www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
Yusuf a. s.ni majlisda kiyurgach va ul jamoat olida turunj va turunj kesarga iliklarida bichoqlar erdi.
Yusuf a. s.ni ko‘rgach, «Mo hozo basharo»
18
deb aning jamoli mayidin andoq loya’qil bo‘ldilarkim,
turunj o‘rnig‘a iliklarin kestilar. Yusuf a. s. chiqg‘och, o‘z hollaridin voqif bo‘lub, Zulayxoni ma’zur
tuttilar. Va Zulayxo el mazannasi daf’i uchun azizg‘a iltimos qildikim, Yusufni zindonda mahbus qilib
va bu hibsda Tengri taolo Yusuf a. s.g‘a ta’bir ilmin karomat qildi. Zindon ahli tush ko‘rub, bir-biriga
aytsalar erdi, ta’bir qilur erdi va hech taxalluf qilmog‘ondin zindon ahli mutaajjib bo‘lur erdilar. Malik
Rayon suvchisn birla bakovuli anga zahr berur tavahhumidin yozgurub, zindong‘a yibordi. Alar Yusuf
a. s. el tushiga ta’bir qilurin ko‘rub, ittifoq bila har biri yolg‘on tush yasab, Yusuf a. s.g‘a arz qildilar.
Suvchi tushini mundog‘ dedikim, bir bog‘da uch xo‘sha uzum ko‘rdum, ul uzumni siqsam, filhol
chog‘ir bo‘ldi va ani malikka tuttum, ichib manga iltifot va tahsin qildi. Bakovul tushini mundoq
aydikim, Malik matbaxidin uch xonda non boshim ustida ko‘rdum va osmondin qushlar boshimg‘a
qo‘nub, ul nonlarni yedilar. Chun Yusuf a. s. ul ikovnung g‘aybdin og‘izlarig‘a kelgon so‘zlarning
birini ne’mat va birini baliyyatqa dol ko‘rdi, dedidim: «lo ya’tikumo taomun turzaqonihi illo
nabba’tukumo bita’vilihi»
19
, ya’ni sizga ulcha ko‘rubsiz yetmagay. Magar ulki xabar berurmen sizga.
Uch kundin so‘ngra suvchini malik Rayon chiqorib, rioyat va tarbiyat qilur. Va bakovulning bu uzridin
osor alar ayttilarkim, biz bu tushni ko‘rmaydur erdik, balki yasab erduk. Yusuf a. s. ayttikim, tangri
taolo taqdiri mening taqririm bila muvofiq tushubdur, boqi siz bilursiz. Va suvchig‘a ayttikim, malik
Rayong‘a borib e’tibor topsang, meni sog‘undurgaysen. Chun Yusuf a. s. muxallisi uchun Tengri
taolog‘a iltijo qilmay, maxluqni vasila qildi. Haq taolo g‘ayratdin yana yillar ani zindonda asradi va
hamul uch kunda malik Rayon bakovul qatlig‘a hukm qildi va soqiyni tarbiyat qildi. Va ul soqiy yeti
yilg‘acha Yusuf a. s.ni sog‘inmadi. Bir kecha malik Rayon tush ko‘rdikim, yeti semiz o‘yini yeti oruq
o‘y yedilar va yeti toza ko‘kargan xo‘shani yeti quruq xo‘sha chirmoshib, betarovat qildi. Va bu tush
ta’biridin muabbirlar bila kohinlar ojiz bo‘ldilar. Soqiyning yodig‘a Yusuf a. s. kelib, malik arzig‘a
yetkurdi va malik amri bila borib, Yusuf a. s.din bu tush ta’birin so‘rdi. Yusuf a. s. ayttikim, semiz
o‘ylar, toza xo‘shalar to‘qluq va ziroatlig‘ yilg‘a dalildur va orug‘ o‘ylar bila quruq xo‘shalar
qahatliqqa dol. Yeti yil qutluq bo‘lub, yana yeti yil qahatlig‘ bo‘lg‘usidur. Burung‘i yillarda
oshlig‘ingizni yaxshi asrangkim, so‘ngg‘i yillarda yarag‘ay. Soqiy bu ta’birni malikka aytti ersa,
haqiqati anga ma’lum bo‘lub, Yusuf a. s.ni tiladi. Yusuf a. s. bormay z’lom qildikim, turunj bila ilikin
keskan zuafodin istifsor qilg‘il. Malik tafahhusqa mashg‘ul bo‘lub, azizni va Zulayxoni va ul zuafoni
tiladi. Va Zulayxo ul jamoat bila Yusuf a. s. ning pokligiga tonug‘luq. berib va aziz infioldin
Zulayxoni taloq qildi va Yusuf a. s.ni zindondin chiqorib, malik qoshiga kelturdilar. Malik e’zoz qilib
munosib yerda o‘lturtub, dedikim, bu tushum ta’birin manga saning o‘z taqriringdin eshitur xotirim
bor. Yusuf a. s. burun aning tushin ayttikim, ko‘p nima malik unutub erdikim, yodig‘a kelmadi.
Bag‘oyat mutaajjib bo‘lub, Yusuf a.s. din ta’birin ham tiladi. Yusuf a. s. ta’birin yuqori o‘tgan dastur
bila ayttikim, Malik azizni azl qilib, azizlig‘ni Yusuf a. s.g‘a berdi. Va mulk va xazoinning amini va
sohibi ixtiyori qildi. Yusuf a. s. viloyat ma’mur yillarda oshlig‘ini yaxshi muhofazat qilib, qahat
bo‘lg‘on yillarda xaloyiqqa sababi rizq bo‘ldi. Va qahat shiddati bir yerga yettikim, xaloyiq boru
yo‘qin, balki o‘z nafslarin yegulikka sottilar. Rivoyat budurkim, Yusuf a. s. jami’ Misr elin sotqun olib,
qahatdin chiqqondin so‘ngra ozod qildi va Zulayxoni o‘z nikohi aqdiga kiyurdi. Va bu vaqtda Yusuf a.
s. o‘tuz iki yoshar erdi va Zulayxo o‘tuz va bikr erdi. Nevchunki, aziz aynayn erdi. Va Yusuf a. s. ga
Zuloyxodin iki o‘g‘ul bo‘ldi. Naqldurkim, qahat shiddati sa’b bo‘lg‘andakim, atrofdin xalq rizq uchun
Yusuf a. s.g‘a yuz qo‘yub erdilar, Kan’on eli ham ul jumladin erdi. Va Ya’qub a. s. Yusuf a. ye.
firoqida xalqdin ulfat uzub va farzandlarin unsi munqati’ qilib, go‘sha tutub, Baytul-ahzon maqomi
bo‘lub erdi. Farzandlari aning ruxsati bila Misrg‘a o‘zi uchun mutavajjih bo‘lub, Ibni Yaminni Ya’qub
a. s. o‘z qoshida asradikim, andin Yusuf a. s. isi topar erdi. Chun o‘n og‘o-ini Yusuf a. s. xizmatig‘a
yetishtilar, bizoatlarin arz qilib, ro‘zi tiladilar. Yusuf a. s. alardin nasablarini so‘rub, otalarining holin
tafahhus qilib, tirik erkonin bilib, Ibni Yamin holin ma’lum qilib, ehtirom etib, oshlig‘ berib,
bizoatlarin dog‘i oshlig‘ ichiga yoshurun solib uzotti va ayttikim, yana kelsangiz, qolg‘oi ishingizni
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |