www.ziyouz.com
kutubxonasi
401
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: «U (ya’ni Xusrav) bechora Farhod turgan yerdan tortib
sarvqomat Shirin joylashgan yergacha bo‘lgan masofaning hammasiga pistirmalar yasatdi va bu
pistirmalarga ashaddaiy yovlarni joylashtirdi. Ular har bir o‘tgan-ketgan odamni tergab, ularning
ishlarini tekshirib turishlarn kerak edi» (Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon, 119-bet).
4. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: tasodifan, o‘sha 2–3 kun orasida Shopur Farhodni ko‘rishga
yo‘l topib, parivash (ya’ni Shirin)dan yana bir noma olib, sabodek yelib borarkan, o‘sha (Xusrav)
odamlari o‘z istaganlarini tutdilar. Tintuv qilganlarida yonidan xat chiqdi.
XLVIII
Bob sarlavhasida makkora kampir Farhod boshiga ajaldek yetishib, uning hayotiga qasd qilgani
bayon etiladi.
1. Baytning mazmuni: qaddi ikki bukilgan (bu) qari kampirning hiyla-nayrangi falaknikiga o‘xshar
edi.
2. Baytning mazmuni: osmon makkorasi uni xola, Dallatul muhtola esa uni ona deb atar edn. Bu
yerda shoir afsonalarda o‘z ayyorligi, makr va hiylalari bilan nom chiqargan ayol nomini keltirish bilan
talmeh san’atini ishlatadi.
3. Baytnnng mazmuni: (makkora kampir) o‘zining fol ochadigan no‘xat donalaridan birma-bir
hukmlar chiqara boshlasa, el uning hukmlariga zarracha (aynan: arpa donasicha) shak keltirmay
(ishonardi).
4. Bu va keyingi baytning mazmunn: (makkora kampirning) yuz pardasi haromzodalik, qalloblik
ipidan to‘qilgan, libosi har xil rangli lattalardan quroq qilib tikilgan (ya’ni quralgan) edi. Go‘yo
Maryam haramda maqsadiga erisha olmay Tur tog‘iga orom olish uchun kelgan, desang bo‘ladi.
Shoir bu yerda diniy rivoyatlardagi Iso payg‘ambarning Maryamdan dunyoga kelishi bilan bog‘liq
hikoyaga ishora qilmoqda. Buning uchun u talmeh san’atini qo‘llaydi. Ayni choqda makkora kampir
Maryamga, Farhod turgan tog‘ esa Arabistondagi muqaddas Tur tog‘iga o‘xshatiladi.
5. Baytning mazmuni: sen dunyo odamlari bilan noittifoq ekansan, bunda haqlisan, xudo haqqi,
haqlisan.
6. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: nikoh amri oshkoro bo‘lgach, [Shirinning tinimsiz
afg‘onlari ko‘kka yetdi. U o‘ziga o‘lim tig‘ini urib, bu g‘ussadan o‘zini o‘ldirdi. Ba’zilar: u Parvez
uning bolidan bebahra bo‘lsin deb zahar ichgan, – dedilar.
7. Fartut – ayvan: juda qarib qolgan. Bu yerda makkora kampir ko‘zda tutiladi.
XLIX
Bob sarlavhasida Farhodning qoya tosh uchi bilan ko‘ksini yorib, yillar mobaynida ko‘nglida
tig‘izlanib yotgan g‘am-anduhlarini chiqarib tashlagani va jononi yodi bilan jonidan kechgani bayon
etiladi.
1. Shu baytdan boshlab shoir nido san’atini qo‘llab Farhodnnng charxga, g‘am tig‘i, anduh toshi,
ajal, qiynoq, azob, hijron g‘ami, tog‘, metin, hayvonlar va h. k.larga murojaat etib nolalar
bilan vasiyat qilganini juda ta’sirli misralarda tasvirlaydi.
2. Bu yerda Farhod uchun yurtida yil fasllariga monand qilib bunyod etilgan to‘rt bog‘ va to‘rt qasr
yodga olinadi.
3. Sayfiy ravza – yoz fasli uchun yaratilgan bog‘ (ichida qasri bilan).
4. Xazoniy ravza – kuzlik bog‘ (qasri bilan).
5. Shitoyi ravza – qishlik bog‘ (qasri bilan).
6. Baytning mazmuni: yirtqich hayvonlar u holin (ya’ni Farhodning o‘limini) ko‘rib, Farhodni
o‘ldirganni (ya’ni makkora kampirni) burda-burda qilib yubordilar.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |