Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
49
ham buddoyi, ham yahudoi deb va shu kabi boshqa dinlar muxlisi deb hisoblasa, u har bir dinni sevsa 
va hurmat qilsa, uni ham barcha dinlar tan olsa, u ularning mazhabiy, tarqoq g‘oyalari va normalarini 
emas, balki umumdiniy g‘oya va aqidalarini bemalol qabul qilgan bo‘lsa, odamlarning, har bir shaxsning 
hayoti qanchalik qayta qurilgan bo‘lur edi? O’shanda ulkan shaharlarda va aholi zich yashaydigan 
mamlakatlardagi xil-ma-xil va mazhab-tariqatlar aralash bo‘lgan jamiyatlarda odamlar orasida 
uchraydigan yashirin va oshkor diniy g‘ov-lar barham topgan bo‘lur edi. Agar shunday bo‘lganda in-son 
hayoti ancha yengillashgan, uyg‘unlashgan bo‘larmidi? Odam-zod istiqboliga barcha dinlar yakka-yakka 
holda va bir-bi-rini turtib emas, balki birgalikda chiqadigan vaqt, shun-day tarixiy davr kelmadimikin? 
O’tmish avlodlardan farq-li o‘laroq yigirmanchi asr oxirlarida yashayotgan odam — barcha dinlar meniki 
va men barcha dinlarning muxlisiman, men barcha dinlarning barcha ibodatxonalariga kirib turaman, 
va barcha ibodatxonalarda aziz ziyoratchiman deya olsin... Men xristianlardan tavvallud topganman, 
meni cho‘qintirishgan, meni Qur’on tilovat qilib ko‘mishadi, bugun pravoslavlar orasida pravoslav edim, 
kecha musulmonlar orasida musulmon edim, Yaponiyada Buddaga ibodat qildim, Shvetsiyada Lyuter 
qasidalariga jo‘r bo‘ldim... O’zimning Xudoga e’tiqodimda men hech kimga yot emasman, bizning 
yaratgan Tangriga barcha tillarda va shevalarda qilingan ibodatlarda men uchun yot ibodatlar yo‘q. 
Hammamizga baravar e’tibor bilan qaraydigan, bizning yovuzliklarimizdan bir xilda qiynaladigan va 
bizning aqlidrokimiz va ezgu ishlarimizga qarab hammamizga baravar koinot eshigini ochib qo‘yadigan 
Tangriga ibodat...
Dinlar uyushmalarga birlashishsa mavjud dinlarning birontasida ham Xudo g‘oyasi zaiflashmagan 
bo‘lur edi, aksincha, dinlar ko‘pqirrali, oshkor va ustuvor xususiyatga ega bo‘lar, eng muhimi — ajoyib 
nazariyalardagina emas, balki xatti-harakatlarda ham dinlarning tub mohiyati insonparvarlik negiziga 
qurilgan bo‘lur edi.
Bork so‘zsiz bilar ediki, bu g‘alati g‘oya, balkim, kelishmagan g‘oyadir, bu g‘oyaning amalga oshishi 
ehtimoldan uzoqdir, u haqda faqat o‘zi uchun va ichida o‘ylash mumkin, taqvodor dindorlarning 
izzatnafsini og‘ritmaslik, ularning hayotiy diniy tarziga til tegizmaslik uchun, bunday g‘oya odamlarni 
ruhiy hayajonga solish mumkinligini bilib, ana shunday umumbashariy miqyosdagi fikr-mulohazalarda 
juda ehtiyotkor bo‘lmoq kerak.
Xuddi ana shu mulohaza futurolog Borkni o‘z ichida saqlagan g‘oyani e’lon qilish shahdidan qaytarar 
edi. Hatto tilining uchiga kelib turganda ham, diniy kosmopolitizmning dolzarbligi haqiqatning o‘ziday, 
odamlar va dinlarning yangi ruhiy muloqotining mutlaqo zaruriy modeliday ko‘rinib turganida ham og‘iz 
ochmagan. Bu boshqalarga nisbatan ko‘proq muvaffaqiyat qozonish uchun bir-biri bilan raqobat 
qilayotgan dinlarning o‘z-o‘zicha urinishlari emas, balki Xudoga yetishish yo‘lidagi umumiy qadam 
bo‘lmog‘i kerak edi.
Ko‘plab dinlar-mazhablarni bir butun diniy uyushmaga birlashtirish g‘oyasi diniy tashkilotlarning 
qattiq g‘azabiga uchrashini, qanday shovqin-suron ko‘tarilishini, o‘zini sho‘rlik boshiga qanday toshlar 
yog‘ilishini, uni azim gunohlar qilganlikda, ashaddiy kufrlikda, mislsiz dunyoviy bid’atda ayblashlarini u 
yaxshi tasavvur qilardi. Agar xudbinlik va ta’magirlik inson tabiatining azaliy va deyarli biologik 
xususiyatlari ekan, bunday amallar, albatta yuz ko‘rsatishiga shubhalanmasa ham bo‘lardi. O’zlarining 
buyuk payg‘ambari uchun o‘ta haqoratlangan musulmon muftilari tomonidan o‘lim jazosiga hukm 
qilingan sho‘rpeshona Salmon Rushdining qismati ham (boshqa dinlar bunday holatga befarq 
qaraydigan bir paytda) holva bo‘lib qolardi: har holda Salmon Rushdi o‘ziga boshpana ola oldi, shunday 
bo‘lishi ham ehtimolki, xilma-xil din-mazhablarni qo‘shish uchun jonbozlik qilgan kishida bunday 
imkoniyat bo‘lmasligi ham mumkin, hamma joyda tahqirlangan va g‘azabga mingan barcha dinlar 
tomonidan hamma yerdan haydalgan bid’atchiga sho‘rlik boshini tiqish uchun yer kurrasida joy topilmay 
qolsa kerak, unga hech yerda va hech qachon panoh bo‘lmasa kerak? “Ana shunday vaziyatda sening 
kosmosga, Filofeyning yoniga ketishdan boshqa ilojing qolmagan bo‘lurdi, — o‘yladi Bork o‘z ustidan 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish