www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
nasib qildi. Anga duo qildikim, salotin syoning naslingdin bo‘lg‘ay. Va ba’zi debdurlarkim, Sobir
payg‘ambar sening naslingdin bo‘lg‘ay deb ham duo qildi. Va Ayyub a. s. I’ys avlodidindur va I’ysg‘a
bu mazkur bo‘lg‘on jihatdin Ya’qub a. s.g‘a xusumat paydo qildi. Va Ya’qub a. s. andin haroson erdi.
Va Ishoq a. s. umri yuz seksonga yetkondin so‘ngra Tengri taolo hukmin butkordi va Ibrohim a. s.
yonida dafn qildilar. Ushbu yil Yusuf a. s. Misr azizi bo‘ldi.
N a z m:
Xizrg‘a nasib o‘lsa hayvon ziloli,
Skandarga ichmakka yo‘q ehtimoli.
Ya’qub a. s. payg‘ambari mursaldur va ko‘prak anbiyo aning naslidindur. Va Isroil ani derlar.
Ishoq a. s. anga vasiyat qilib erdi, chun Ya’qub a. s.ning I’ysdin dog‘i azim xavfi bor erdi. Ba’zi
debdurlarkim, hamul kechakim Ishoq a. s. baqo olamiga yuzlandi, Ya’qub a. s. Kan’ondin maxfiy
chiqib, Shom diyorig‘a azimat qildi. Va bu safarda bir kecha tush ko‘rdikim, Tengri taolo anga xitob
qilib, ul muqaddas yerda Baytul-muqaddas binosin qilurga bashorat berdi. Va ul yerning obodonligi
Ya’qub a. s.ning avlod va zurriyoti hokim bo‘lub, nubuvvat va hukumat qilib, xaloyiqni o‘z
himoyatlarida muraffahul-hol asrarg‘a va’da qildi. Ya’qub a. s. uyg‘onib shodmon bo‘lub, Ishoq a.
s.ning duosi aning borasida mustajob bo‘lg‘onin bilib, yo‘lg‘a tushti. Va marohil qat’ qilib,
Lubnonning maqomi Fidon degai yerga yetib maskan qildi. Va Ya’qub a. s.ning suhbati Lubnong‘a
muloyim tushti. Va Ya’qub a. s. aning Layyo otlig‘ qizin qulmoq istid’o-si qildi. Chun hech bu
kadxudolig‘ asbobig‘a dastrasn no‘q erdn, yeti yil aning qo‘ychiliq amrin bajo kel-turdi. Nikoh vujudin
munga qaror berdilar: Mav’id yetkoch, aqd qilg‘on kecha Rohilnikim ulug‘roq qizi er-di, aqd qilib
berdi, Ya’qub a. s.g‘a ma’lum bo‘lgach,. Lubnonga gila izhori qildi. Ul ayttikim, ulug‘ egachi uyda
qolib, kichiki xasm uyiga bormoq nomunosibdur. Va agar ko‘nglung tilar Layyog‘a vobasta bo‘lmoq,
yana yeti yil xndmat ixtiyor qil, to ani ham sanga musallam tutay. Ya’qub a. s. aning muddaosini qabul
qilib, yeti yildin so‘ng, Layyoni ham anga berdi. Va Layyo iki kanizakkim, biri Faliha va biri Zalifag‘a
mavsum erdilar, Ya’qub a. s. uyiga yibordi va ul shar’da iki egachi-singilni bir kishiga nikoh qilmoq
ravo erdi. Muso a. s. zamonida mamnu’ bo‘ldi. Va aksar tavorix ahli ittifoqlari borkim, Ya’qub a. s.g‘a
Layyodin olti o‘g‘ul bo‘ldi: Ro‘bil, Sham’un, Yahudo, Lovi, Zarbun, Yashxar. Va Rohildin Yusuf a. s.
va Ibn-Yamin mutavallid bo‘ldilar va Falihadin Don va Nafqol va Zalifadin" Kov va Ashira vujudqa
keldikim, «Kalomullo»da isbat lafzikim mazkurdur, iborat bu jamoatdindur. Va Ya’qub a. s.g‘a bu
farzandlar muyassar bo‘lg‘ondin so‘ngra, qo‘y va sonir mavoshii vanddin ko‘b jam’iyat hosil bo‘ldi.
Va Kan’ong‘akim vatan Ma’luf erdi bordi. "Ba’zi debdurlarkim, bir yil: Kan’onda bo‘lg‘ondin so‘ngra,
Ibn Yamin mutavallid bo‘ldi. Va Ya’qub a. s. g‘urbatdin vatang‘a kelgandin so‘ngra, I’ys safar ixtiyor
qilib, Rum sori mutavaj-jih bo‘ldi. Va aning Ismoil a. s. qizidinki amuzodasi erdi, besh o‘g‘li bor erdi.
Birining oti Rum erdiki, ul mulkni aning oti bila atarlar. Va Rum qaysarlari aning naslidindurlar. Ul
kunki I’ys Rumda olamdin o‘tti, Ya’qub a. s. dog‘i Kan’onda olamg‘a vido’ qildi. Va I’ysning
so‘ngokin Jirung‘a naql qilib, obosi maqobiri javorida qundilar. Va Ya’qub a. s. I’ysning g‘urbati
ayyomida Kan’on ahli hidoyatig‘a ma’mur bo‘lub, necha vaqt risolat amrig‘a mashg‘ul erdi, to dori
baqog‘a bordi. Va aning ba’zi holotn Yusuf a. s. qissasida ijmol bila inshoalloh mazkur bo‘lg‘ay.
Inshoallohul-aziz.
Sh ye ‘ r:
Ya’qubni ham sipehri purfan,
Berdi necha kun jahonda maskan.
Paymonayi umri chunki to‘ldi,
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |