www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
Muso a. s. hazratida ul gustoxliqdin istig‘for qildilar va ul afv qildi. Ammo Maryam yuziga baras illati
zohir bo‘lub, ul ham Muso a. s. duosi bila daf’ bo‘ldi. Yana Qorun qissasidur. Ul bani Isroilda ilmu
fazlda munfarid erdi. Va g‘oyat husn va jamolidin ani munavvar derlar erdi. Va Muso a. s.ning yaqin
qarobatidur. Va Muso a. s. aning tarbiyatida mubolag‘a qilur erdi. Va ulumi g‘ariba va fununi
ajibakim, fayzn ilohidin muborak zamirig‘a munaqqash erdi. Aning fahmi yetkoncha ne anga ta’lim
qilur erdi, bu jumladin, kimyo ilmidurkim, Qorun o‘rgonib anga ishtig‘ol ko‘rguzdi. Va aning molu
tajammuli ul yerga yettikim, xazoyinu kunuzlarining kalidlarin qirq xachir ko‘tarur erdi. Aksar bani
Isroil anga munqod bo‘ldilar.
Muso a. s. anga amr qildikim, mingdin bir zakot Tengri taolo hukmi bila bergil. Ul betavfiq ibo
qildi, bu Baytul-muqaddas va sanduqi shahodat ixtiyoriki Horun a. s.g‘a taalluq erdi, istid’o qildi.
Muso a. s. anttikim, ul ishlar haq taolo amri bila anga qaror tutubdur. Andoqki, muncha zohir asbobi
sanga mutaalliq bo‘lubdur. Qorun Muso a. s.g‘a ihonat va istehzo qilib, bir zaifag‘a ko‘p mol berib
buyurdikim,, Muso xaloyiqqa va’z va nasihat qilurda, ul zaifa qo‘pub, Muso a. s.g‘a o‘zi bila tuhmat
qilg‘ay va tavriya hukmi bila Muso a. s.ni bani Isroilg‘a buyurub siyosat qildurg‘ay. Ul vaqtni asrab, ul
xotun qo‘pub, bu so‘zni ayturda Tengri taolo tiliga rost so‘zlar soldikim, Qorun anga buyurtubdur. Va
so‘zi tugagondin so‘ng, iymon arz qilib Muso a. s.g‘a uzr quldi. Muso a. s.g‘a Qorun ishida g‘azab
mustavliy bo‘lub, munojot qilib, Jabrail a. s. kelib, hukm kelturdikim, biz yerni saning farmoningda
qilduq, Horun har nega shoyista bo‘lsa qil. Muso a. s. xushhol bo‘lub qavmg‘a buyurdikim, Tengri
taolo meni Qorung‘a muzaffar qildi. Har kim aning tobe’idur, anga qo‘shulsun, maning tobe’im manga
qotilsun.
Qavm mutavahhim bo‘lub, Muso a. s.ga qo‘shuldilar.. Muso a. s. yerga ayttiki, «Yo arzi xuzihi»
32
.
Yer Qorunni oshug‘ig‘acha o‘ziga tortti. Horun dedikim, ey Muso yana sehr og‘oz qilding. Muso a. s.
aytti: «Yo arzi xuzyhi». Tizig‘acha yerga botti. Qorun mutaiahhim bo‘lub», uzr og‘oz qildi. Muso a. s.
g‘a maqbul tushman yerga amr aytar erdi va yer ani quyiroq tortar erdi, to tamom yerga kirdi va gum
bo‘ldi. Xitob keldiki, yo Muso, Qorun sendin yetmish qotla iymon tiladi va topmadi. Bir qotla bizdin
tilasa erdi, qabul qilur erduk. Muso a. s. dedikim, men dog‘i ko‘z tutar erdimkim, sandin iymon tilagay.
Taqdiring yo‘q erdi, tilamadi. Andin so‘ngra qavm arozil va botilga gumon bo‘ldikim, Muso a. s.
Qorunning moli tama’ig‘a ani halok qildi. Muso a. s. duo qildikim, aning yig‘ilg‘oni majmu’i yerga
kirdikim, hech nima qolmadi. Va Muso a. s. g‘a amri ilohi nozil bo‘lub erdikim, Shom diyoriga
a’moliqa va jabborlar daf’in qilg‘an. Va ul toifa bag‘oyat zaxim va jasim el erdilar. Avj binni Unuqki
mashhurdurkim, boshi bulutqa surtulur erdi, ul qavmdin erdi. Muso a. s. o‘n iki naqibnikim, qavmning
sardori qilib erdi, yibordikim, Shomga borib, ul qavm ahvolining kayfiyatin bilib, xabar kelturgaylar.
O‘zi qavm bila alar so‘ngicha tebradi. Alar Shomg‘a yetib ittifoqo Avj binni Unuqqa yo‘luqtilar va Avj
alarni tutub, ba’zi debdurlarkim, etokiga solib, ba’zi debdurlarkim ovuchig‘a olib, podshoh qoshig‘a
elttikim, bu toifa keladur ermishki, mulkni bizdin olg‘aylar. Tamasxur qilib, ul jamoatni qo‘ydilar.
Qoytib shart qildilarkim, ko‘rgonlarin Muso a. s.din o‘zga kishiga demagaylar, qavm eshitsalar,
tavahhum g‘olib bo‘lub, munhazam bo‘lmag‘aylar. Ammo qavmg‘a yetkondin so‘ngra Yuvsha’ binni
Nung‘a Qolab binni Yufnodin o‘zga o‘n rafiq yurub, qavmg‘a ayttilar: Muso a. s. Shom azimatin
musammam qilib, bani Isroil dedilarkim, bizga a’moliqa bila urushur quvvat yo‘qtur, urushg‘a
bormasbiz. Ey Muso, agar Shom mulki hukumatin tilarsen, «Izhab anta va rabbuka faqotilo»
33
. Muso
a. s. qavmidin ranja bo‘lub, sajda qilib ayttikim, «Rabbi inni lo amliku illo nafsi va axi, fafruq baynano
va baynal qavmil fosiqin»
34
. Va Yuvsha’ va Kolut yig‘lab, qavmni yomon duo qildilar. Hamul zamon
xitob keldikim, Ey Muso, necha bu qavm bizing voziha oyot va loyiha bayyinotimizni ko‘rub,
tamarrud va isyon qilg‘aylar. Chun bularni fosiq deding, jazolarin beroli. Bu vai’ddin so‘ng, ul o‘n
kishikim, ahdlarin sindurub erdilar, jasadlari erib oqti! Va qavm qolib, Muso va Horun va Yuvsha’ va
Kolut a. s. Shomg‘a azimat qildilar. Va bani Isroil Misrg‘a yondilar. Va ul kun tongidin oqshomg‘acha
yo‘l yurub, oqshom manzilg‘a tushgondin so‘ngra ko‘rdilarkim, hamul ko‘chgon manzil erdi. Hayrat
bila tonglasi ko‘chub, yana bu holni ko‘rdilar. Bildilarkim, ul af’ollari jihatidin Tengri taolo alarni bu
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |