagi rohib Filofeyning “Tribyun” gazetasida bosilgan maktubi haqida nima deya olardingiz?
— dedi yo‘lakdagi mikrofon oldida qaqqayib turgan ayol hayajon bilan.
Zaldagi olomon birdan qaysar to‘lqinga urilgan kema sahnida turganday chayqalib tushdi. Guvillagan
ovozlar yoyilib, javob kutib jimib qoldi. Buni burilish lahzasi desa bo‘lardi.
–
Ha, hurmatli Anna Smit, — bir oz jim turgandan so‘ng so‘z boshladi Oliver Ordok, junjikkanday
yuzi o‘zgarib, — bu hujjatni o‘qidim va u haqda juda ko‘p o‘yladim. Yashirmayman, uchrashuvimizda
ham shu haqda savol berishsa kerak deb o‘ylagan edim, garchi buning aslini olganda saylovoldi
kampaniyasiga bevosita aloqasi bo‘lmasa ham. Lekin sizni qiziqtiradigan narsa, hurmatli saylovchilar,
meni ham qiziqtiradi. Shu munosabat bilan men nima demoqchi edim, — davom etdi Ordok. — Albatta,
siyosatdan uzoq bunday muammolarga mening fikr bildirishim amri mahol. Lekin o‘ylaymanki, rohibning
to‘g‘rirog‘i zamonaviy katta olim Filofeyning kashfiyoti shuni ko‘rsatadiki, insoniyat uchun intiqom payti
yaqinlashib kelayotir. Afsus, bizlar o‘zlarimizga yuqori baho bergan ekanmiz. Hammangiz gazetani
o‘qigansiz, gap nima haqda borishini yaxshi bilasiz. Filofeyning signallarini yaqinlashib kelayotgan
falokatdan ogohlantirish deb tushunmoq kerak. Shunday bo‘lib chiqyapti!
Shu paytda teleob’ektivlar zalda o‘rmalashar ekan, ko‘zlarida bezovta umid yolqini o‘ynagan
odamlarni boshqalardan yiroqroq qilib ko‘rsatar edi. Robert Bork ekran oldida qotib turar ekan, shu
paytda zalda emasligidan juda o‘kindi. Ordok boshqalarni o‘z gapiga ishontira olarmikin?
–
Nima qilish kerak? — cho‘kkan jimlikni buzib qayta so‘radi o‘qituvchi ayol. Ayolning najotsizlikdan
samimiy savol berayotgani bilinib turar edi.
–
Mening fikrimcha, — bunga javoban dedi Oliver Ordok, — nima qilishni har bir kishi o‘zi o‘ylasin.
— Zalda xitoblar guvilladi. — Lekin jiddiy talab nuqtai nazaridan qaraganda, — fikr yurgiza boshladi u
zaldagi ola-g‘ovurni bosish uchun, — albatta, yaqinlashib kelayotgan halokatning, ya’ni Filofey
aytganday ijtimoiy halokatning, yo bo‘lmasa biologik halokatning oldini olishning tegishlicha dasturini
ishlab chiqmoq, kassandra-embrionlarning oxirzamonni sezish xususiyatiga, ya’ni hayotdan voz kechish
uchun intilishiga sabab bo‘ladigan hodisalarga qarshi kurash choralarini ko‘rmoq zarur!
–
Menga so‘z bering! — yana bir ayolning ovozi eshitildi. U mulatkalarga o‘xshash qorachadan
kelgan, yaltiroq metall sirg‘alar taqib, yoqasi ochiq sariq bluzka kiyib olgan edi. Ayol qatorlar orasidagi
yo‘laklardan biridagi mikrofon oldida paydo bo‘lib qoldi. — Men jim tura olmayman va bizlar jim
turmasligimiz kerak! — dedi u gir atrofga qarab qo‘yar ekan. — Ha, bizning kvartallarda yashash oson
emas. Lekin biz hammavaqt bola deb yashab kelganmiz, bola uchun jonimizni ham ayamaymiz. Bu
ishga hech kim aralashmasin. O’sha samoviy rohibga yo‘l bo‘lsin! Nega endi u meni ta’qib qilar ekan?
Nechun mening shaxsiy ishimga aralashar ekan? Men qat’iy norozilik bildiraman!
Zal yana guvillab ketdi, ko‘plar “to‘g‘ri” deganday boshlarini qimillatib qo‘yishdi, ba’zilar o‘rinlaridan
turib ma’qullaganday qo‘llarini silkitishdi.
Ordok mulat ayolga taskin berishga urindi:
–
Ha, men sizni tushunib turibman, xonim, lekin Kassandra tamg‘asining paydo bo‘lishi bizga
bog‘liq emas. Biz buning bor narsa ekanligini tushunib olishimiz kerak xolos.
–
Bo‘lajak prezidentlik minbaridan turib samoviy rohibning yoni olinayotgan bo‘lsa boshqa gap.
O’sha kishi bu yoqqa kelsin, osmoni falakka chiqib olib, biz ayollarni butun dunyoga sharmandayu
sharimsor qilayotgan rohib bizning nechuk xudoning g‘azabiga uchraganimizni aytib bersin! — dedi
hovurdan tushmasdan yaltiroq zirak taqqan o‘sha ayol, atrofdagi hamfikrlarning norozilik yalqiniga olov
tashlab. Ehtimol balkim uning uyi ham, eri ham yo‘qdir. “Qanday baxtsizlik, — pichirladi Robert Bork,
— qanday fojeali yanglishish. Uning joni qiynoqda, uni tushunish mumkin”.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |