www.ziyouz.com
kutubxonasi
404
kelib chiqqan ekan.
8. Zahhok – qadimgi afsonalarga ko‘ra, Jamshiddan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘ta zulmkor podshoh.
Uning ikki yelkasida ikkita maraz (illat, yara; boshqa rivoyatda ikki ilon) bo‘lib, uning og‘rig‘iga
odamzod mag‘zi (miyasi)dan bo‘lak narsa taskin bera olmas ekan. Shu sababli har kuni ikki
gunohkorni o‘ldirib, mag‘zini unga berar, agar gunohli odam topilmasa, jurba tashlab xalq orasidan
ikki kishini qatl qilar ekanlar. Bir kuni jurba isfahonlik ohangar – temirchi Kova o‘g‘illaridan biriga
tushib qatl qilinadi. So‘ngra yana bir o‘g‘liga tushadi. Darg‘azab Kova odamlarni yig‘ib, Zahhokka
qarshi isyon ko‘taradi. Ular temirchilar saxtiyoni – partug‘ini bayroq qilib, Zahhok ustiga otlanadilar.
Kovaga Jamshidning nabirasi (boshqa rivoyatda Tahmuras naslidan Obitin o‘g‘li) Faridun kelib
qo‘shiladi va Zahhokni o‘ldiradi.
9. Bu va keyingi baytning mazmuni: nima foydali, nima zararli ekanligini hikmat ajratib
berishligini aniq anglaganingdan keyin, foydalilari bilan shug‘ullan. Lekin hamma ishda ham o‘rtani
tutishga mayl qil.
10. Bu baytda shoir irsoli masal san’atini qo‘llaydi: u yuqoridagi baytdagi o‘z muddaosi – mizoj
mayl ko‘rsatgan narsaga ortiqcha ruju’ qilmaslik lozim, degan fikrni tasdiqlash uchun «yaxshining
ko‘pidan yomonning ozi yaxshi» maqolini keltiradi.
LIV
Bob sarlavhasida shoir bu dostonni tugallash, undagi voqea – hodisalarni oxiriga yetkazishga
g‘ayrat ko‘rsatganini bayon etadi.
1. «Lo» – arabcha; yo‘q, emas, degan ma’noni, inkorni anglatadi. «da’» – arabcha: tashla, yo‘q qil,
demakdir.
2. «Alqamdu lillohillazi vaffaqani min iftitohiha ilo ixtitomihi va sallalohu alayhi va olihi va
ashobi kiramiht – arabcha: meni boshlab tugatishimga muvaffaq qilgan Ollohga maqtovlar bo‘lsin,
Muhammadga, uning ehtiromli yaqinlari, sirdoshlariga Olloh rahmati bo‘lsin, demakdir.
3. Kumayt – qora to‘riq (ot), bu yerda shoirning qalami ko‘zda tutiladi. Navoiy bu o‘rinda istiora
san’atini ishlatadi.
5. Birjis – q. Mushtariy sayyorasi.
6. Taylason – rido (darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi).
7. Nohid – q. Zuhro yulduzi.
8. Bu fasl avvalidan shu baytga qadar Navoiy o‘zining qanday qiyin va sharafli ishni bajarganini
(ya’ni yangi dostonni yozib tutallaganini) badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi. Keyingi baytlarda esa
shoir uni tushunib yetmagan, binobarin, qadrlay olmagan «ko‘ri modarzod» (ya’ni «tug‘ma ko‘rlar»,
«boyqush», «ko‘rshapalak», «daniylar» (ya’ni pastkash odamlar), «qora qo‘ng‘iz» (gul isidan halok
bo‘ladigan) kabilardan noliydi.
9. Baytning mazmuni: lekin har kim, agar nozikfahm bo‘lsa, bu ikkovining (ya’ni yuqoridagi
baytlarda tasvirlangan qora qo‘ng‘iz va bulbulning xushbo‘y guldan ta’sirlanishda qaysi biri haq
ekanini bilib oladi. Shoir bu yerda badiiy adabiyotning nozikligi, uning jonbaxshligiga ishora qiladi.
10. Bu va keyingi ikki baytda Navoiy faxriya usulidan foydalanib o‘zining qanday shoir ekanligini
ta’riflaydi. Bu o‘rinda go‘zal istiora, tashbih va ifodali ruju’ san’atlarini qo‘llaydi.
11. Baytda shoir litota san’atini qo‘llab, o‘zini tufroq deb ataydi, tufroq bo‘lganidayam elning
oyoqlarn ostida yanchilib (baytdagi «ko‘p topmoq» – yanchilmoq, ezilmoq ma’nosida ishlatilgan)
ketgan, quyun kabi ahvoli to‘s-to‘polon tufroq, deb yozadi.
12. Baytning mazmuni: yel to‘dasidek bir dam jahonni kezdiradi, (yana bir dam) bug‘ bo‘lagidek
osmonni aylantiradi. Bu yerda shoir o‘zi haqida so‘zlab, yuqorida aytilganidek o‘zini tuproq bilan
tenglashtiradi va hodisalarning qattiq esgan sovuq shamoli tuproqni ne ko‘ylarga solishini tasvirlaydi.
13. O‘turmay – bu yerda o‘tkarmay ma’nosida ishlatilgan.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |