Husayniy g'azaliga sharh. Telbarab itgan ko'ngulni istadim har yon borib



Download 41,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi41,5 Kb.
#842929
Bog'liq
Husayniy g\'azali.


Husayniy g'azaliga sharh.

Telbarab itgan ko'ngulni istadim har yon borib,


Ko'h-u daryo-yu biyobonlarni bir-bir axtorib .

Toptim ersa o'lturubdir yuz g'am-u anduh ila,


Yor zulfidin batarrak ro'zg'orin to'nkorib .

Vahki, so'rg'och holini tinmay to'lib dedi sirishk,


Yetti gardundin fig'on-u o'tlug' ohni o'tkorib.

Vomiq-u Farhod-u Majnun mehnatimga to'zmayin,


Kuydilar ohim o'tidan har bir-bir yon borib.

Men dag'i to'zmay aning istab vatan deb kuymakin,


Yuz tuman taklif ila kelturdim ani yolborib.

Kelturub chok aylabon ko'ksumni soldim o'rniga,


Furqat-u kuymak o''tidin barisidan qutqorib.

Ey Husayniy, ul kelib tutgach visoli jur'asin ,


Tindirib ko'nglumni men ham ichtim oni sipqorib.

Kalit so'zlar: matla', ko'h, daryo, biyobon, telbarab itg'an, tanosub, anduh, g'am, yor zulfi, batarrak, tashbeh, sirishk, fig'on , Vomiq, Farhod, Majnun, taklif , mubolag'a, furqat, o't, chok aylabon, visoli jur'asin, maqta', nido.


G'azal yetti baytdan iborat bo'lib , ishqiy mavzuda bitilgan g'azal hisoblanadi. G'azalning radifi yo'q, qofiyasi esa mutlaq qofiyalardan , ya'ni o'zakdan keyin qo'shimchalar kelgan so'zlardan tashkil topgan. Qofiyaning raviysi r harfi hisoblanadi. G'azal turkiy she'riyatda alohida o'ringa ega bo'lgan, eng ko'p qo'llaniladigan ramal bahrida yozilgan bo'lib, ramali musammani mahzuf , ya'ni "foilotun-foilotun-foilotun-foilun" vaznida yozilgan. Taqte'si: - V - -| - V - - | - V - - | - V - .

G'azalning matla'si bevosita lirik qahramonning o'z holatini bayon etishi bilan boshlanadi. G'azalning birinchi misrasida shoir telbarab itgan yoki yitgan ( bu yerda telbarab itgan yoki yitgan so'zi telbalanib, o'zini unutgan darajaga yetgan , jinni bo'lgan, ketmas bo'lib ketgan, topilishi mushkul bo'lgan kabi ma'nolarni anglatgan ) -telbalanib, o'zini unutgan darajada aqldan ozgan, jinni bo'lib qolgan ko'nglining ketishi tasvirlanib,undan so'ng misar mazmuni lirik qahramon buholga kelgan ko'nglini har yondan izlagani bilan davom etadi. Ikkinchi misrada shoir ko'ngilni odatdagidan boshqa joylardan ham, ya'ni odatda barcha odamlar izlaydigan joylar (masalan, uylar, qishloqlar kabi ) dan emas , balki tog'lar, daryolar, biyobonlardan ham izlaganinii aytadi.


Ko'h(forscha) - tog'.
Telbarab itgan yoki yitgan - telbalanib, o'zini unutgan darajaga yetgan , jinni bo'lgan, ketmas bo'lib ketgan, topilishi mushkul bo'lgan .
Baytdagi tog', daryo, biyobonlar so'zi tanosib san'atini yuzaga keltirgan.

Ga'zalning ikkinchi bayti birinchi baytni davom ettiradi. Baytning birinchi misrasida lirik qahramon yuqoridagi joylardir qidirib oxiri ko'ngilni topganini , ko'ngul esa yuz g'am-u anduh bilan turganini aytadi. Bu misrada ko'ngilning holati yuz g'am-u anduh bilan , ya'ni qayg'ular, g'amlar bilan turgani orqali izohlanadi . Ikkinchi misrada shoir ko'ngilning bu ahvolini yorning zulfidan ham battarroq ro'zg'orini to'nkarib o'tirgani, surib qo'ygani bilan izohlaydi. Sababiki, yorning beradigan azobi boshqa kishilar beradigan azobdan ortiqroq, ya'ni yorning beradigan azobini boshqa azoblarga o'xshatib, taqqoslab bo'lmaydi. Bu yerda yorning zulfi chigallik, uzunlik, qoralik ma'nolarini anglatib, ro'zg'ori ham yor zulfi kabi uzun, qora , chigal ekanligi o'xshatiladi.


Anduh (forscha)- g'am, qayg'u.
Shoir baytda g'am, anduh so'zlaridan foydalanib tanosib san'atini qo'llagan. Ko'ngilning holatini yor zulfiga o'xshatib o'xshatish-tashbeh san'atini yuzaga keltirgan.
Uchinchi baytni shoir vahki so'zi bilan boshlaydi. Vahki so'zi oh, eh kabi undovlardan farqlanadi. Voh ohdan kuchliroq darajada. Sababi, bu so'z bilan shoir qo'rquv, afsuslanish , yuqori darajada hayratlanish kabi ma'nolarni beradi. Voh so'zi ohga nisbatan kuchliroq. Birinchi misrada lirik qahramon ko'ngilni topgandan so'ng, uning ahvolini so'raganda, ko'ngil ko'z yoshini to'kib holatini bayon qila boshlaydi ( misrada sirishk so'zi ko'z yoshi ma'nosini anglatgan) . Ikkinchi misra esa ko'ngilning o'z ahvoli bayonidir: ko'ngil ko'z yoshi ila dardini , faryodini, ohini aytdiki, bu ko'ngilning aytgan oh-u faryodlari yetti osmondan ham o'tib ketdi.
Sirishk- ko'z yoshlar.
Gardun(forscha) -osmon, gumbaz.
Fig'on( forscha) -faryod, yig'i, baqiriq.
Baytda fig'on hamda oh so'zlari bilan tanosib san'ati va ikkinchi misrada oh, faryodlari yetyi osmondan ham o'tib ketganini aytish orqali mubolag'aning go'zal namunasi qo'llangan.
G'azalning to'rtinchi bayti uchinchi baytni bevosita davom ettiradi. Ya'ni ko'ngil o'z faryodini, dardini bir-bir ayta boshlaydi. Hatto ko'ngilning ohini eshitgan Vomiq, undan keyin Farhod, undam keyin Majnun ham ko'gilning dardiga chidayolmay hammasi har tomonga bir-bir borib kuydilar deydi. Bu yerda birinchi bo'lib Vomiq, keyin Farhod, keyin Majnun keleishining ham o'ziga yarasha sabablari bor. Bu yerda bu qahramonlarni keltirishning o'zida ham ancha ma'no bor. Birinchi bi'lib Vomiqning kelishi Farhoddan oldin Vomiqning yozilgani, keyin esa Farhod, so'nggida esa Majnunning kelishi oxiri Majnun yozilganligidadir. Bundan tashqari dastlab Vomiqning kelishi Farhodning mubabbatidan Vomiqning muhabbati pastroq ekani, Majnunning so'nggida kelsihi esa Farhodning ishqidan Majnunning ishqi kuchliroq ekanligi ham izohlanadi. Bu izoh bayt uchun to'g'riroq bo'ladi. Ular ko'ngilning dardini eshitganlaridan so'ng o'zlarining ishqi eslaridan chiqib ( aslida bu obrazlar yorlari nihiyatda yaxshi ko'rib , ular uchun jafo chekkanlar va yorlariga yetisha olmagan obrazlar sanaladi), mening g'amimda kuyib qolishdi deydi ko'ngil.. Hatto ular ham meni dardimni eshitib toqat keltirolmadi va hammasi har tomonga borib kuyib qolishdi deyiladi.
Mehnat( arabcha) - sinov, mashaqqat, og'irlik.
Baytda Vomiq, Farhod, Majnun kabilar orqali talmeh san'ati qo'llangan va bu baytda shoir mubolag'a qo'llagan.

Beshinchi paytda lirik qahramon aytadiki, men ham ko'ngilning vatan dey kuyib, vatanini izlashiga chidayolmay, unga million takliflar bilan uni yolvorib , o'z vataniga olib keltirganini aytadi. Aslida , ko'ngil aqldan ozib ketib qolgani uchun o'z vatanini , ya'ni lirik qahramonning qalbini eslayolmaydi. Chunki u aqldan ozgan. Shu sababli ham yigit , ya'ni lirik qahramon uni juda ham ko'p qidirganligini matla'dan ma'lum edi. Lirik qahramon ko'ngilni topganidan so'ng uning oh-u faryodlarda fig'on chekayotganini ko'radi. Ko'ngilning bu holini bartaraf etish uchun ko'ngilni vataniga olib borishini aytsada , u vatanini eslayolmaydi. Natijada yigit unga million takliflar bilan yolvorishiga to'g'ri keladi. Bu yolvorishlardan so'ng axiyri ko'ngilni o'z vataniga olib borishga muvaffaq bo'ladi.


Oltinchi baytda , lirik qahramon ko'ngilga va'dalar berib olib kelgandan so'ng, ko'ksini chok qilib , ya'ni sitib ko'ngilni joyiga solib qo'yadi. Ikkinchi misrada uni joyiga solib qo'ygani ko'ngilni barcha ayriliq, judolik , kuyishlardan va barchasidan qutqarishiga sabab bo'lgan. Natijada , o'z vatanini (yigitning qalbini) eslayolmay, aqldan ozgan, jinni bo'lib qolgan ko'ngil o'z vataniga, ya'ni yigitning ko'ksiga joylashadi. Birinchi baytdayoq lirik qahramon qidirgan ko'ngilni topadi.
Maqta'da shoir o'z-o'ziga murajaat qilib, nido san'atini qo'llayapti, ya'ni "Ey Husayniy..." deb baytni boshlamoqda. Baytda aytiladiki, ko'nglim kelib menga visolini ko'rsatgandan so'ng, men ham uni sipqorib ichdim deydi. Maqta'da shoir shuncha mashaqqatlar bilan.oxiri ko'nglini.topganidan, uning visoliga erishganidan xursand bo'ladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bu g'azal orqali Husayniyning naqadar dilbar shaxs bo'lganini bilsihimiz mumkin. U faqat shoh bo'libgina qolmasdan, go'zal g'azallar, she'rlar bitgan. Biz faqatgina yuqoridagi g'azaldan ham ko'rishimiz mumkinki, Husayniy nihoyatda ta'bi nozik shoir bo'lgan. Chunki hazrat Navoiydek kishining do'sti bo'lgan kishi ham ulug' bobomizga o'xshamasligining iloji yo'q. Zerokim, xalqimizda "Do'stingning kimligini aytsang, senga kimligingni aytaman" maqolining borligi bejizga emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Husayn Boyqaro. Jamolingdin ko’zum ravshan. – Toshkent: G’afur G’ulom, 1991.
2. Anvar Hojiahmedov. O’zbek aruzi lug’ati. – Toshkent: Sharq, 1998.
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish