Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
48
ko‘rmasligiga aqli yeta turib bugun o‘zini kompyuterga o‘tirishga majbur qila olmadi. Juda bo‘lmaydigan 
bo‘lsa yana kechasi ishlayman, gazetaga pand bermayman, deb ham ishni orqaga surgay berdi. Ranj 
chekdi, o‘zini u yoqdan bu yoqqa tashladi va shu bilan birga matn sharros yomg‘irdan so‘ng bo‘y 
cho‘zgan maysaday yetilganini tasavvur qilib oldin mamnun bo‘ldi. Uning miyasida maqola matni pishib 
yetildi. Maqola tayyor bo‘lgan edi desa bo‘lardi.
Lekin u go‘yo o‘ziga aloqasi bo‘lmagan narsani butun diqqat-e’tibori bilan kutib turganday qo‘lini 
sovuq suvga ham urmadi. Shaharning eng gavjum qismida, har xil odamlar liq to‘la bo‘ladigan mashhur 
sport zalda o‘tkaziladigan o‘sha ulkan saylovoldi mitingi nima uchundir xuddi o‘zining yonverida, 
ayvonda, gulxonalarda, toshlar bog‘ida o‘tishi kerakday tuyuldi unga. Olomon uning uyini yoppasiga 
o‘rab olib, nafasini bo‘g‘ib qo‘yadiganday sezildi... U o‘zini alahlaydigan jinni deb atadi. Bunaqangisi 
tushga ham kirmas.
Bork u yoq-bu yoqqa yurar, bir uyga kirsa yana tashqariga chiqar, soatiga qarab qo‘yar, musiqaga 
chala-chulpa quloq solar, telefonga umuman javob bermas, lekin o‘zi telefon qilib turar edi. 
Mehmonxonadagi katta televizorning yoniga bormas, vaqtliroq tomosha qilishni xohlamas edi; ko‘pdan-
ko‘p kanallar orqali nimalar namoyish qilinishini ko‘zni yumib turiboq aytib berishi mumkin — o‘sha 
betartib teleko‘rsatuvlar... Jessidan hamon darak yo‘q.
Borkning yuragi qandaydir notinch edi, fikrini to‘play olmas, lekin miyasiga jiddiy fikrlar ham kelib 
qolardi. Dorilfunundagi suhbatlarda, “Tribyun” jurnalistlari bilan bo‘lgan muloqotlarda ham samoviy 
rohib Filofeyning murojaati nima uchun shaxsan Rim papasiga yo‘llanganligi masalasi tilga olinmadi. 
Shuni tushunish qiyin emas ediki, papaning o‘zi ham juda qiyin ahvolga tushib qolgan edi — nima 
qilmoq kerak, qandaydir qallob rohibning o‘ta g‘ayriodatiy, sovuq desa ham bo‘ladigan murojaatiga 
matbuotda javob berish kerakmi, javob berish lozim bo‘lsa, nima deyish kerak?
Robert Bork kassandra-embrionlar muammosi hamma joyda muhokama va munozara qilina 
boshlasa, turli dinlarda favqulodda g‘alayonlar boshlanishini yaqqol ko‘z oldiga keltirdi. Filofey 
kashfiyotlari yo‘lidagi xavflardan biri ana shunda edi.
Axir, dinlar Xudoga yetishish orzusida inson ruhi azaliy g‘ayratining azob-uqubatlarini ham, 
zavqshavqini ham o‘zida mujassamlashtirish barobarinda ma’lum darajada bu o‘rinda pismiqlik ham 
qiladi — Xudo o‘z yo‘liga; Xudo hamma uchun bitta deb tan olinadi, lekin har bir dinda ko‘p narsalar 
o‘ziniki va o‘zganiki deb farq qilinadi, bir dindagi qadriyatlar bilan boshqa dindagi qadriyatlar boshqa-
boshqa, qaynatilsa qoni qo‘shilmas hisoblanadi. Haqiqatga yetishish uchun o‘z mavqelarini 
mustahkamlashda turli diniy ta’limotlarning g‘arazgo‘yligi, nafsoniyatga berilganligi, xudbinligi ana 
shundan, bu esa dunyodagi ruhoniylar orasida qarama-qarshiliklar tug‘diradi, o‘z navbatida, dindor 
ommaning begonalashib, bir-birini tushunmay qolishiga olib keladi. Balki xuddi shuning uchun ham har 
bir dinda, faraz qildi Robert Bork, har qanday holatda ham Filofeyning kashfiyotini albatta o‘z foydasiga 
burish uchun harakat qiladigan muayyan kuchlar topiladi, ular yoki o‘zini samoviy rohibni bilib 
bilmaganga solib qo‘ya qoladi va shunday yo‘l bilan siyosiy kapital jamg‘aradi yoki dinni avj oldirish va 
dinchilarga o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida Kassandra tamg‘asi kashfiyotini o‘z ta’limotlariga 
bo‘ysundiradi.
U dastlab yo‘lakayiga, keyinroq esa tobora kuchliroq miyasiga quyilib kelgan fikrlar — turli 
mamlakatlar bo‘ylab qilgan safarlarida, xilma-xil xalqaro ilmiy konferentsiyalarda xuruj qilgan 
mulohazalar haqida yana o‘ylab ketdi, biroq bu fikrlarni oshkor aytishga jur’at etmas edi. Bordi-yu Yer 
kurrasidagi har bir odam barcha dinlarga bir xil darajada e’tiqod qilganda, bordi-yu insonga hamma 
dinga teng daxldorlik huquqi berilgan bo‘lganda — agar u Xudoga ishonar ekan — barcha mavjud 
dinlarga bab-baravar va bir xil maqomda e’tiqod qiladigan bo‘lsa, boshqa din-e’tiqodlarni inkor etadigan 
qandaydir ayrim cherkov yoki mazhabning muxlisi emas, balki dunyo dinlari uyushmasining a’zosi bo‘la 
olsa va barcha dinlar tomonidan hech so‘zsiz tan olinsa, o‘zini ayni vaqtda ham xristian, ham musulmon, 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish