Kutubxonachi.uz
43
yoniga tashlab, go‘yo o‘z uyida yotsirab qoldi. U hatto gir-atrofga nazar tashladi. Go‘yo birinchi bor
ko‘rayotgan kabi zilday mebel to‘la katta mehmonxonaga razm soldi: Venetsiyadan qachonlardir Jessi
sotib olgan chilchiroq va kamin-pechka ustida katta oyna turipti. Royal, violonchel. Oynavon shkafda
zarhal muqovali kitoblar (kitoblarning ko‘pchiligi ikkinchi qavatda, kabinet yonidagi kutubxonada
saqlanadi). Va butun uy, hatto o‘zi ham qandaydir begonaday tuyuldi o‘ziga. Eski Venetsiya ko‘zgusiga
qarar ekan, o‘zining keksayib qolgan polvon oq yol otday suyaklari turtib chiqqanini sezdi, u o‘zining
o‘tmish hayotini, o‘z hayoti bilan bog‘liq narsalarni, o‘zini, o‘zining har doim g‘ayrioddiy fikrlar bilan band
ekanligini ko‘z oldiga keltirdi. U o‘ylanib qoldi: «Nahotki menga ko‘p narsa kerak bo‘lsa, nega men
chindan ham zamon oxir bo‘lganday bunchalik kuyib pishaman? Ehtimol, endi men noma’lumlikka
sho‘ng‘ib ketishim uchun mening butun o‘tmish hayotim shunchaki debocha bo‘lgandir. Maxfiy eshikni
axtargan ko‘rday timirskilashim kerakmi? Futurologiyaga yopishib olib har holda ishi yurishgan olim
sifatida tinch-totuv yashab nimaga erishdim? Nihoyat samodagi Filofey siymosining mening taqdirimga
ta’sirini olaylik. Bu nima? haqiqat g‘alaba qilgan lahzami? Intiqommi? Shundaymikin? Filofey men uchun
kim? O’ylab ko‘rsa, hech kim emas. Nega bo‘lmasa men tinib-tinchimayman? Demak, uning menga
daxldor joyi bor ekan-da? Ba’zan kitlar tushimga kiradi, endi bo‘lsa...»
Bu fikrlar, shubhalar uni tark etmas edi. Nima to‘g‘risida o‘ylamasin samoviy rohib kashfiyotlari esiga
kelaverar edi. Hamma-hammasini — bundan oldin bo‘lgan voqea-hodisalarni ham, undan keyin ro‘y
bergan narsalarni ham qiyoslashga to‘g‘ri keldi.
Jessi kofe olib kirdi. Gap yana oldingi mavzu atrofida aylandi. Robert Bork asarlarining shaydosi
Entoni Yunger prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatilgan Ordokning qo‘mondasi nomidan dorilfununga,
Borkka telefon qilmoqchi bo‘lgan ekan, lekin uni topisha olmabdi. Shundan so‘ng kunning ikkinchi
yarimida yana qo‘ng‘iroq qilaman debdi. Jessi unga Borkning o‘zi telefon qilsa bo‘lmaydimi deb
so‘raganda, Yunger: “Meni topish qiyin, yugurib-elib yuribman, bugun bizlarning behalovat kunimiz,
Ordokning saylovchilar bilan uchrashuvi tayyorlanyapti, shundan so‘ng katta matbuot konferentsiyasi
bo‘ladi, umuman tashvish ko‘p, Bork bilan gaplashishni juda-juda xohlar edim” depti. Yana: “ko‘pdan
beri gaplashmoqchi edim, endi buning uchun bahona topildi. Iltimos, aytib qo‘ying, menda ko‘p
ma’lumotlar va savollar bor. Albatta qo‘ng‘iroq qilmoqchiman”.
Jessi repetitsiyaga jo‘nab ketgandan keyin ko‘p o‘tmasdan telefon jiringladi. Bu o‘sha Entoni Yunger
edi.
–
Mister Bork, biz bilan sizning Filofey ismli umumiy do‘stimiz bor, shunday emasmi, biz hozircha
baxtga qarshi telefon orqali tanishdik, bu tanishish umuman olganda Filofeyning maslahati bilan bo‘ldi.
–
To‘g‘ri. O’sha samoviy rohib endi bizning hayotimizda katta rol o‘ynaydi.
–
Gap ana shu haqda ketayotir-da, mister, Bork. Bu boshqalardan ko‘ra sizga ko‘proq ma’lum bo‘lsa
kerak deb o‘ylayman. Endi voqealar jarayonining qanday kechishiga, ruscha qanotli ibora bilan
aytganda, tarix g‘ildiragining qanday aylanishiga bog‘liqdir. Maqtanib qo‘yishim mumkin, axborotingiz
uchun ruschani yomon bilmayman. Bordi-yu shu jihatlarim bilan sizga foyda keltira olsam, mamnun
bo‘lar edim.
–
Ha, bunisi yaxshi, — dedi Robert Bork hayratomuz javob qaytarib va Entoni Yungerning o‘ziga
bo‘lgan ishonchiga va ovozining jarangdorligiga qoyil qolib. “Ancha g‘ayratli yigit ko‘rinadi!” — o‘yladi
u.
–
Yoshi nechalarda ekan? — Men ham Gorbachev davrida Rossiyada bo‘lganman: — dedi rus
mavzuiga javoban. — Moskva, Leningrad, Kiev. Aytmoqchi, Entoni, siz necha yoshdasiz? Shunchaki gap
kelganda so‘rayapman.
–
Marhamat! Ulug‘sifat bo‘lib ko‘rinish uchun — o‘ttiz yoshdaman demoqchi edim, endi, anig‘ini
aytaman — yigirma sakkiz yarim yoshdaman, — dedi u. — Aql kiradigan vaqt kepti. Yana nima deyish
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |