Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
46

Ha, shunday bo‘lib chiqayotir, Entoni. Gap shundaki, ezgulik bilan yovuzlikni bir shodaning 
donalari deb hisoblasak ham, ularning nisbati to‘g‘risida kam o‘ylaymiz. Yovuzlikning ustunlik qiladigan 
kuch ekani to‘g‘risida, yovuzlikning bizning tub mohiyatimizni, burchimizni xonavayron etib, doimo 
barbod qilib turishi, bizning umumbashariy qadriyatlarimizni ko‘kka sovurishi haqida, odamning 
hozirgiga nisbatan butunlay boshqa sifat kasb etishi uchun yashashning yangi usullarini aqlning bilib 
olishiga yovuzlikning yo‘l bermasligi to‘g‘risida kam o‘ylaymiz.

Mister Bork, odamlar jismoniy jihatdan bizga o‘xshagani holda sifat jihatidan boshqa intellektga, 
zakovatga ega bo‘lishi, butunlay boshqa xulqqa ega bo‘lgan mavjudotlarga aylanishi mumkinmidi?

Aylanganda qanday. Biz hammamiz o‘z yog‘imizga o‘zimiz qovrulib keldik, biz butun Koinotda 
birdan-bir aqlli mavjudotlar edik. Hech qanday mahluqlar bilan raqobat qilmadik. Shunday ekan, bizda 
boshqa ma’naviy evolyutsiya, tamomila boshqa taraqqiyot bo‘lishi mumkinmidi? Bu haqda qanchalar 
o‘ylash, munozara qilish mumkin. Lekin shunisi haqiqatki, biz fan va texnika taraqqiyotida ham har 
qancha yutuqlarga erishmaylik, hammamiz, afsuski, bir-birlarimizni yamlab yutadigan yirtqichligimizcha 
qolayotirmiz.

Afsus, ming afsus. Demak, samoviy rohib bizni genetik jinoyat ustida tutib opti-da?! Lekin, har 
qancha kaltafahmlik bo‘lmasin, aytayki, bizning hozirgi ahvolimizga nisbatan boshqacharoq bo‘la 
olmaganimiz menga alam qiladi. Mister Bork, ana shu fikrda bizlarni mazoxistik kechinmalar sari 
eltadigan odatiy idealistik ohang yo‘qmikin?

Albatta bor, chunki mazoxizm — cho‘lda turib daraxtzor yo‘q ekan deb shikoyat qilish demakdir.

Ana shunday daraxtzor yo‘q bo‘lsa, bundan keyin ham bo‘lmasa, siz nimani taklif qilgan bo‘lur 
edingiz.

Faqat bir narsani — aql bog‘-rog‘larini barpo qilishni.

Bu nima degani?

Bu nima degani? Sen tutgan joyidan uzadigan jurnalist ekansan! Filofey kashfiyotlari nuqtai 
nazaridan bu faqat bir narsani anglatadi: kassandra-embrionlarning signallariga quloq solish, 
Kassandraning har bir belgisini ogohlantirish deb qabul qilish. Bizning qalbimizda yetilib kelayotgan his 
— yorug‘ dunyoga kelishdan qo‘rqinch hissini faqat shu yo‘l bilan to‘xtatish mumkin. Genetik halokatning 
yaqinlashib kelayotganini har bir kishi, umuman insoniyat bilib-tushunib olmog‘i zarur. Men “Tribyun” 
uchun yozayotgan maqolamda xuddi ana shu haqda gapiraman. Kechirasan, Entoni, telefonda 
hammasini aytib bo‘lmaydi. Qisqasi, insoniyatning kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyati bundan buyon 
yangi mazmun olajak, ehtimol, bu evolyutsiyaning yangi bir davrasidir. Kecha Ordokka ham taxminan 
xuddi shunday dedim. U ham tashvishda.

Ha, mister Bork, bu safar bizning Ordokka yana shuning uchun ham qiyin bo‘ladiki, bu vaziyat 
uning siyosiy repertuaridan emas. Ordok kabi siyosatchilarni men yakkama-yakka kurashuvchi 
siyosatdonlar deyman. Ordok ko‘z oldida raqib bo‘lsa, ishonch bilan kurashadi, o‘shanda hujumga o‘tadi, 
bu hammaning ko‘z o‘ngida bo‘lishi kerak. Tor doirada u hatto “zaruriy dushman” tushunchasini 
ishlatadi. Ana shundagina u o‘zini g‘olib sezadi. Bunisi esa qandaydir mavhumlik!

Unchalik emas, Entoni. Ana shunday mavhumlik ko‘z ochib yumguncha aniqlikka aylanishi 
mumkin. Aniqlik bo‘lganda ham qat’iy aniqlikka aylanadi. Chunki bunda gap odamlarning hayoti 
to‘g‘risida boradi.

Ha, albatta. Men Ordokning psixologik xususiyatini aytib qo‘ymoqchiman, xolos. Lekin bu ayni 
vaqtda uning siyosiy hayoti shakli hamdir. Bu shunchaki gap. Men so‘zimni tugatyapman, mister Bork, 
aybga buyurmang, siz bilan gaplashgan sari odam xumordan chiqadi. Menga qo‘ng‘iroq qil deya 
ko‘rmang, osonlik bilan qutula olmaysiz.

Yaxshi, yaxshi, Entoni. Zaruriyat bo‘lib qolsa, nega gaplashmaslik kerak ekan.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish