Ulug'bek va uning “ziji jadidi kuragoniy” asari



Download 291,19 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2017
Hajmi291,19 Kb.
#826
  1   2   3   4   5   6


ULUG'BEK VA UNING “ZIJI JADIDI KURAGONIY” ASARI.


Reja:

  1. Mirzo Ulug'bek davridagi tarixiy jarayonlar.

  1. Mirzo Ulug'bekning ilmiy va madaniy merosi.

  1. Mirzo Ulug'bekning “Ziji jadidi Kuragoniy” asari.




  1. Mirzo Ulug'bek davridagi tarixiy jarayonlar.

Ulug'bekning asl ismi Muhammad Tarag'ay. U Sohibqiron Amir temurning nabirasi Ulug'bek 1394 yil 22 martda Temurning harbiy yurishi davrida Sultoniya shahrida tug'ilgan. Ulug'bek buyuk astronom, matematik, davlat arbobi. U O'rta Osiyo xalqlari ilmu fani va madaniyatini o'z davrida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan buyuk olimlaridan biridir.

Mirzo Ulug'bekning hayoti, ayniqsa uning bolalik yillari haqida ma'lumotlar juda kam. Mirzo Ulug'bek Shoxruxning to'ng'ich o'g'li bo'lib, onasi Gavharishod nufo'zli qipchoq amirlaridan G'iyosiddinning qizi edi. Temur saroyida hukm surgan an'anaga ko'ra shahzoda Temurning katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshirdi.

Ulug'bekning bolalik yillarida haqida ana shuni ham aytish kerakki, u hamisha bobosining diqqat e'tiboriga sazavor bo'ldi. Temur butun muhabbatini ziyrak, hamma narsani bilishga harakat qilgan nabirasiga qaratadi va uning tarbiyasiga zo'r e'tibor berdi. Ulug'bekni bilimdon va tajribali murabbiylar tarbiyalab, xat-savod chiqardilar, diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda katta shoir va olim bo'lib yetishgan shayx Orif Ozariy Ulug'bekning murabbiysi qilib tayinlangan edi.

Ulug'bek juda yosh bo'lishiga qaramay, davlat kengashlariga, mas'ul qabul marosimlariga ham kiritilar va hamisha bobosining chap tomonida o'tirar edi. Demak, Temur bu nabirasini davlat ishlarini boshqarishga ham tayyorlab borgan.

Ulug'bekning yoshligi Movorounnahrda markazlashgan yirik davlat yuzaga kelgan sharoitda, bobosi Temurning Muzaffar harbiy yurishlari davrida o'tdi. Temur Ulug'bekni ko'pincha bu yurishlarda o'zi bilan birga olib yurdi. Masalan, 1398 yili Hindistonga, 1399-1404 yili Turkiyaga, 1404 yili Xitoyga qilgan yurishlarida Ulug'bek bobosi yonida bo'ldi. 1404 yili Temur o'z nabirasi Ulug'bekka Toshkent, Sayram, Ashpara va butun Mo'g'ulistonni suyurg'ol qilib berdi.

Temur vafotidan so'ng (1405 yili) Temuriylar o'rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi, siyosiy parokandalik kuchaydi. Bu kurash natijasida 1409 yili Xuroson va Movorounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keldi. Markazi Hirot shahri bo'lgan Xurosonga Shohrux, markazi Samarqand bo'lgan Movorounnahrga Ulug'bek hukmdor bo'ldi.

Ulug'bek bobosi singari harbiy yurishlar qilmadi. Uning harbiy yurishlari yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarni bartaraf qilishga qaratilgan bo'lib, qisqa muddatli bo'lgan. Masalan, 1424 yil noyabrda Ulug'bek qo'shinlari Mo'g'ulistonda Ulug'bek ishonchini oqlamagan Shermuhammadxonga qarshi katta yurish qilib, 1425 yil bahorida g'alaba qozondi. 1427 yili quyi Sirdaryo havzasidagi hududlarni davo qilib chiqqan ko'chmanchi o'zbeklar honi Baroqxonga qarshi yurishda mag'lubiyatga uchradi. Shundan so'ng 20 yil mobaynida harbiy yurish qilmadi.

1447 yili Shohruh vafot etgach, Ulug'bek Xurosonni Movarounnahr bilan birlashtirib, kuchli davlat tuzishga harakat qildi, lekin qattiq qarshilikka duch keldi. 1448 yil bahorida Hirot yaqinidagi Tarnob degan joyda Ulug'bek bilan jiyani Aloviddavlat o'rtasida katta jang bo'lib, qo'shinning chap tomonida Ulug'bekning katta o'g'li Abdullatif, o'ng tomonida katta o'g'li Abdulaziz qo'mondonlik qildi. Jang Ulug'bek g'alabasi bilan tugadi, lekin g'alabanoma Abdullatif nomidan emas, faqat Abdulaziz nomidan e'lon qilindi. Bundan tashqari Abdullatifning Hirotdagi Ixtiyoriddin qal'asidagi mol-mulkini davlat mulkiga o'tkazilishi o'g'gilning otaga nisbatan dushmanligini yanada oshirdi. Ulug'bek Hirotda Abdullatifni qoldirib, o'zi Samarqandga ketdi.

O'g'ilning otaga dushmanligidan Ulug'bekning raqiblari mohirona foydalandi. 1449 yil kuzida Abdullatif qo'shinlari Ulug'bekka hujum qilib, uni yengdi. Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Ulug'bek Samarqand shahri yaqinidagi qishloqda qatl etildi. Uning jasadi Samarqandga dafn etilgan.

Ulug'bekning hukmronlik yillarida Samarqand yanada gullab yashnadi; hunarmandchilik, me'morchilik va adabiyot ravnaq topdi, ilm-fan yuksaldi, savdo rivojlandi. Ulug'bek farmoyishi bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), G'ijduvonda (1432-33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari poyoniga yetkazildi. Ulug'bek talaygina jamoat binolari, ya'ni karvonsaroy, tili, chorsu, hammom va hokazolarning ham barpo ettirgan.


Download 291,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish