XXXVIII
Bu bob sarlavhasida Xusravning Shirin tomonidan kelgan javoblardan achchig‘lanib, Armaniyaga
qo‘shin tortgani, Farhodni qoya ustida ko‘rib, uni tutmoqchi bo‘lgani, Farhod so‘zlaridan Xusrav
qalbiga tig‘ sanchilgani bayon etiladi.
1. Bu bayt mazmuni: yuz mingdan ortiq qo‘y-qo‘zi hamaldagicha, qoramollar esa savr kabi poda-
poda edi. Shoir bu yerda Mehinbonu o‘z qo‘rg‘onida qamal paytidagi ehtiyoj uchun qo‘y va mollar
saqlagani haqida yozib, qo‘ylar sonini hamal – qadimgi nujum fanicha o‘n ikki burjdan o‘n birinchisi
(uni qo‘y shaklida tasavvur qilinadi)dagi yulduzlar miqdoriga, qoramollarni esa savr – o‘n ikki
burjning ikkinchisi (o‘y–ho‘kiz shaklida faraz qilinadi. Yulduzlariga nisbat beradi. Shoir bu yerda
g‘oyat ustalik bilan tashbeh san’atini qo‘llaydi.
2. Bu baytdagi birinchi «tosh» so‘zi «tashqari», ikkinchisi «tosh» ma’nosida ishlatilgan.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |