Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
Davron anga dog‘i uzr qo‘ldi. 
Yusuf a. s. qissasi andin mashhurroqdurkim, ehtiyoj aning tafsilina bo‘lg‘ay, nevchunki g‘arobat 
va shirinligi uchun akobir ham nazm va ham nasr aning sharhi asbobin tuzubdurlar va bayonida sehrlar 
ko‘rguzubdurlar. Ul jumladin biri Firdavsiy Tusiy va yana biri hazrat maxdumi Mavlono Nuriddin 
Abdurahmon al-Jomiy navvarallohu marqadahukim, andoqkim Yusuf a. s.ning husni va jamoli 
ta’rifdin mustag‘niydur. Alarning dog‘i fazl va kamolig‘a vasf hojat emas. Yana xoja Mas’ud Iroqiy 
ham nazm qilibdur va balog‘atning dodin beribdur. Yana dog‘i azizlar mushg‘ulluq qilibdurlar. 
Bovujudi bular bu bebizoatki, ham iborat roqimdindur. Komi xotirg‘a bu orzuni kechururkim, 
inshoolloh umr omon bersa, turk tili bila-o‘q kofurchun varaq uzra xomani mushkin shamomani 
surgay. Va bu qissa nazmin ibtido qilib, intihosig‘a yetkurgay. 
Haq bu tavfiqni nasib etgay, 
Yo nasib ulcha tangridin yetgan. 
Bas, bu muxtasarg‘a qissani ijmol rasmi bila ado qilmoq ansabdur. 
Yusuf a. s. bani odam jinsining jamilrog‘idur. Bir kun o‘z yuzin ko‘zguda ko‘rub, andoqkn husn 
istig‘noyu g‘ururg‘a muqtazodur, ko‘ngliga kechtikim, oyo agar men qul bo‘lsam erdi, mening 
bahomni kim bera olg‘ay erdi. Chun bu xiyol dalolat bemisllikka qilur, ulkim «laysa kamislihi shay’un 
va huvas-sami’ul-basir»,
16
aning sha’nidadur. Haq taolo g‘ayrat ko‘rguzub, andoq qildikim, og‘olari 
Yusufni o‘n yeti qalb diramg‘a sottilar. Va muning kayfiyati bu erdikim, Yusuf a. s. tush ko‘rub 
erdikim, gunashu oy va o‘n bir kavkab anga sajda qildilar. Bu tushni Ya’qub a. s.g‘a ayttikim. 
«Vaizqola Yusufu liabihi yo abati inni raaytu ahada ashara kavkaban vash-shamsa valqamara 
raaytuhum li sojidina»
17
andin xabar berur. Ya’qub a. s. ayttikim, bu tushungni qardoshlaringdin 
yoshurkim, alardin senga osib tegmagaykim, bu tushning ta’biri budurkim, otayu ona va qardoshlaring 
senga muhtoj bo‘lg‘aylar. Chun taqdiri olihi Yusuf a. s.ning mehnatlarig‘a mutaalliq bo‘lub erdi, 
qardoshlari ul tushni va otalari ta’birin eshitib, mutag‘ayyir bo‘lub, Yusuf a. s. qasdig‘a bel bog‘ladilar. 
Va o‘zlarin Yusuf alayhis-salomg‘a mushfiq ko‘rguzub, Ya’qub a. s.din ani gashtka elturbiz deb 
yozig‘a borib, ani chohg‘a solib, ko‘nglokin qo‘y qonig‘a bulg‘ab, Yusufni bo‘ri yedi deb, qonlig‘ 
ko‘nglokin Ya’qub a. s. qoshig‘a kelturdilar. Va Ya’qub a. s.ni muhlik motamg‘a va o‘chmas o‘tqa 
soldilar. Va hamul uchurda ul choh boshinda bir karvon tushub, chohg‘a dalv solib, anda birov bor 
ekanin bilib, Yusuf a. s.ni chohdin chiqardilar. Va qardoshlari xabar topib, ul karvong‘a borib Yusuf a. 
s.ni bizing qulumizdur debkim qochib edi deb, ul qofilaning ulug‘i bilakim, oti Molik binni Zi’ar 
Xazoiy erdi, o‘n yeti yo yigirmi diramg‘a sottilar. Va Molik bu savdodin masrur erdikim, Misrda aning 
bahosidin sud mutasavvar erdi. Yusuf a. s.da za’f va shikastaliq ul martabada erdikim, Molikning ul 
so‘zin eshitib, o‘z-o‘zi bila aytur erdikim, bu musulmonkim mening bahomdin o‘zin xurram qilibdur
bu hol bilakim men-men iki oqchag‘a olg‘oylarkin ul olibdur. To ish anga yettikim, Misrda aning vazni 
bila yeti qotla mushk vazn qilib, Malik Rayonning xozinnkim, Misrning azizi erdi, Yusuf a. s.ni sotqun 
oldi. Va azizning Zulayxo otlig‘ xotuni bor erdi, Yusuf a. s.g‘a oshiq bo‘ldi. Har necha o‘zin zabt qilur 
erdikim, ani xadq ma’lum qilmag‘ay. Ammo betoqatlig‘ inon-ixtiyorin ilikdin chiqarur erdi, to ulki 
Yusuf a. s. g‘a ishqin izhor qilib, qalb visol qildi. Yusuf a. s. ul matlubin imtino’ qilib, Zulayxog‘a 
Tengri taolodin tasvif qildi va mavoiz va nasoyih izhor qildi. Va bu holatda Yusuf a. s. o‘n yeti yoshida 
erdi. Chun Zulayxo Yusuf a. s.ni ul ishdin bag‘oyat mujtanib ko‘rdi, vahmdinkim azizg‘a izhor qilg‘ay. 
Uzi aziz qoshida Yusuf a. s.din shikoyat qildikim, Yusuf manga izhori taalluq qilib, visol orzusi 
izhorin qildi. Aziz tafahhue qilg‘ondin so‘ngra ma’lum qildikim, Zulayxo o‘z qilg‘onin Yusuf a. s.g‘a 
tuhmat qilibdur. Bu ish Misr ahli orasida ishtihor topti. Va Misrning ashrofining zuafosi Zulayxog‘a 
ta’n tili uzottilarkim, falon kan’oni qulg‘a oshiq bo‘lub, o‘zin xalq tiliga solibdur. Zulayxo ul ishda 
muhiq erkanin sobit qilur uchun toin va tannozlarni ziyofat qilur uchun istid’o qilib, alar huzurida 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish