Alisher Navoiy.
Farhod va Shirin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
403
Bob sarlavhasida Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni eshitib Mehinbonu ham hayotdan
ko‘z yumgani, Chin mulkidan kelgan Bahrom Sheruyaning mollarini ziyon-zaxmat ko‘rganlarga
bergani va Armanga odil podshoh tayin qilib, o‘zi barcha lashkarlarni qaytarib,
saltanatdan yuz
o‘girgani bayon etiladi.
1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning do‘sti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u
osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik ko‘rsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Cho‘bindek bo‘lib
qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy so‘z o‘yini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron podshohlaridan
Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Cho‘binga ishora qiladi.
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha bo‘lgani
uchun ham uning
tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma’lum bo‘lgan gaplarni xonga
shunday arz qildi.
3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini bayon
etadi. Nido san’ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog g‘oyat samimiy, ta’sirli va xalqona chiqqan.
4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi o‘rnida ishlatilgan: «ayla dinglo” degani aylading-ku ma’nosini
anglatadi.
LIII
Bob sarlavhasidan uni Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo madxi va unga
Navoiy bir necha nasihatlar bag‘ishlagani anglashiladi.
1. Favoris – «foris»ning ko‘pligi; suvoriy, sher, demakdir.
2. Abul Favoris – Shoh G‘arib Mirzo (Husayn Boyqaroning o‘g‘li)ning laqabi. Xallada davlatuhu –
(arabcha duo), «xudo davlatnni abadiy qilsin», demakdir. Bu ibora shohlar,
shahzodalarning ismidan
keyin aytiladi yoki yoziladi.
3. Temurxon – Amir Temur, Temurlang (13369.4, Shahrisabz – 1405. O‘tror sh.) – O‘rta Osiyoda
yirik feodal davlat arbobi, sarkarda. Temurning o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘i mayib bo‘lgan, oqsoqlangan.
Shuning uchun uni Temurlang (oqsoq Temur) deyishgan. Qabri Samarqandda Guri Mir maqbarasida.
4. Ulug‘bek (laqabi, asl nomi Muhammad Tarag‘ay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. –
Samarqandlik buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi.
Temurning nabirasi, otasi
Shohruh davrida 17 yashar Ulug‘bek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning to‘la hukmdori
qilib tayinlanadi. Keyinchalik (1414) uning davlatiga Xorazm ham qo‘shildi. 1447 y. Shohruh
vafotidan keyin Ulug‘bek Shohruh tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni birlashtirib,
kuchli
davlat tuzmoqchi bo‘ldi. Lekin reaktsion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. 1449 yili Ulug‘bek
siyosatidan norozi o‘g‘li Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Samarqand yaqinidagi
qishloqda qatl etildi. Samarqandda dafn qilingan (Guri Mirda), Ulug‘bek davrida, ayniqsa,
Samarqandda hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulug‘bek musiqa
ilmi va adabiyot bilan ham shug‘ullangan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» nomli tazkirasida
Ulug‘bek faoliyatiga yuksak baho beradi va uning she’rlaridan namuna keltiradi.
5. «Zichi Ko‘ragoniy» – Ulug‘bekning o‘z rasadxonasida olib borgan
astronomiyaga oid
kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallardan iborat asari. Uning maxsus nazariy qismi – muqaddimasi
juda ko‘p tillarga tarjima qilingan.
6. Ilm ul-yaqin – har narsaning mohiyat va kayfiyatini bilish, ochish.
7. Tahmuras – miloddan avvalgi Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni.
Afsonalarda uni Marvda kuhandiz, Xuroson, Nishopur va Isfahonda Mag‘riz va Soriyyani barpo qilgan
(mil. av. 830 y.), deyiladi. Navoiy «Tarixi muluki Ajam”da
yozishicha, ro‘za tutishlik undan sunnat
qolgan. Forscha kitob yozishlik va bo‘z to‘qishlikni Tahmuras ixtiro qilgan. U har kimning biror
sevgan odami bo‘lsa, uning suvratnni chizdirib, shu bilan xursand bo‘lar ekan. Shundan butparastlik