Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
ashrofidin birining qizin aning nikohiga kiyurdi. Va ul to‘yda muluk dasturi bila oyinlar bog‘latti. Va 
Muso a. s.g‘a iki farzand bo‘ldi. Va ul munosibat asli bila bani Isroilg‘a qibtilar zulm qilg‘anda rahm 
qilur erdi. Bir kun sayrda ko‘rdikim, bir bani isroiliyg‘a Qonun otlig‘ qibti zulm qilg‘onda shiddat bila 
izo qiladur. Ul nasihat yuzidin man’ qildi. Va ul mumtone’ bo‘lmadi va izoni ortturdi. Va chun ul 
beqondalig‘i haddin o‘tti, Muso a. s.ning g‘azabi o‘ti mushtail bo‘lub, ul qibtini urg‘och, yiqilib o‘ldi. 
Fir’avn eshitkoch, Muso a. s. qatlini ko‘ngliga jazm qilib, aning izhorig‘a hukm qildi. Hamul 
najjorkim, aning onasi ani suvg‘a solurda sanduq yo‘nub erdi, kufrdin yonib, din qabul qilib erdi, Muso 
a. s.g‘a ul holdin xabar berdi. Muso a. s.g‘a chun hanuz nubuvvat rutbasi yetmaydur erdi, vahmdin 
yayog‘ Misrdin qochib, yeti kecha-kunduz ko‘p riyozat bila yo‘l qat’ qilib, bir choh boshig‘a 
yetishtikim, Madoyin navohiysida erdi. 
Va anda bir daraxt soyasida sokin bo‘ldi. Bir lahzadin so‘ngra el gala qarosin ul choh boshig‘a 
suvorg‘ali kelturub, choh ustida yopqon toshni olib, qolin qo‘y va mavoshiyg‘a suv berdilar. Dog‘i 
chohg‘a toshni yopib, galalarin surub kettilar. Iki zaifa bir necha qo‘yni qiroqga asrab erdilar, el 
ketkondin so‘ngra, qo‘ylarin suvorub, el mavoshiysidin qolg‘on suvni o‘z qo‘ylarig‘a berdilar. Muso a. 
s. ul ishtin mutaajjib bo‘lub, ul zuaffoning kayfiyati holin so‘rub, alar dedilarkim, biz Shu’ayb 
payg‘ambar qizlaribiz. Kuffor qo‘ylarin suvorg‘ondin so‘ngra, ul galadin qolg‘on tufayli suvdurkim, 
biz ham suvlab borurbiz. Muso a. s. alarning qo‘ylarig‘a suv tortib serob qilib yibordi. 
Alar xushnud kelib Shu’aybqa ul holdin xabar berdilar. Shu’ayb a. s. Muso a. s.ni uyiga indab, 
hasab va nasabni ma’lum qilib, Safura otlig‘ qizin anga atadi. Shu shart bilakim, sekiz yil Muso a. s. 
Shu’ayb a. s.ning kutgan mi’od o‘tkach, Muso a. s.ni uylandurub, biror nima molidin berib, o‘n yildin 
so‘ngra odam Safiyulloh bihishtdin chiqarg‘on asoni anga berib, ani Misrg‘a uzotti. Va aso bobida so‘z 
ko‘ptur. Mabsut kutubdin bilsa bo‘lur. 
Chun Muso a. s. besh kun yurudi, Turi Sino tog‘iga yetishti. Oltinchi kechakim havo sovug‘ 
bo‘lub, bulut olamni tiyra qildi. Safurag‘a tug‘urur dardi paydo bo‘lub, o‘tqa ehtiyoj bo‘ldi va ul tog‘ 
sori mutavajjih bo‘ldikim, o‘t keturgay. Ko‘p yurgondin so‘ngra bir yoruglug‘ ko‘rundi, yetkoch, ul 
yorug‘lug‘ bir daraxtda erdi, Muso a. s. yetkoch, daraxtqa chiqti. Va ul yorug‘lug‘ qoshida quyosh nuri 
tiyra ko‘rundi, ammo yig‘ochni kuydurmay yafrog‘ va shoxlarin tozaroq qilib erdi. Muso a. s.g‘a 
hayrat g‘olib bo‘lub dedi: Yo rab, bu na hol erkin? «Inni analloh»
26
nidosi kelib, Muso a. s.ning 
davlatmand boshig‘a risolat toji qo‘yuldi va saodatmand egniga nubuvvat xil’ati kiyduruldi va yadi 
bayzo va aso mo‘‘jizasi karomat bo‘ldi. Va orada o‘tkon mukolama «Toho» surasida ma’lum. Va 
Muso a. s. o‘z ubudiyyati ajzin zohir qilib, Horun a. s.g‘a ham nubuvvat davlati nasib bo‘lub, Fir’avn 
hidoyatig‘a va bani Isroil istixlosig‘a ma’mur bo‘ldi. Muso a. s. vodiyi muqaddasdin masrur yonib, 
manzilga kelib, tonglasi Misr azimati qilib, yotkon kecha onasi uyiga borib, onasi va xalqini o‘z 
dinig‘a kiyurub, Horun a. s.g‘a nubuvvat bashorati berib, tonglasi Fir’avi qasriga yuzlandi. Va anga 
nubuvvat farridin elga mahobat dast berib, Fir’avn bila muloqot qilib, ani Tengri taolo ubudiyyatig‘a 
dalolat qildi. Va o‘z nubuvvatin izhor qilib, o‘z dinig‘a yo‘l ko‘rguzdi. Fir’avn mo‘‘jiza tiladi ersa, 
Muso a. s. asoni ilkidan solg‘och, ajdahoe bo‘ldikim, haybatidin necha kishi halok bo‘ldi. Fir’avn 
vahmdin behush bo‘lub, o‘z holig‘a keldi. So‘ngra, iltimos qilib, Muso a. s. asoni olg‘och, hamul aso 
bo‘ldi. Va asoni olurda yadi bayzo ko‘rguzdi. Fir’avn dedi: «Sen sohirsen, mening ham sohirlarim bor. 
Agar alarg‘a g‘olib kelsang, sen degondek qilay, yo‘q ersa, seni halok etay». Sohirlarin yig‘ib, holni 
alarg‘a aytti. Alar qabul qildilarkim, necha kundin so‘ngra biz sehrlar qilolikim, Muso a. s. ning sehrin 
botil qilg‘ay. 
Mi’dod kuni alar ip va yig‘ochlar bila yilonlar yasab erdilar, ul dashtqa qo‘yg‘och, mutaharrik 
bo‘lub, Muso a. s. asoni tashlag‘och, ajdaho bo‘lub, ul sehrlarni yutti. Va Muso a. s. tutqonda hamul 
aso bo‘lub, ul: sahara bu holni ko‘rgoch, Muso a. s.g‘a iymon keturdilar va bani Isroil masrur bo‘ldilar. 
Osiya dag‘i Fir’avn musohabati kuduratda batang bo‘ldi, haq taolog‘a munojat qildikim, «Rabbibni 
li indaka baytan fil jannati va najjini min Fir’avna va amalihi va najjini minal qavmizzolimin»
27
. Haq 
taolo duosin mustajob qildi va Fir’avn bani Isroilning sururin ko‘rub, soyir qibtilarg‘a buyurdikim, 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish