Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
398
zanjirband etilishi, Buzurg Ummid Farhodni hushiga keltirishi, Xusrav savollariga Farhodning 
javoblari, o‘tkbr so‘zlari tufayli uning omon qolishi xabar qilinadi. 
1. Xalil – lug‘ ma’nosi: do‘st, muhib, yor, Ibrohim payg‘ambarning laqabi. Bu yerda shoir 
payg‘ambarning o‘tdan gul undirnshini ta’riflamoqda. 
2. Lavhashalloh – arabcha: agar Oollohdan qo‘rqsa, ma’nosida. 
3. Shoir bu baytda istiora san’atini qo‘llab, Shirinni parirux deb atamoqda. 
4. Bu baytdagi siyosat so‘zi “jazo” ma’nosida ishlatilgan. 
5. Salosil – «silsila»ning ko‘pligi; zanjirlar, tizmalar. Bu yerda tog‘ ustidagi qo‘rg‘onning nomi. 
XLII 
Bu bob sarlavhasida Farhodni Salosil qo‘rg‘oniga qamab qo‘yilishi, u yerda qattiq qiyinchiliklar 
tortishi bayon etiladi. 
1. Salosil qo‘rg‘onida Farhodni qo‘riqlab turganlar unga banddan ozod etish, Xusravdan qanday 
jazo yetishsa shunga rozi ekanliklarini bildirishganida Farhod bu va keyingn 2 baytda ularga javob 
qaytarib: vafo ahli –haqiqiy oshiq bunday qilmaydi, deydi. «Farhod... shunday og‘ir vaziyatda ham aql 
bilan ish ko‘rib olijanoblik qiladi, o‘zi tufayli boshqalarni baloga solishni istamaydi, bunday 
ozodlikdan voz kechadi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi. 100-bet). «O‘z baxti deb ularni 
o‘tga tashlamaydi. Odamiylikka odamiylik bilan javob beradi» (Erkinov S. Navoiy «Farhod va 
Shirin»i va uning qiyosiy tahlili, 121-bet). 
2. Bu va keyingi baytda Navoiy tashbih san’atnni ishlatib, Farhodning hayvonlar, qushlar bilan 
do‘stlashib ketganini Sulaymon payg‘ambarga o‘xshatadi. 
3. Yusuf – shoir bu yerda Farhodning bo‘riga o‘z alamlarini aytib dardlashishini tasvirlar zkan, 
bo‘ri haqida so‘zlab Yusufi Kan’onni yodga oladi. Rivoyatga ko‘ra, Yusufnnng og‘alari uni chohga 
tashlab, ko‘ylagini qonga belab, Yusufni bo‘ri yedi, – deb otalariga eltadilar. Navoiy bu yerda ihom 
san’atidan foydalanadi. Zeroki, yuqoridagi mazmun asosiy maqsad esa-da, baytda birinchi idrok 
etiladigan ma’no Farhodning Yusufdek go‘zal chiroyi bor Shirinni yodlashidir. 
4. Navoiyning bu baytdan boshlanadigan nido san’ati asosida Farhod qalbi hayajonlari va ruhiy 
iztiroblarini ifoda etuvchi uning subhga, quyoshga murojaati nihoyat yuksak darajada bo‘lib, ideal 
oshiqning ta’sirli va samimiy ichki tuyg‘ularidir. Bunday xususiyatlar Navoiy ijodiy metodining, 
asosan, romantik xarakterda ekanligini ko‘rsatadi, uning ijodini jahon adabiyotidagi eng buyuk 
romantiklar ijodi bilan tutashtiradi (Hayitmetov A. Navoiy ijodi metodi masalalari. 107-bet). 
XLIII 
Bob sarlavhasida Farhodning qora kunga qolganligi, hajr shomida qiynalganligi bayon etiladi. 
1. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’ati asosida Farhodning ayanchli ahvolini, chekayotgan 
azoblarini tasvirlab, uni g‘am-anduh dengizining nahangi, balo va dard tog‘ining yo‘lbarsi, junun 
vodiysining Majnuni, Majnunigina emas, bu vodiyning dev-shamoli – quyuni deb ataydi. 
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: har kuni agar kishi ming baloni tortsa ham, u balolar tun balosidek 
qattiq tuyilmaydi. Unga (ya’ni Farhodga) bu hajr kunlarida har bir shom qorong‘uligi mashaqqat 
zulfidan (sirtmoq) tashlar edi. 
3. Muazzin xalqi – azon aytuvchi (so‘fi)ning bo‘g‘zi demakdir. 
4. Baytning mazmuni: bu isitma orasnda u (ya’ni Farhod) o‘z labidagi uchuqdan bahra olar, uchuq 
zardobidan og‘ziga har damda zahar tomib turar edi. 
5. Shu baytdan boshlab, Farhrd zolim falakka xitob qilib, taqdirdan noliydi. Bu o‘rinda «sipehr» 
faqat ilohiy ma’nodagi «taqdir», «falak» tushunchasini emas, balki undan keng ma’noni, jamiyat va 
mavjud muhit tushunchalarini, undagi zulmni tug‘diruvchi tartib va qoidalarni ham anglatadi 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish