www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
Sh ye ‘ r:
Bordi Yusuf, qolmasdi Qobus ham bo‘lmay adam,
Ichtilar jomi fano siddiq ham, zindiq ham.
Xizr a. s. ni mursal debdurlar. Va ul Arfaxshad binni Somning o‘g‘lonlaridindur va Zulqarnayn
zamonida aning mulozimi erdi. Zulqarnayi hayvon suyi xiyoli bila zulumotqa kirgonda Xizr a. s. ani
boshlab kirdi. Va derlarkim, Ilyos a. s. dog‘i bila erdi. Umidkim, quyiroq zikr bo‘lg‘ay.
Ul suvni Tengri taolo bu ikovga nasib qildi va Zulqarnayn mahrum yondin.
Va ba’zi debdurlarkim, haq taolo Xizr a. s.g‘a ilmi ladunni nasib qildi va hayvon suyi iborat
ondindur. Ahli islom mu’taqidi uldurkim, Xizr a. s. umri jovid topibdur. Va Xoja Muhammad Porso q.
s. ba’zi nusxada mundoq bitilibdurkim, Xizr a. s. Sabzavorning Kavk otlig‘ kentidindur va holo Hazrat
Risolat sallallohu alayhi vasallam dinidadur va imom Shofe’i rahmatullohi mazhabidadur, vallohu
taolo a’lam.
She’r:
Xizr umrin tilarlar ahli xirad,
Yer vaslidurur, hayoti abad
.
Ayyub Sabur a. s. onasi Lut a. s. qizidur. Otasini I’ys binni Ishoq a. s. avlodidindurur debdurlar:
Vale ba’zi muxolafat qilibdurlar. Mavludi Rumdur, ammo Shomda muqim erdi. Har nav’ mol va
manoli ko‘p erdi va o‘n o‘g‘li bor erdn. G‘animat juftidin hech nima yo‘q erdikim, haq taolo ibodati va
tasbihi va tahliliga ul nav’ mashg‘ul va mash’uf erdikim, hech nimaga iltifot qilmas erdi. Ul
martabadakim, haq taolo maloikag‘a aning holotini jilva berdikim, maning ibodatimdin o‘zga hech
nimaga parvo qilmas. Maloika ayttilarkim, xudoyo, hech nav’ jam’iyatdin yo‘qturkim, anga nasib
qilmaysen. Nevchun saning ibodatingdin o‘zga ish qilg‘ay.
Tengri taolo maloikag‘a xitob qildikim, bu zohir jamiyatlari parishonlig‘ asbobidur. Vale sizing
mazannangiz bu bo‘lsakim, bu jihatlardinkim, aning ko‘ngli jam’ uchun ibodatqa mash’ufdur, andoq
qiloyki, sizlar bilgaysizkim, bo‘lar-bo‘lmasa ham aning ishi toatdur. Bu mukolimadin so‘ngra Tengri
taolo Ayyub a. s. sori balolar mutavajjih qildi. Avval mavoshiysig‘a andoq ofat tushtikim, biri qolmadi.
Anga ayttilar ersa, iltifot qilmadi. Mazruotig‘a andoq balo yuzlandikim, yo‘q hisobi tutti. Munga ham
multafit bo‘lmadi. Har jihotiki, anga ne itloq qilsa bo‘lur, beniyozliq yeriga bordi, parvo qilmadi,
hamul haq taolo ibodatig‘a mashg‘ul erdi. Uy yiqilib o‘n o‘g‘li tom ostida qoldilar va halok bo‘ldilar.
Ul dedikim, manga Tengri taolo basdur, alar bo‘lmasa. bo‘lmasun! Bulardin so‘ngra hech nimasi, balki
hech kishisi qolmadi, muborak jismiga bemorlig‘lar va balolar yuzlandn. Dog‘i jarohatlar bo‘lub,
qurtlar tushti, dog‘i ul jarohatlar islanib, ul navohiy xalqi andin mutanaffir bo‘lub, arolaridin ani ixroj
qilib, bir nomunosib yerga soldilar va tegrasida hech kishi qolmadi. Haramidinkim, otini Rahima binti
Ya’qub a. s. debdurlar va binti Ibrohim binni Yusuf a. s. ham debdurlar. Va Rahima yo muzdurluq, yo
gadoyliq qilib, Ayyub a. s.g‘a qut kelturur erdi. Va Ayyub. a. s. ul baliyyatqa sabr qilib, Tengri taolo
toatidin xotirig‘a o‘zga nima kechmay, derlarki, sharif badanidin bir qurt agar tushsa erdi, yana olib
o‘rnig‘a qo‘yar erdikim, sizga haq bu nasib qilg‘on ro‘zidin mahrum bo‘lmang. Va shaytoni la’in
Rahimag‘a har nav’ ig‘volar qilur erdikim, muhofazati Ayyub a. s.g‘a yetmagay. Tengri taolo ani
shayton mutobaatidin asrar erdi. To ulkim, bir kun bir zaifa surati birla Rahimag‘a uchradi. Va Rahima
ul kun hech nima topmaydur erdikim, Ayyub a. s.g‘a kelturgay. Shayton anga ayttikim, mening sochim
bag‘oyat qisqadur. Agar gisularingni kesib, manga bersangkim sochimg‘a ulasam, muncha bahosin
berurman. Rahima dedikim, Ayyub a. s. qoshig‘a bu kun qut topmaydur, manga gisu bo‘lmasa
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |