O’rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari
Reja:
Ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab
O’rta Osiyoning qadimgi axolisi
VI-VIII asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar xususida
O’zbek xalqi etnogenezining keyingi davrlari.
«O’zbek» atamasi xususida
Ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab
Dinning ujtimoiy-iqtisodiy ildizi deyilganda dinni vujudga keltirgan kundalik hayoti shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi.Jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasining pastligi, odamning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi ularda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Jamiyat hayotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyat hayotida sodir bo’luvchi voqea va hodisalar diniy ta’limotlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan.Dinlar dastlab politeistik, ya’ni ko’phudolik dinlardan iborat bo’lib, insonda ong tafakkur shakllanishi jarayonida inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning sabablarini tushunishiga harakat qila boshlaydi.Dinning gnesiologik ildizlarini tashkil etuvchi bu narsa-hodisalarning bu sabablarini bilmaslik inson tomonidan butun tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni jonlantirib tasavvur qilishiga olib keldi.Jamiyat hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar, yirik davlatlarning vujudga kelishi, hokimyatning yakka hukumdor qo’lida to’planishi odamlarning politeizmdan monoteizmga o’tishiga, ko’plab hudolar ichidan yagona hudoga e’tiqod qilishining boshlanishiga olib keladi.Dinning psixologik ildizlari dinlarning ma’naviy ruhiy ehtiyojlari bilan bevosita bog’liqdir.Insonning o’ziga doimo taskin beruvchi, uning his-tuyg’ularini yengillashtiruvchi kuchga bo’lgan ehtiyoji dinning psixologik ildizlarini tashkil etadi.
Din so’zi o’zbek qiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishon, ishonmoq degan ma’noni bildiradi.E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib, chuqur mustahkam ishonch degan ma’noni anglatadi.
Din bu insonda tashqarida bo’lgan insonga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rstadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak,qarash hamda ta’limotdir.Diniy imon va e’tiqdd din yo’lining to’g’riligi, haqligi ishonchdan iborat ma’naviy ruhiy holatdir.
Dinning tarkibiy qismi muayyan elementlardan, diniy ong, diniy ibodat va diniy tashkilotlardan iborat bo’lib, diniy tashkilotlar faoliyati ijtimoiy vazifalar bilan belgilanadi.Jamiyatdagi diniy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, ya’ni siyosiy, huquqiy axloqiy-ma’naviy, iqtisodiy mehnat munosabatlari hamda jarayonlari bilan bevosita bog’liqdir.Diniy jamoa diniy e’tiqodga asoslangan kishi;ar birligining asosiy belgilari quyidagilardan iboratdir.
1)Diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, 2)Diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi, 3)Etnik birlik tuyg’usi, 4) Jamiyat azolari orasidagi o’zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlarm huquq yoki umumiy dasturlar, qoida,
fatvolar bilan belgilanadi.Dinlar tarixida ko’p hollarda diniy birlik etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan.Masalan, islom dinida millat emas, islom diniga e’tiqod qiluvchi, Muhamad payg’ambar targ’ibotiga ergashgan kishilar birligi-ummat tushunchasi ishlatiladi.Diniy munosabatlar eng tez o’zgaruvchan munosabatlar bo’lib, bevosita diniy ehtiyojlar bilan bog’lanmagan, ayni zamonda kundalik va muhim ijtimoiy vazifalarni ham qilishga qaratilgan, kishilarning xatti-harakatlarini diniy qarashlar,pand-nasihatlar, odatlar orqali belgilash, yo’naltirish natijasida vujudga keladi.
Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida diniy e’tiqod va dinga munosabat masalasida muayyan o’zgarishlar sodir bo’lgan.Ibtidoiy jamiyat sharoitida inson tabiat kuchlarini ilohiylashtirib ularga sig’ingan,natijada dinning tarixiy shakllari, animism,fetishism,totemizm, shomonizm va magiya kabilalar vujudga kelgan bo’lsa,jamiyatning siyosiy tizimi,davlatlarning vujudga kelsihi, xususiy mulk, ijtimoiy tabaqalarning shakllanishi natijasida diniy tasavvurlarda ham o’zgarishlar sodir bo’ldi.
1.Dunyo uch bosqichdan iborta deb hisoblanib, jannat, do’za, odamlar yashaydigan dunyoning mavjudligi haqidagi qarashlar ilgai surildi.
2)insonning bu dunyodagi hayoti, diniy e’tiqod talablarini bajarish, uning u dunyodagi hayotini belgilashi to’g’risidagi qarashlar bayon etildi.
3)Dinga e’tiqod qiluvchi alohida kishilar guruhi hamda tabaqasi-ruhoinylar paydo bo’ldi.
4)Diniy ibodatxonalar qurilib, dinga e’tiqod qilish talablari hamda marosimlari sihlab chiqildi.Ibodatxonalar qoshida dastlabki maktablar, kutubxonalar vujudga kelib, yozuvning paydo bo’lishi natijasida diniy va dunyoviy bilimlar taraqqiy etib bordi.
5)Diniy mafkura vujudga kelib jamiyat hayotining barcha sohalariga o’z ta’sirini ko’rsata boshladi.Diniy dunyoqarash odamlarning ong-tafakkuri, kundalik hayoti, urf-odat hamda marosimlariga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Dunyoqarash- bu avvalo, insonning o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir.Jamiyat rivojlanib borishi bilan insonning ommaviy va nazariy bilishi faoliyati, xullas ,bir butun dunyoqarashi ham takomillashib boradi.Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti natijasida unning dunyoqarashi mifologik, diniy va falsafiy bosqichlar tomon ribovjlanib brogan.
Mifologik dunyoqarashda inson dunyoni afsona-asotirlar asosida hayoliy aks ettiradi.Diniy dunyoqarash oiladagi voqea hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog’lab tushunishidir.Diniy dunyoqarashning shakllanib borishi bilan din kelib chiqadi.Diniy dunyoqarashning boshlang’ich elementi- bu diniy tuyg’udir.Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi- bu diniy aqidalardir.Diniy aqidalar bu mazmuni bilan dunyo va undagi voqea-hodisalarni ilohiy e’tiqod asosida tushunish bilan bog’langan tasavvurlar va tushunchalardir.Diniy dunyoqarashning yana bir elementi- bu biror buyumga,narsaga,hayvon yoki daraxtga,kishiga yoki nihoyat, hudoga sig’inishdir.Sig’nish duniy e’tiqod bilan chambarchas bo’lib, diniy e’tiqod ilohiy mavjudodlar, diniy tasavvur va tushunchalarga, diniy g’oyalar va qarashlarga so’zsiz ishonishdir.Diniy e’tiqod diniy tuyg’uni,dinga va hudoga ishonishni, din muqaddas deb qaraydigan narsalarga sig’inishni keltirib chiqaradi.U dindor kishilarning his-tuyg’ularini, ularning ruhiy kechinmalarini, xulq-atvorini belgilab beradi,Barcha diniy ta’limotlarda hudo o’z hohishiga dunyoni-butun borliqni, uning barcha ko’rinishlarini yaratganligini va idora qilishi aytiladi.Hudoni o’ta takomil topgan, mukammal, oily va g’ayri tabiiy ilohiy kuch sifatida qarash diniy dunyoqarashning asosiy belgisidir.Diniy dunyoqarashning shakllanishi va taraqqiyoti Hudo to’g’risidagi diniy talimot ilohiyot ya’ni tizimni vujudga keltiradi.Hudo tushunchasi ilohiyotda barcha narsalarning ijodkori ,adolat va haqiqatning oily timsoli, hamma umuminsoniy qadriyatlarning yaratuvchisi sifatida talqin etiladi. Diniy dunyoqarashga ko’ra butun borliq olam,tabiat jamiyat, insonning o’zi ham hudo tomonidan yaratilgan, uning ijodi mahsuli,hamma joyda va hamma narsada hudoning irodasi humkrondir, deyiladi.Diniy dunyoqarash o’zining isnon hayoti bilan chambarchas bog’liqligi, insonning his-tuyg’u, quvonch va tashvishlariga, ishonch va udumlariga bevosita alloqadorligi, e’tiqodga ustun darajada e’tiborini qaratishi bilan dunyoqarashning boshqa turlaridan ajratib turadi.
Afsonaviy,diniy va falsafiy dunyoqarashlar o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lib, shu bilan birgalikda bir-biridan farqli jihatlariga ham egadir.Mustaqil O’zbekistonda dinga nisbatan yangicha munosabat, dinni inson ma’naviy kamolotining muhim tarkibiy qismi, omili deb qarash shakllandi.Diniy dunyoqarash umuminsoniy qadriyatlarning,dunyoviy bilimlarning barcha tomonlari bilan bog’langandangina jamiyat ma’naviy kamolotiga katta ta;sir ko’rsatadi.Falsafiy dunyoqarash ega dunyoni,borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushunchiruvchi nazariy qarashlar tizmidir.U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, insonning aqliy-intelektual faoliyatiga ko’proq e’tibor beradi.Falsafiy dunyoqarash mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar orqali dunyoni, borliqni tushunish,tushuntirish, baholash va izohlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |