www.ziyouz.com
kutubxonasi
402
L
Bu bob sarlavhasida dahrning vafosizligi sababli Xusrav va Mehinbonunnng yarashganlari,
qo‘rg‘on ichida, qamalda yotganlarning tarqalib ketganlari, Farhod o‘limidan o‘lar holga yetgan
Shirinni Armaniyaning bahavo tog‘iga yuborganlari bayon etiladi.
1. Baytning maznuni: tabaqalarga (biri ikkinchisi ustida joylashgan yetti iqlim ko‘zda tutiladi)
bo‘lingan osmon ajoyib qushdirki, uning ishi kabutardek muallaq uchmoqdir.
Shoir keyingi baytlarda o‘zining yaratuvchi haqidagi juda dadil fikrlarni bnldiradi. Olamni
kabutarga, yaratuvchini kabutarboz sayyodga nisbat berib, uni jallod deb ataydi.
2. Bu va keyingi baytlarda Navoiy bir notavon va bexonumon kishi Farhodni ko‘rnsh va uni
xizmatida bo‘lish uchun kelib yetganini, bu payt Farhod jon berayotib, nolalar qilganini, o‘zini bir tosh
orasiga olib eshitganini bayon etadi. U shaxs Farhod qabrinm ko‘tarib, u yerda mujovir (mozorda
yashovchi) bo‘ladi va xalq orasida ko‘rganlarinn hikoya qilib yuradi. Bundan Shirin ham xabar topadi.
3. Bayt mazmuni: (agar Parvez qamaldagi xalqni ozod qilmasa), ularning toqati toq bo‘lib,
Bonudan yuz o‘giradilar (aynan: Bonu bilan oq bo‘ladilar). Shoir bu yerda xalq orasida keng tarqalgan
«Oq bo‘lmoq» iborasini qo‘llaydi.
4. Bu baytda shoir Mehinbonuning tadbirkorlik bilan Xusrav yuborgan odamlarga muomalasini
bayon etib, u yuborgan maktubni o‘pib, sudo’ afsuni, ya’ni bosh og‘rig‘ini daf etish uchun yozilg‘an
tumordek boshimg‘a qo‘ydim, deydi.
5. Bu ikki bayt Navoiy istioralariga yorqin misoldir: Farhod o‘limidan keyin xastahol Shirinni tog‘
tepasida Farhod qurgan qasrga yuboradilar. Shoir ikki baytda mohirlik bilan 8 marta istiora san’atini
qo‘llaydi: falak – tog‘ni, oy – Shirin, chaman – bog‘, gul – Shirin, Quyosh – Shirin, jonfido ayvon –
qasr, pari – Shirin, chashmai hayvon – Farhod qazgan ariqni anglatadi.
LI
Bob sarlavhasi Shirinning safar vaqtida unga Sheruyaning ko‘zi tushib qolishligi va Xusravni
o‘ldirib, Shirinni o‘ziga so‘ratishi, Shirin esa uni muloyim so‘zlar bilan yupatib, toqqa ravona bo‘lishi
va Farhodning so‘ngaklarini shu yerga keltirib, ularni quchoqlab jon berishini bayon etadi.
1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki
davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm o‘tkazsa, albatta unga jazo yetishadi.
Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urug‘ini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi.
2. Baytning mazmuni: unnng (ya’ni Farhodning) hajrida men (ya’ni Shirin) bemormen, bedilmen.
Bamisoli chala so‘yilgan bir qushdirmen.
3. Baytning mazmuni: ular (ya’ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki,
feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya’ni kech tushib qoldi).
4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qo‘shib (Shopurni) o‘z
maqsadiga ko‘ra yo‘lga soldi, ularga ko‘plab, xush isli tutatqi, olovda xo‘shbo‘y chiqaradigan yog‘och,
mushku atrlar berdi. Ular tog‘ ichidan ko‘hkan, ya’ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga solib
keltirishlari lozim.
5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) ko‘rsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni
havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qo‘ydi, o‘z sevgilisi bilan hamog‘ush bo‘ldi. Shunda
dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, ko‘zi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu ediki, unga
hech kim qonmagan, qiyomatgacha uyg‘onmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora (sarvi cholok –
Shirin, bedil – Farhod) va ruju’ (uyqu – ne uyqu...) san’atlarini qo‘llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |