www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
dog‘i atboin yig‘ib, Tengri taolo hukmi bila Rasqa o‘tru yurudi. Ras cheriki bir o‘qkim Xantila sori
ottilar, haq taolo qudratidin ul o‘q yonib, otqan kishiga tegib, ani halok qildi. Chun ul botil sipoh halok
bo‘ldilar, Ras qochib, bir mis va ro‘ydin yasag‘on ko‘rg‘ong‘a kirdi, ammo foyda bermadi. «Valav
kuntum fi buruvjim mushayyadatin»
10
mazmuni bila Azroil ruhin qabz qildi va jahannam sori yibordi.
Sohibi guzida bu nav’ bitibdurkim, ammo Mavlono Mirxond «Ravzat us-safo»da Solih a. s. zikridin
so‘ngra Zulqarnayn Akbar qissasin bitib, mundoq bayon qilibdurkim, aksar ahli tarix Nuh a. s.din
so‘ngra va Ibrohim salavotur-rahmon alayhdin burun Hud bila Solih a. s.din so‘ngra o‘zga payg‘ambar
bo‘lmaydur debdurlar. Ammo saltanatdin ba’zining kalomi munga mash’ardurkim, bu mobaynida
Zulqarnayn Akbar nubuvvat martabasig‘a musharraf bo‘lubdur. Nevchunki, mujohid Abdullo binni
Umar raziyOllohu anhumodni naql qilibdurkim, Zulqarnaynning nubuvvatig‘a bir dalil budurkim,
tangri taolo o‘z kalomida «va qulno yo Zulqarnayn»
11
, deb anbiyo dasturi bila xitob qilib, ba’zi ya’juj
daf’i uchun sad bog‘labdur va ya’juj va ma’juj sifotida dog‘i mubolag‘alar ko‘rguzubdur. Bu faqir
qalamig‘a ul qobiliyat yo‘qdurkim, ahli tarix bitkondin tahrir qilg‘ay. Ul g‘aroyibqa ittilo’ tilagan kishi
mabsut tavorixda o‘qub, mahzuz bo‘lg‘ay. Va lekin Banokatiy tavorixida Nuh bila Ibrohim a. s.
orasida o‘n kishi bitibdurkim, saltanat qildilar. Va bu o‘n kishining zamoni iki ming yetmish sekiz yil
ortuq yo biror nima o‘ksukrak debdurlar. Va alarning asomiysi: Som binni Nuh, Arfaxshad binni
Sholih Sinni Folah binni Obir, Ar’avi binni Folah binni Solih binni Obir, Ar’ovi binni Folih binni
Solih, Argutoxur binni Sorug‘, Torax binni Mohava. Go‘yo o‘nunchi kishi Ibrohim a. s. dur. Derlarki,
Ibrohim binni Torax bitibdurkim, ko‘prak anbiyo va salotinni bular naslidin te’dod qilibdurkim,
sharhining tuli bor ham parishonlig‘i.
Tarix ahlining ixtilofi ko‘ptur,
«Shahnoma»ning ul nav’ki lofi ko‘ptur.
Ba’zi mutaassib el gazofi ko‘ptur,
Sen yozg‘ali ham nuktai vofi ko‘ptur.
Ibrohim salavotur-rahmon alayh ulul-azm bitibdurlar. Otas Ozar erdikim, ani Torax ham
bitibdurlar. Va bu Ozar Kufaning Kavsarmo otlig‘ kentidindur va Ibrohim a. s.ning valodati Samud
binni Kan’on binni Kush binni Oram binni Som binni Nuh zamonida erdi. Bu Namrud tarix ahlining
ittifoqi bila to‘rt kishikim olamda saltanat qildilar, biri uldur. Bu to‘rt kishidin ikisi payg‘ambardurlar.
Biri Zulqarnayn, biri Sulaymon a. s. Va yana ikisi kofirdurlar – biri Namrud, biri Buxtunnasr. Va ba’zi
bulardin o‘zgani ham debdurlar. Namrud zamonining kohin va munajjimlari anga arz qildilarkim, bu
yil bir nutfa rahmg‘a boradurkim, ul kishi mutavallid bo‘lsa, sening zavolingg‘a boisdur. Ul hukm
qildikim, hech kishi ul yil xotuni bila muboshirat qilmasun va borcha xaloyiqni zuafodin oyirib, har
o‘nni bir amin kishiga topshurdi. Va nujum ahli bir kunni ta’yin qildilarkim, ul kun ul muborak zot ota
pushtidin ona qornig‘a intiqol qilibdur. Namrud o‘zi Bobil shahridinkim poytaxt erdi, chiqib
buyurdikim, hsch kishi shahrda qolmasun, borcha xalq aning bila chiqg‘ondin so‘ngra, shahrda zuafo
dog‘i cho‘q -cho‘q matoflarg‘a sayrg‘a mashg‘ul bo‘ldi. Ozar Namrudg‘a mulozim erdi va shahrning
bir darvozasig‘a oni qo‘yub erdi, ittifoqo aning zavjasi bu darvozadin sayrg‘a ozim erdikim, Ozar
ko‘rub anga moyil bo‘ldi va xilvatqa kiyurub, aning bila jam’ bo‘ldi. Zaifa homila bo‘ldi, ammo
yoshurur erdilar. Ham Ozar va ham homila to haml vaz’ining vaqti yetti, Ozarg‘a jufti ayttikim, manga
bu ish suubat bila bo‘lg‘usidur. Ulug‘ butxonalarg‘a borib, alardin tazallum bila mening uchun duo
qilkim, jonim salomat qutulsun. Tifl mutavallid bo‘lg‘ach, senga xabar qilduroy. Va Namrud kohinlar
xabari bilakim, ul tifl bu yoqinda mutavallid bo‘lur deb erdilar, hukm qilib erdikim, har tifl mutavallid
bo‘lg‘och, o‘ltursunlar. Ba’zi yetmish ming, ba’zi yuz ming tiflni debdurlarkim, ul shumning hukmi
bila o‘lturdilar.
Chun Ibrohim a. s. mutavallid bo‘ldi, onasi ani yoshurub, Ozarg‘a xabar qildikim, tifl o‘luk tushti
va dafn qilduq. Va Ozardin yoshurun naqb ichinda anga parvarish berur erdi. Bir rivoyat ham borkim,
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |