TAZOD
Tazod-baytda zid ma’noli so’zlarning qo’llanilishi.
Ul parivash hajridinkim, yig’ladim devonavor
Kimsa bormukim,anga ko’rganda kulgu kelmadi.
TARDI AKS
Tardi aks ( arabcha-teskari qilib takrorlash) -she’rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so’z yoki so’z birikmalarini keying misrada o’rnini almashtirib takrorlashdan iborat san’at.
Qaro ko’zum,kel -u mardumliq emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.
TALMEH
She’rda tarixiy shaxs, tarixiy qahramonlarning, ismlarning ishlatilishi.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo,tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.
ISHTIQOQ
Ishtiqoq (“so’zni so’zdan ajratmoq”)-she’r baytlarida o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’atidir.
Qilsa zulm ul zolim elni qilmag’il,yo ra,zabun,
Chun tazallumdur ishim doim meni mazlum qil.
TARSE
Tarse – baytdagi she’rlar tagma-tag bir-biriga qofiyadosh bo’ladi
Necha yetgay senga mendin malolat,
Necha kelgay menga andin xijolat .
RADDI MATLA
Raddi matla’-g’azalning birinchi bayt birinchi misrasining she’r oxiri-maqta’da takrorlanib kelishidir.
MATLA:
Qoshi yosinmu deyin,ko’zi qarosinmi deyin?
Ko’ngluma har birning dard-u balosinmu deyin?
MAQTA:
Ey Navoiy,dema qosh -u ko’zining vasfini , ayt.
Qoshi yosinmu deyin,ko’zi qarosinmi deyin?
IRSOLI MASAL
Irsoli masal “maqol kiritish” ma’nosini bildirib, she’riyat va nasrda ifodalanyotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqolini keltirish san’ati hisoblanadi.
O’qlaring ko’nglumga tushgach kuydi ham ko’z,
ham badan
Kim kuyar ho’l-u qurug’chun naysitong;’a tushdi o’t.
SIFATLASH
Sifatlash-narsa,voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning, belgi, xislatlarini aniqlash , izohlash,tasvirlash usuli
QORONG’U kechada ko’kka ko’z tikib,
ENG YORUG’ yulduzdan seni so’rayman (Cho’lpon)
Men bir QORA kunda tug’ildim,
Tug’ildim-u, shu on bo’g’ildim. ( H.Olimjon)
TAJNIS
Tajnis ( arabcha-o’xshash bo’lmoq) – yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan-jinsdosh so’zlarning baytda ikki yoki undan ortiqroq takrorlanishiga aytiladi. Tajnis tuyuq janrida muhim vosita sanaladi.
Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi OT,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni OT. ()
HUSNI TA’LIL
Husni ta’lil- hayotdagi muayyan bir voqea-hodisani
Hayotiy sabab bilan emas , balki shoirona xayol, badiiy to’qima orqali tasvirlash. Husni ta’lil “ chiroyli asoslash” san’atidir.
Quyosh oydek yuzungning xijolatidin,
QOCHIB,TO’RTINCHI KO’K UZRA CHIQIBDUR. (Lutfiy)
Jamoling vasfini qildim chamanda,
QIZORDI GUL UYOTTIN ANJUMANDA. (Atoyi)
Do'stlaringiz bilan baham: |