Kutubxonachi.uz
47
–
Xayr, mister Bork. Televidenieda “Alfa-Beysbol”dagi miting soat oltidan sakkizgacha, “Sheraton”
mehmonxonasidagi matbuot konferentsiyasi — soat to‘qqizdan o‘ngacha — marhamat qilib ko‘ring. –
Rahmat. Harakat qilaman...
O l t i n ch i b o b
O’sha yilgi kuzni rassom rangli qilib chizganda kartinada shaffof osmon, rang-barang xazonrezgi,
shahar chekkasidagi uylarning tomlari ustida aylanib uchib xayrlashayotgan kelgindi qushlarni ko‘rgan
bo‘lur edingiz... Tevarak-atrofda o‘ynab yurgan bolalarning sho‘x ovozlari quloqqa chalinadi. O’sha
quyoshli kun barcha tirik jonga sokinlik, xotirjamlik ato qilgan edi...
O’sha mo‘‘jizakor kun ham boshqa kunlar qatori tugagan bo‘lur edi va hayot maromiga hech nima
monelik qilmayotganday edi. Lekin hozircha pinhoniy, hali pishib yetilmagan, keyin o‘zini ko‘rsatish
uchun mudom jamg‘arilayotgan elektrday allaqanday hodisa yaqinlashayotgan edi. Buning uchun
odamlarning bir joyga to‘planishi taqozo qilinar edi. Odamlar qancha ko‘p to‘plansa, qanchalik zich va
qalin bo‘lib, qaynoq nafas oladigan yaxlit olomonga aylansa, shuncha yaxshi.
Robert Bork soatiga qarab-qarab qo‘yarkan, o‘zini Ordokning saylovchilar bilan bo‘lajak uchrashuvini
hayajon bilan kutayoganday, prezidentlik kursisi uchun kurashib, nutq so‘zlaydiganday, gazetchilar
ta’biri bilan aytganda, shu paytni qo‘ldan boy bermaslik niyatida go‘yo ommaning ishonchi va madadiga
erishish uchun shaxsan kurashadiganday his qildi. Bork nima uchun, nima sababdan shu qadar
hayajonlanayotganini o‘zi ham bilmas edi. Aslini olganda jiddiy bir voqea sodir bo‘layotgani yo‘q —
saylovoldi kampaniyasi jarayonidagi siyqasi chiqqan tadbir, vassalom. Bu haqda o‘ylashga arzirmikin?
Bo‘lar-bo‘lmas voqeaga kuyib-pishishga, o‘ziga hech aloqasi yo‘q narsa uchun xavotirga tushishga
arzirmikin? Jinnilik-ku bu! himoyachi yo‘g‘iydi-ya.
Lekin u o‘z ustidan qanchalik kulmasin, miyasi gangib qoldi, o‘zini qo‘yishga joy topmas edi. Uning
uydan chiqib toshlar bog‘iga borgisi kelaverar edi — bu yerda uyoq-bu yoqqa yurib, yoki qumga sehrli
belgilar chizib, ochiq derazadan kelib turgan kuyni eshitishni xush ko‘radi. Hozir ham radiodan musiqa
eshitdi. U musiqadan, Betxovenning simfoniyasidan, uning qudrati va koinotshumulligidan taskin topar,
musiqaning o‘zini ovuntirishiga, o‘z olamiga, o‘zgacha kechinmalarga chorlashiga, har galgiday jilovsiz
fikr va xayollarga undashiga ishonar edi. Uning tan olishicha, musiqa — quyosh energiyasining son-
sanoqsiz o‘zgargan shakllaridan biri, u koinot qa’ridan chiqadi, bastakor esa radarga o‘xshab koinotdan
kelgan musiqani tutib oladi, unga sayqal beradi, uyg‘unlashtiradi, muayyan ohang baxsh etadi.
Boshqacha aytganda, musiqa — ochuniy Bo‘shliq va Vaqtning tovushdagi aks sadosidir. O’zining ana
shu kashfiyotlarini hech kimga aytmagan, aks holda odamlar uni mazax qilishgan bo‘lur edi. Hatto Jessi
ham bundan bexabar. Uning yana bir nazariyasi ham bor edi, uni ham sir saqlar edi: musiqa odamlarga
inson umrining o‘lguday qisqaligi uchun mukofot qilib berilgan deb o‘ylab qolardi. Odam musiqani
eshitayotganda ruhan musiqaga sho‘ng‘ib ketadi, vaqtning insonga noma’lum kategoriyasiga kirishadi,
u abadiylik oqimiga qo‘shilib ketadi va uning umri uzayadi, abadiylik bilan to‘qnashib cho‘ziladi, ehtimol,
bir necha o‘n yilga, bir necha yuz yilga va ko‘proqqa cho‘ziladi, cho‘zilganda ham uzunlik o‘lchovlarida
emas, balki tabiati hali aniqlanmagan o‘lchovda cho‘ziladi. Ehtimol, bu o‘lchov mohiyati hech qachon
aniqlanmas.
Biroq bu safar Bork shunga ishonch hosil qildiki, musiqani ana shunday tushunish uchun muayyan
moyillik, kayfiyat, masalan, ibodat oldidan, dengizda suzish oldidan odam o‘zida qandaydir moyillik,
kayfiyat sezgani kabi... Buning ustiga Jessi repetitsiyaga hayallab qoldi. Hozir transport ishida tig‘iz payt
va mashinasi yo‘llarda tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Bork bo‘lsa uyda ham o‘zini tiqilinchda qolganday
his qildi. Ishi yurishmaydi, u shoshilinch tugatish kerak bo‘lgan ishga qo‘l ham urmadi. “Tribyun” esa
va’da qilingan maqolani olishi kerak edi. U bo‘lsa gazeta sahifalaridagi sensatsiya imillashni xush
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |