www.ziyouz.com
kutubxonasi
395
8. Muammoda ot chiqarmoq – shoir «ot chiqorib» iborasini ikki ma’noda ishlatadi. Biri – mashhur
bo‘lmoq, dong taratmoq; ikkinchisi – muammoda yashiringan nomni chiqarish, muammoni yechish.
9. Baytning mazmuni: bu fanlardan ularning har biri bosh qasidan maqtovli, shu fanning yuzlab
ustasidan bularning bittasi mohirroq edi. Navoiy bu va yuqoridagi besh baytda o‘z zamonasida ravnaq
topgan fanlardan o‘ntasida Mehinbonu saroyidagi o‘n kanizak dong taratganini madh etadi. Bundan
anglashiladiki, shoir yaratgan har jihatdan mukammal Mehinbonu, Shirin, Layli, Dilorom kabi ayollar
obrazlari qatorida fanda e’tibor qozongan komila va fozila bo‘lgan Shirinning o‘nta nadimasi borligi
davr adabiyotida ham katta yangilik edi.
10. Shoir bu baytda Mehinbonuning yana bir yuksak fazilatini ta’riflaydi: u ilmparvar, ilm ahliga
boshchilik qilar edi. So‘z asnosida Navoiy Mehinbonu donolik bilan Farhodning olimalar bilan
suhbatiga, o‘zini tutishiga razm solib, uning oddiy toshyo‘nar yigit emasligini, balki bilim va zakovat
egasi bo‘lgan olnjanob shaxs ekanligini anglab olganini ta’kidlaydi.
11. Bu baytda shoir Farhodning so‘z boshlagani, u faqat so‘z gavharlarvni sochdigina emas, balki
ko‘zlaridan ham gavharlar sochdi deb yozar ekan, istiora san’atini qo‘llaydi, gavhar sochilishini ko‘z
yoshlari o‘rinda ishlatadi.
12. Sumanbar – oqbadan go‘zal; bu yerda Shirin ko‘zda tutiladi.
13. To‘rt burqa’ ostidan mehr – aynan: to‘rt osmon ostidan quyosh (chiqishi). Bu yerda Shirin to‘rt
qavat parda ostidan chiqib kelishini quyosh chiqishiga o‘xshatilgan. Qadimgi astrologiyada
ta’kidlanishncha, quyosh to‘rtinchi osmonda turar emish.
14. Yetti xirgoh – yetti osmon ma’nosida ishlatilgan. Shoir Shiringa ko‘zi tushgan Farhod shunday
bir oh torttiki, yetti osmon uning dudidan qorayib ketdi der ekan, mubolaga san’atining ig‘roq turidan
istifoda qiladi.
15. La’lig‘a olib la’li ahmar – bu misradagi birinchi «la’l» – lab, ikkinchisi – qizil may ma’nosida
ishlatnlgan.
XXXVI
Bu bob sarlavhasida Farhod va Shirin visol mayidan behol bo‘lganlarini ko‘rgan hasadchi davron
ularning xursandlik qadahlariga hijron zaharini qo‘shgani– Xusrav Parvez Shiringa sovchilar
yuborgani bayon etiladi.
1. Madoyin – arabcha «Madina» (shahar) so‘zining ko‘pligi. Arab Iroqidagi Firot daryosi bo‘yidagi
qadimgi shahar.
2. Kisro – sosoniylar tabaqasidan bir podshohning nomi. Bu yerda shoir Xusravni uning nabirasi,
deb ta’riflamoqda.
3. Hurmuz – Xusrav Parvezning otasi.
4. Parvez– lug‘aviy ma’nosi: muzaffar, baxtiyor; Xusravning laqabi.
5. Bu baytda shoir Xusravning yuqoridagi baytlarda ifodalangan asosiy muddaosi – yana bir
uylanib toju taxtiga yarashiqli, boshqa vorislardan afzalroq farzand ko‘rish niyatini tasdiqlash uchun
irsoli masal san’atini qo‘llaydi. «Urug‘ni yaxshi yerga sochish kerak» degan hikmatli so‘z orqali
maqsad ochib beriladi.
6. To‘biy, tubo – diniy e’tiqodga ko‘ra jannat daraxti deb tasavvur qilinadigan go‘zal daraxt. Unda
hamisha xushbo‘y va xilma-xil mevalar pishib turar ekan. Bu yerda kelishgan qomat ko‘zda tutiladi.
7. Kavsar – jannatdagi serob va suvi mazali chashma emish.
8. Baytning mazmuni: xalq orasida bu xil yoqimli gap-so‘z yoyilgach, ular Xusrav qulog‘iga ham
yetib keldi. Shoir bu yerda Farhod va Shirin orasidagi oshiq-ma’shuqlik haqidagi gaplarni nazarda
tutmoqda.
9. Baytning mazmuni: lekin (Xusrav) sovchilarga nimalar ma’lumligini, ular qanday xabar
keltirishini bilmas edi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |