www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
bo‘lmasun. O‘z gisularin kesib, anga berib, olg‘on vajhqa qut olib, Ayyub a. s. qoshig‘a yetmasdin
burun ul la’in Ayyub a. s. qoshig‘a Rahimaning sochin kelturub, nomunosib so‘zlar dedi. Rahima qut
keturgach, Ayyub a. s. aning sochin ko‘rmadi. Mashhurdurkim, ahd qildikim Rahimani yuz yig‘och
urg‘ay. Chun haq subhona va taolo Ayyubning baliyyatini nihoyatqa yetkurdi. Va ul hamul sabr va
shukr qilur erdi. Malakut olamig‘a sho‘r tushti va g‘avg‘o. Va maloika aning fazl va saburluqin e’tirof
qilib, o‘z so‘zlaridin nodim bo‘ldilar. Tengri taolo inoyat qilib anga sihat yiborib, Jabrail a. s. keldi va
ilikin tutub qo‘pordi. Va tamom qurtlar tanidin tushti. Va iki jonibidin iki bulog‘ paydo bo‘ldi va
Jabrail a. s.ning muborak jismini ul suvlarg‘a g‘usl berib, borcha jarohatlari butti. Va Rahimaning
pokligiga tanug‘lug‘ berib, mashhurdirkim, yuz supurgu yig‘ochni bir-biriga bog‘lab, Rahima
uchasig‘a urub, uhd-uhdasidii chiqti. Va Ayyub a. s.g‘a Tengri taolo zoye’ bo‘lg‘on amvolidin
ortug‘roq yana karomat qildi. Ba’zi debdurlarkim, avlodin ham turguzdi, ba’zi barondurkim, yana
avlod berdi va aning eviga ba’zi debdurlarkim, oltun chugurtka yog‘di. Va ba’zi aning manzilin
Shomdadur va ba’zi Xuroson viloyatida Roz Mashhadda debdurlar. Va muddati nubuvvatida uch kishi
anga iymon kelturdilar va baliyyatida murtad bo‘ldilar, sihotdin so‘ngra Rumg‘a bordi. Ho‘milki,
ulug‘roq o‘g‘li erdi, vasiy qilib, olamdin o‘tti. Umri bobida ixtilof ko‘p uchun bitilmadi.
Sh ye ‘ r:
Besabr ulus garchi jahondin ketti,
Ayyub sabur dog‘i ketmay netti.
Shu’ayb a. s. Ani xatibul-anbiyo debdurlar. Ibrohim yo Solih a. s. avlodidin ekanda ixtilof bor. Va
onasi Lut a. s. qizi erdi, oti Miko. Va haq taolo ani ashobi Madyan va ashobi Ayka hidoyatig‘a mab’us
qildi va ba’zi Madyan va Ayka ashobidin bir qavm debdurlar. Va alar kayl va vazn ishida qalblig‘ qilur
erdilar. Va tanga va pul soyir maskukotin nima qotib be ayor yasar erdilar. Va o‘g‘riliq va qaroqchiliq
qilur erdilar. Va Shu’ayb a. s. mulozimatig‘a kelur elning yo‘lin tutub, man’ va izo etarlar erdi. Va
millatlari butparastliq erdi. Shu’ayb a. s. alarni tuz yo‘lga dalolat qilib, Tengri taolo azobidin qo‘rqutur
erdi. Alar muqobalasida istihzo va safohat qplur erdilar. Chun bu muddat tatvil topti, ul qavm
jaholatlaridin Shu’ayb a. s. taxvifin yolg‘on xiyol qilib, tamasxur yuzidin azob va’dasig‘a taqozo
ko‘rguzdilar. Shu’ayb a. s. munojot qilib, «Rabbana fatx baynano va bayna qavmino bilhaqqi va
antaxayr-ul-fotihin»
22
takallumi bila tazarru’ qildi. Tengri taolo yeti kun havoning haroratin ul
martabada qildikim, ul qavm betoqat bo‘lub, ayol va atfollari bila shahrlaridin chiqib, besha va
daraxtistong‘a yuzlandilar. Va Ibni Abbos raziyallohu anhudin manquldurkim qazoi ilohi do‘zax
o‘tidin shu’la yiborib, borchasin o‘rtadi. Va tarix ahli ani ham samum yeliga isnod qilibdurlar. Har
taqdir bila Shu’ayb a. s. Ibrohim a. s. shariatig‘a da’vat qilur erdi va da’vati muddatida ming yetmish
kishi da’vatig‘a kirdilar va ul qavm halokidin so‘ngra, haq taolo amri bila hamul yerda sokin bo‘ldi, to
Muso a. s. anga qo‘shuldi. Va Muso a. s. ayrilg‘ondin so‘ngra, yeti yil va to‘rt oy hayotda erdi. Umri
ikki yuz yigirmaga yetkondin so‘ngra oxirat olamig‘a yuzlandi va Makkada ruknu va maqom orasida
madfundur. Va ashobi ras zikrikim o‘tti, ba’zi Shu’ayb a.s. zamonida debdurlar. Va Shu’ayb a. s.ni
suryonny tili bila Shirub debdurlar. Va mu’jizotidin biri ulkim, kuffor toshni mis qilmoq tiladilar,
aning duosi bila borcha toshlar mis bo‘ldi. Chun aqida qilmadilar, yana avval holiga bordi.
Sh ye ‘ r:
Shu’ayb ayladi chun jahondin xirom,
Zuhur etti Muso alayhis-salom.
Muso va Horun a. s. Muso a. s. ulul-azmdur va laqabi Kalimullohdur. Va Ya’qub a. s.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |