www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
Va Somning ikinchi o‘g‘li Olimdurkim, Xuroson va Misol aning o‘g‘lonlaridurlar. Iroq Xuroson
o‘g‘lidur. Va Kirmon va Makron Misol o‘g‘lonlari. Va uchunchi o‘g‘li Asva-durkim, Ahvoz va Pahlu
aning o‘g‘lonlaridur. Va Fors Pahluning o‘g‘lidur. Va to‘rtinchi o‘g‘li Budazdurkim, Ozarbayjon va
Aron va Arman va Far’on aning o‘g‘lonlaridurlar. Va beshinchi o‘g‘li Ovadurkim, Od va Samud
qavmi aning naslidindurlar. Va oltinchi o‘g‘li Sag‘rdurkim, Shom va Rum aning o‘g‘lonlaridurlar.
Homni ham ba’zi payg‘ambar debdurlar. Ammo chun Nuh a. s. anga Hind mamolikin muqarrar
qilib, ul navohiyg‘a yubordi, Homning avlodi ul vasi’ mulkda yoyildilar. Va aning to‘quz o‘g‘li bor
erdi: Hind, Sind, Nuba, Kan’on, Kush, Qibt, Barbar, Rih, Habash. Va bu to‘quz kishining avlodi ko‘p
bo‘ldi va arolarida o‘n sekiz lug‘at paydo bo‘ldikim, biri yana birining lug‘atin yaxshi anglamaslar
erdi. Ba’zi debdurlarkim, bu jihatdin har lug‘at ahli bir mulkka mutafarriq bo‘ldilar. Ammo asli
budurkim, Hom avlodig‘a ul iqlimdag‘i mamolikni berib uzatti, anda alarning taba’i ko‘p bo‘ldi,
Alfozlari mutanavve’ bo‘lub, Buxtunnasr va Namrud ikalasin derlarkim, Homning Kush otlig‘ o‘g‘li
naslidindurlar. Bu tarixni mutolaa kilur maxodim arzig‘a yetkurulurkim, tavorixiki bitibdurlar, bu
mavzu’din parishonroq yer yo‘qtur. Asru ko‘p muxtalif aqvol bu yerda mazkurdurkim, bitmoki o‘hur
elga mujibi taraddud bo‘lur. Ul jihatdin ba’zi mu’tabar kutubdin ushmuncha so‘z bila ixtisor qi-lildi.
Hud a. s. Tarix ahli ba’zi debdurlarkim, Nuh zamonidan Ibrohim salavottulloh alayh
zamonig‘achakim ming iki yuz yil bo‘lg‘ay, Hud bila Solih a. s. din o‘zga payg‘ambari mab’us
bo‘lmadi. Va Hud a.s.ning nisbatin mundoq debdularkim, ul Abdulloh binni Ramoh binni Horis binni
Horut binni Avaz binni Eram binni Som binni Nuhning o‘g‘lidur. Va aksar kutubda ani Obir binni
Solih binni Arfahshod binni Som binni Nuh debdurlar. Oni Haq subhona va taolo Od qavmig‘a
yibordi. Va ul qavm bag‘oyat biyik bo‘ylug‘ va azim kuchluk xalq erdilar va alarning oyini
butparastlig‘ erdi. Ishlari ko‘p nima yemak va fisq erdi. Hud a. s. ellik yil alarni imong‘a da’vat qildi.
Alar g‘aflat va jabborlig‘din aning so‘zin eslamadilar, o‘z nohamvorlig‘laridin tajovuz qildilar, magar
qalilkim, iymon sharafig‘a musharraf bo‘lub, iymonlarin ul qavm vahmidin maxfiy tutarlar erdi. Hud a.
s. alar ishidin ojiz bo‘lub, balki navmid bo‘lg‘ondin so‘ngra, alar bobida yomon duo qildi. Va ul duo
mustajob bo‘ldi, Tengri taolo alarni qahat balosig‘a mubtalo qildi. Ul nav’kim yeti yil yog‘in
yog‘madi. Dog‘i rudxona va bulog‘lar qurudi. Ul chog‘da ma’hud bu erdikim, yomg‘ur yog‘masa,
Makka haramig‘a borib, qurbon qilib, haq taolodin yog‘in istid’o qilur erdilar. Luqmon binni Odni
necha kishi bila ul qavm yomg‘ur duosi uchun Makkaga yubordilar. Va Luqmon ham yoshurun iymon
kelturub erdi, ammo arolarida ba’zi kofir erdi. Alar duo qilg‘och, uch pora bulut paydo bo‘ldi: birining
rangi oq va birining rangi qizil, birining rangi qaro. Dog‘i osmondin un keldikim, Od qavmig‘a qoysi
bulut kerak? Luqmonning ul rafiqikim kofir erdi, bu tama’ bilakim, qaro bulut suvluq bo‘lur, qaro
bulutni qavmi uchun tiladi. Tengri taolo aning istid’osi bila murodin berdi. Va ul sarsari erdikim, ani
rihul aqim debdurlar, Od qavmig‘a yetti kecha va sekiz kun esti. Andoqkim, imoratlarin yiqti va
yig‘ochlarni qo‘ng‘ordi. Ul qavmkim o‘z kuchlarig‘a mag‘rur erdilar, xoshokdek sovurub, tog‘ va
toshg‘a urub, borisin halok qildi. Va bu hol shavvol oyida bardul-ajuz vaqtida erdi.
Hud a. s.ning umrida ixtilofdur. Ammo «Sohibi guzida» – kuffor daf’idin so‘ngra, ellik yil tirik
bo‘lubdur, yuz ellik yashag‘ondin so‘ngra, olamg‘a vido’ qildi. Ibriy til bila oni Obir debdurlar. Ibriy
Obirdin mushtaqdur. Arab Hud dedi. Ya’ni, Baniyul-lohdir. Mu’jizoti ko‘ptur. Ul jumladin biri Od
kavmining daf’i erdi.
R u b o i y:
Ul qavmi azim dedilar oni Od,
Sardorlari Shadid yoxud Shaddod.
Bir dam yelidin oqibat ul ahli inod,
Xoshok kabi borchasi bo‘ldi barbod.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |