Fargʻona vodiysi me'moriy yodgorliklarini o'rganishda arxiv hujjatlarining ahamiyati
(O'zbekiston Milliy arxiv hujjatlari asosida)
Annotatsiya. Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ayniqsa, ushbu viloyatdagi me’moriy obidalar butun dunyo olimlarining e’tiborini tortgani ayni haqiqat. Ushbu maqolada Farg’ona viloyatidagi me’moriy va madaniy yodgorliklar hamda obidalarni o’rganishda arxiv hujjatlarining ahamiyati haqida bayon qiladi.
Kalit so’zlar: Farg’ona, xonliklar, arxiv hujjatlar, Burxoniddin Marg’iloniy, maqbaralar, obidalar, me’moriy-madaniy yodgorliklar va h.k.
Insoniyatning tamadduniy davrlari turli jabhalarini qamrab olgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy munosbatlarni hujjatlarsiz tasavvur etish qiyin. Besh ming yildan oshibdiki, yozuv madaniyati bilan yonma-yon hujjatchilik amaliyoti davom etib kelmoqda. Jahonning turli mintaqalarida ko‘plab hujjat jamlamalari vujudga kelgan. Ular uzoq tarix varaqlarini zarur mazmun bilan to‘ldirishda muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo hududida ham arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi qadimiy asoslarga ega bo‘lib, davlatchilik tarixi hamda kichik va katta davlat uyushmalarining barpo qilinishi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyoda yozuv paydo bo‘lishi bilan muhim voqeahodisalarni qandaydir qattiq ashyolar yuzasiga – devor, tosh, sopol buyumlar, metall, po‘stlog‘i yo‘nilgan yog‘och tayoq yoki yog‘och taxtachalarga qayd qilib borish amaliyoti paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Bu esa xo‘jalik hisobi yoki huquqiy taftish, soliq nazorati, mulkchilik mubosabatlarini boshqarishga xizmat qilgan.
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovardir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv hujjatlarining o‘rni juda muhim. Arxiv – lotincha “arxivus” – hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butunlay boshqacha. Arxiv – bu idoralar, korxonalar, va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini o‘rganishda bu hujjatlarining ahamiyati kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi rahbaryati arxiv hujjatlarini har tomonlama o‘rganib, tarix inson va jamiyat darslarida foydalanish va yoshlarni shu yo‘l bilan har tomonlama etuk, aqlan rivojlangan qilib tar biyalash vazifasini yuklamoqda.
Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida doimo muhim rol o'ynagan. Alqissa, Farg'ona davlati to'g'risidagi ma'lumotlar qadimiy xitoy solnomalarida eramizning II asri oxiridan boshlab keltiriladi, O'rta asrlarda esa u Movarounnahrning etakchi o'lkalaridan biri hisoblangan. Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari mintaqaviy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi tomonidan tarixiy obidalarni asrash, restavratsiya qilish hamda ularni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona viloyatida 334 ta madaniy meros obekti mavjud bo‘lib, ularning 179 tasi me'moriy, 113 tasi arxeologik va 42 tasi monumental yodgorliklardir. Buvayda tumanidagi “Poshsho pirim” va “Bibi Ubayda” maqbaralari davlat muhofazasiga olingan hamda to‘liq ta'mirdan chiqarilib, muhofaza belgilari, yong‘in xavfsizligi anjomlari bilan ta'minlangan. Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli xil fikrlar mavjud bo’lib. Olimlar "Fargʻona" soʻzining bundan 12 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar. Farg'ona o'zining go'zal landshaftlari bilan mashhur bo'lgan olis shahar. "Chimen" kurorti Olay tog 'etaklaridagi shifobaxsh mineral buloqlarning muvozanati bilan mashhur bo'lgan Chimen qishlog'iga asoslangan.Farg'ona vodiysini go'zal tabiati, yerosti boyliklari, xushhavo iqlimi tufayli Markaziy Osiyoning gavhari, deb ataydilar. Atroflari Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog'lari bilan o'ralgan vodiy g'arb tomondagina Sirdaryoga o'z darvozasini ochgan. Qo'qon uzoq vaqt Farg'ona vodiysining asosiy shahri, deb hisoblangan. XVIII-XIX asrlarda shahar hozirgi O'zbekiston hududining kattagina qismi hamda qo'shni mamlakatlarga o'z hukmini o'tkazgan kuchli davlat - Qo'qon xonligining poytaxti bo'lgan. Ayni paytda Qo'qon yirik din markazi ham hisoblangan. Shahar gullab-yashnagan davrda, uning hududida o'ttiz beshta madrasa va yuzta masjid faoliyat ko'rsatgan. Afsuski, ularning ko'pi vaqt, er qimirlash va sovet hokimiyati tomonidan barbod qilingan. O'rta asrlarda xonlik hududida X asrga oid arab manbalarida qayd etilgan Qubo shahri joylashgan. Shahar uchta qism: qal'a, minorali devorlar bilan o'ralgan darvozali shahriston va rabotdan iborat bo'lgan.
Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida har doim muhim rol o'ynagan. Alqissa, Farg'ona davlati to'g'risidagi ma'lumotlar qadimiy xitoy solnomalarida eramizning II asri oxiridan boshlab keltiriladi, O'rta asrlarda esa u Movarounnahrning etakchi o'lkalaridan biri hisoblangan. XI asrda Marg'ilon, savdogarlar Buyuk ipak yo'li bo'ylab Misr, Yunoniston, Bag'dod, Xuroson va Qashqarga olib ketgan ipak matolari bilan dong taratgan Farg'ona vohasidagi eng yirik shahar bo'lgan. Bugun ham Marg'ilonni O'zbekistonning ipakchilik poytaxti, deb atash mumkin. Shahar hunarmandlari eski usulda bo'yalgan ipakdan xonaki atlas to'qib, bozorga chiqaradilar. Farg’ona viloyati turli mamlakatlardan kelgan odamlarni go’zal tabiati, odamlarning mehmondo’stligi, ko’p asrlik milliy an’anaviy va tarixiy obidalari bilan o’ziga jalb etmoqda. Tarixiy obidalar: Jomiy arxitektura majmuasi, Qo’qon shahridagi Muqimiy uy-muzeyi, Rishton tumanidagi Al-Roshidoni maqbarasi, Farg’ona shahridagi mahalliy tarix muzeyi, “Burxoniddin Marg’iloniy” arxitektura majmuasi. Bundan tashqari, O’zbekistonda Oqsuv va Ko’ksuv tog’lari orasida dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan Shohimardon kabi go’zal va noyob tabiiy joylar mavjud. Farg’ona shahri Markaziy Osiyodagi eng qadimiy madaniy yodgorliklardan biridir. Tarixi 1877-yildan boshlanadi.Shaharda diqqatga sazovor joylariga ko’p sonli bog’ va bog’lar, 10-asrning buyuk astronomi Ahmad Farg’oniy haykali va mahalliy muzeyi kiradi. Farg’ona muzeyining fondida 80 mingdan ziyod eksponat mavjud. Ular arxeologik topilmalar, san’at va hunarmandlik buyumlari, mahalliy keramika kolleksiyalari, zargarlik buyumlari va kashtachilikdir.Farg’ona viloyatining 88 km. g’arbida joylashgan Qo’qon shahri diqqatga sazovor joylari bilan qiziqish uyg’otadi. 1871-yili 4 gektar maydonda qurilgan so’nggi hokimi Xudoyorxon saroyi bizga qadimiy Qo’qonning buyukligini eslatib turadi. Dastlab, saroy majmuasi 7 ta binodan iborat edi undan faqat ikkitasi saqlanib qolgan. Saroyning jabhasi juda chiroyli, u juda rangli mozaika bilan bezatilgan. Saroyning ichki jihozlari g’isht, mozaika va yog’och o’ymakorligi bilan bezatilgan. Saroyning eng chiroyli xonasi – bu Xudoyorxon taxti joylashgan xonadir. Bugungi kunda shahar tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvchi mahalliy tarix muzeyi mavjud. Muzeyda 30 mingga yaqin eksponat bor. Qo`qon ipak matolari, shuningdek, G’arbiy Evropa, Rossiya va O`zbekiston ustalari tomonidan yaratilgan arxeologik topilmalar, qo’lyozmalar va noyob litografik nashrlar mavjud. Bundan tashqari bu qayerda XIX asrning boshlaridagi Qo’qon xonlari qabri, XIX asr boshidagi Jome’ masjidi, Amir madrasasi va Norbo’tabiy madrasasi joylashgan. 1998-yilda YUNESKO qarori bilan dunyoga mashhur o’rta asrlar olimi Ahmad Farg’oniyning 1200 yilligi keng nishonlandi.2000-yilda olim ilohiyotshunos va haqiqatgo’y Burxoniddin Marg’iloniyning 910 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanalar o’tkazildi. Bugungi kunda Farg’ona vodiysi O’zbekistonning eng go’zal hududlaridan biri. Tabiati boy vohalar Farg’onani o’rab turadi. Sirdaryo, Qoradaryo va Narin daryolarining birlashuvi vodiyning shimoliy chegarasi bo’ylab oqadi. Daryolarning suvlaridan Farg’onaning yirik Shimoliy va Janubiy kanallari orqali 20-asr umumxalq qurilishida foydalandilar. Vohalarda yirik shahar hisoblanmish Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Namangan joylashgan. Qishloqlarda kotta yer maydonlari, ariqlar, paxtazorlar, bog’lar, qovun va uzumzorlar odamni e’tiborini tortadi. Yo’l bo’yida terak va chinorlar bo’y rostlaydi.
Arxiv hujjatlari Yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Og‘zaki tarixiy xujjatlar har xil texnika vositalari bilan Yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylarga, sohalarga ajratilgan va xronologik sanalarga ajratilgan. O‘zRMDA da XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha bo‘lgan juda ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general – gubernatorligiga qarashli, hozirgi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va qisman Qozog‘iston respublikalari hududidagi viloyatlar, uezdlar, volostlar, muassasa korxona va tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar ushbu markaziy arxivda mujassamlashgan. O‘zRMDA hujjatlarida Turkistondagi chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, rus xalqi bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan o‘zbek xalqining madaniy aloqalari, chor burjua apparati olib borgan siyosat to‘g‘risidagi boy materiallar O‘rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama chuqur o‘rganishda bebaho durdona bo‘lib xizmat qiladi. Arxivda Turkiston o‘lkaidagi chor hukumatining ma’muriy tashkilotlari faoliyatlariga oid bo‘lib, unda mahalliy aholining ayanchli ahvoli, chorizmning shfvqatsiz zulmi, chorizm amaldorlarining hatti- harakatlari va ularga qarshi xalqning kurashi o‘z aksini topgan.
Davlat arxiv jamg‘armasiga faqat 1917 yildan oldingi arxiv xujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv xujjatlari ham to‘plana boshlandi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxiviga topshirilishi belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrdan kuchga kirdi. Joylarda viloyat arxiv jamg‘armalari tashkil qilindi. Masalan, 1920 yil martda Farg‘onada, 1920 yil iyunda – Samarqandda, shu yilning noyabrida – Ettisuvda, 1921 yil martda Zakaspiyda ana shunday arxiv jamg‘armalari tashkil etildi. Ma’lumki, 1924 yili O‘rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy davlat chegaralanishi o‘tkaziladi. Natijada RSFSR, O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari, Tojikiston ASSR (O‘zR tarkibida), Qozog‘iston ASSR va Qirg‘iziston avtanom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O‘zRning o‘z arxiv tashlilotlari vujudga keldi. Bugungi kunda O‘zbekiston arxivlari ish suratini yanada jadallashtirish maqsadida rivojlangan Yevropa davlatlaridagi hujjatlarni arxivlashtirish uslublarini o‘rganib chiqish va ularni saqlash choralarini izlab topishni talab etmoqda. Shu madsadda Yevropa ittifoqi institutlari va organlarining arxivlar xizmati, arxivdagi ish jarayonlari va arxivlarni manbalar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami ortib bormoqda. XXI asrdagi zamonaviy ijtimoiy boshqaruvdagi tezkorlik, axborotlarning o‘sib borishi, elektron hukumatning oldinlab ketishi, raqamlashtirish va yangi texnologiyalarning joriy etilishining zaruriyati bo‘yicha o‘zgarishlar shiddat bilan davom etmoqda. Yevropa ittifoqi a’zolarining ko‘payishi ma’muriy boshqaruv madaniyatini tizimlashtirishni talab etadi. Bugungi kunda yer yuzining ko‘pgina davlatlarida elektron hujjatlarni boshqarish va saqlash doirasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Elektron hujjatlarning huquqiy-normativ asoslari ham shakllangan. Elektron hujjatlarni tadbiq etishning ba’zi muammolari xalqaro darajada, boshqalari esa davlatning ichki doirasida hal etiladi. Elektron hujjat aylanishini amalga oshirish uchun kelajakda dasturiy ahamiyatga ega bo‘ladigan normativ hujjatlarning qabul qilinishi talab etiladi. Ushbu narmativ hujjatlar orqali elektron hujjatlar aylanishi, saqlanishi, qo‘lga kiritilishi, ulardan foydalanish qoidalari va ishning boshqa ko‘pgina jihatlari tartibga solinadi. Shundan kelib chiqib, arxiv xizmatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida o‘quv kurslari yoki ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish taklif qilinadi. Hozirgi kunda katta o‘zgarishlar bo‘layotgan dunyoda yashayotgan ekanmiz, bu o‘zgarishlar talabga javob beradigan va uzoq muddat davomidagi arxiv hujjatlarini saqlashga va arxiv me’rosidan foydalanishda ba’zi xavf xatarlarni tug‘dirishi mumkinligini e’tibordan qochirmaslikni talab qiladi. Zero, ochiq xildagi arxivlarga tabiiy ofatlar va boshqa fojeaviy holatlarning yetkazishi mumkin bo‘lgan ziyonlarning oldini olish hamda shikast yetgan arxiv hujjatlarini tiklash texnologiyalarini yaratishni talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». -T.: Sharq, 1997.
A.Erkayev Ma’naviyat – millat nishoni. -T.: Ma’naviyat, 1997. 27 bet.
S.S.Bulatov va M.Ashirov Amaliy san’at atamalar lug’ati. -Toshkent: Enseklopediya bosh red., 1991. 86 bet.
S.S.Bulatov, L.Dadashev Naqsh alifbosi. –T.: Cho’lpon, 1999. 58 bet.
S.S.Bulatov Ganchkorlik va naqqoshlik yog’och o’ymakorligi atamalariga izohli lug’at. -Toshkent: Mehnat, 1991. 89 bet.
S.S.Bulatov, M.Xaydarov Hunarmandchilik duolari. -Toshkent: 1994. 60 bet.
Djo’raev R.X., Taylaqov N.I., Rasulova G. A.. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun elektron o’quv qo’llanmalar yaratishga oid ilmiy-metodik talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |