Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
olib kelingkim, bu qotlog‘idin ko‘prak rioyat qilay. Alar Kai’ong‘a kelg‘ondin so‘ng, kayfiyatni 
Ya’qub a. s. qoshida arz qilib, yana qotla Ibni Yaminni, agarchi Ya’qub a. s. rozi ermas erdi, o‘zlari 
bila olib Misrg‘a Yusuf a. s. mulozimatig‘a borg‘aylar va Ya’qub a. s. xizmatida o‘tkan holotni taqrir 
qildilar. Va iltimos etdilarki, Ibni Yaminni bir qotla alar bila aziz qoshig‘a yiborg‘ay. Anga agarchi ul 
yea’b ko‘rundi, ammo zaruratdin Ibni Yaminni yibordi va bir ruq’a bitdi. Ibrohim a. s.ning dastorinki, 
irs rasmi bila Ya’qub a. s.g‘a qolib erdi, Ibni Yamindin hadiyya dasturi bila aziz xizmatig‘a irsol qildi. 
Va alarg‘a vasiyat qildikim, Misrg‘a bir darvozadin kirmang. «Lo tadxulu min bobin vohidin vadxulu 
min abvobin mutafarriqa»
20

Alar Ya’qub a. s. buyurg‘on dastur bila amal qilib, aziz eshikiga hozir bo‘ldilar. Azizg‘a xabar 
bo‘lg‘och, alarni tilab ta’zim bila o‘lturtub, Ibni Yamin ruq’a bila dastorni Yusuf a. s.g‘a taslim qildi. 
Yusuf a. s.g‘a mufrit nishot yuzlanib buyurdikim, alar ilayig‘a xon torttilar va har ikov ilayida bir tabaq 
qo‘ydurdi. Va Ibni Yamin yolg‘uz qoldi. Alardin ani o‘z qoshig‘a tilab hamtabaq qildi. Chun Yusuf a. 
s. burqa’ bila erdi, alar tonimas erdilar. Yusuf a. s. ning toqati qolmadi, qorindoshig‘a o‘zin nozukluk 
bila izhor qilib, mutag‘ayyir bo‘lmay, dag‘i ul jamoatqa keturgan ulog‘larig‘a ko‘ra oshlig‘ berib va 
oltun kaylkim, javohir bila tarsi’ qilib erdilar, Ibni Yamin yukida yoshurtti. Alar Kan’onga mutavajjih 
bo‘lg‘ondin so‘ng, kishi yiborib, yuklarin axtartib so’ni Ibni Yamin yukida toptilar va Ibni Yamiini 
olib aziz qoshiga keltirdilar. Va qardoshlari ham aning bila qoytib keldilar. Bu yerda ixtilof ko‘ptur. 
Har taqdir bila Yusuf a. s. Ibni Yaminni olib qolib, qardoshlari yana Kan’ong‘a borib, Ya’qub a. s.g‘a 
Ibni Yaminning o‘g‘urluq qilib, aziz ani asragonin ayttilar. Ya’qub a. s. ning mehnati o‘tti va furqati 
shu’lasi birga ming bo‘lub, bir yo‘li oyog‘din tushti. Oqibat azizg‘a bir ruq’a bitib, Yahudo o‘g‘li 
Forizdin yibordi va o‘z holinikim, Yusuf otlig‘ o‘g‘li firoqidin ne suubatqa qolib erdi va Ibni Yamin 
furqatidin ne shiddatqa musaxxar bo‘ldi deb arz qildi. Yusuf a. s. aning javobida ul nav’ nasihatomiz 
ruq’a yibordikim, Ya’qub a. s.g‘a yetkach, o‘qutub ayttikim, bu maktubdin anbiyo kalomi va rusul 
payg‘omi holoti ko‘ngulga yetishadur.
Yana o‘g‘lonlarig‘a Misrg‘a borurni taklif qilib, alar bizoati muzjot bila keldilar. Va bu qotla 
Yusuf a. s. o‘zin alarg‘a zohir qilib, ko‘p altof ko‘rguzdi. Alarni o‘z qilg‘onlarining xijolati va Yusuf 
a.s.ning lutfu karami lol qilib, Ya’qub a. s.ning ko‘zi ko‘rmasin arz qildilar. Yusuf a. s. o‘z ko‘nglokin 
Yahudodin Ya’qub a. s.g‘a yibordi. Yahudo Misrdin chiqqoch, Ya’qub a. s. ul ko‘nglok isin Kan’onda 
topib, huzzorg‘a zohir qildi. Alarning dimog‘i xiffatig‘a haml qilib, to Yahudo eshitib, Yusuf a.s.ning 
hayoti xabarin va salomatlig‘in Ya’qub a. s.g‘a yetkurub, ko‘nglokni aning yuziga soldi, hamul zamon 
basir bo‘lg‘on ko‘zi bino bo‘lub, shukrlar qildi. Va Yahudo borcha hol kayfiyatin anga arz qilib, 
Misrg‘a borur so‘zida erdikim, Yusuf ‘. s.ning rasullarin azim yarog‘lar bila yetib va zurriyotin 
Misrg‘a eltib, Yusuf a. s.g‘a xabar yetkoch, istiqbol qilib va Malik Rayon dog‘i ul davlatni g‘animat 
bila muvofiqat qildi. 
Yusuf a. s.g‘a yaqinloshqoch, Ya’qub a. s. mahmildin chiqib, Yusuf a. s. aning ayog‘iga tushub 
ko‘rushtilar. Va Misrg‘a kelib, Yusuf a. s. otasi, onasini taxt ustida o‘lturtub, o‘zi alar yonida o‘lturub, 
qardoshlarig‘a ulcha qoidai ikrom edi, bajo kelturdi. Va alar borcha anga sajdai tahiyyat qildilar. Va 
Yusuf a. s. Ya’qub a. s.g‘a ayttikim, «yo abati hozo ta’vilu ru’koya min qablu»
21
. Bir rivoyat bila o‘n 
yeti yildin so‘ngra, bir rivoyat bila yigirmi to‘rt yildin so‘ngra Ya’qub a. s. Tengri taolo rahmatig‘a 
bordi va Yusuf a. s.ni vasiy qilib erdi va aning vasiyati bila Quddusda Ibrohim va Ishoq a. s. javorida 
qo‘ydilar. Va oz fursatdin so‘ngra malik Rayon ham olamdin chiqdi. Va aning bea’mamidin Qobus 
otlig‘ kofir maqhur Misr taxtida saltanatqa o‘lturdi. Yusuf a. s. bir necha yil ani islomg‘a dalolat qildi, 
bir tutmas erdi. Ammo Yusuf a, s.ni ta’zim qilur erdi. Yusuf a. s. aning da’vatidin ma’yus bo‘lub, balki 
o‘z avqotidin ham havl, haq taolodin munojotda obou ajdodi suhbatin tiladi. Va ul duo mustajob 
bo‘ldi, bani Isroilg‘a islom rusuxig‘a vasiyyat qilib, Fir’avn bila Muso a. s.din xabar berib, ul 
qavmning valiysi Yahudoni qilib, o‘zining madfanini Nil rudida Misrdin bir yig‘och yiroq muqarrar 
qildi va dorulfanodin gulshani baqog‘a xirom qildi. Bani Isroil Ya’qub a. s. zurriyotidur va isbot o‘n 
bir o‘g‘li. 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish