XLVII
Bob sarlavhasida Farhod ko‘nglidagi jarohatlar Shirin maktubidagi hayotbaxsh so‘zlardan tuzala
boshlagani, Shirin barri haroratlari ham Farhod xati mazmunidan taskin topgani, bular orasidagi
muhabbat zanjirini Shopur harakatga keltirayotgani, Xusrav bilib qolib uni azob zanjiriga solgani va
Farhodni qatl etish uchun chora-tadbir qidirgann bayon etiladi.
1. Masih – Iso payg‘ambarning laqabi. Diniy afsonalarda Isoning o‘z nafasi bilan o‘lganlarni
tiriltirish, jon bag‘ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, deyiladi. Sharq she’riyatida sevgilini va uning
lablarini jonbaxshlikda Masih, Masiho (Iso)ga o‘xshatiladi. Bu yerda Navoiy Shirin maktubida bitilgan
so‘zlar hayotbaxshligini Masih nafasiga tashbih qilmoqda.
2. Maryam – diniy afsonalarga ko‘ra, Iso payg‘ambarning onasi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |