Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
Kurash Jamiyatining a’zolari, eski bayramlar — “barcha muqaddas bayramlar” va “Gay Foksni man 
qiluvchilar” bilan kurashuvchilar, ko‘rshapalaklarning qotillari, kitoblarga qiron keltiruvchilar, 
mash’albozlar; barchalari hech bir istisnosiz odamlarga Marsga birinchi bo‘lib oddiy, dag‘al yo‘llar bilan 
uchib kelish, marsliklarni go‘rga tiqish, manzilgohlarni ifloslardan tozalash, shaharlar qurish, yo‘llarni 
ta’mirlash va umuman turli-tuman tartibsizliklarni bartaraf etish imkonini taqdim etgan odobli va 
axloqli, vijdoni pok fuqarolar. Keyin esa, Xavfsizlik mustahkam qaror topgandan so‘ng bu Quvonch 
G’oratgarlari, bu qon o‘rniga formalinli va yodli nastoyka rangli ko‘zi bor nusxalar o‘zlarining Axloq 
Iqlimini ko‘chat qilib o‘tqazish va barchaga muruvvat ila saxovat ulashish uchun paydo bo‘ldilar. 
Ularning barchasi esa — uning do‘stlari! Ha, ha, o‘tgan yili Yerda u ehtiyotkorlik va o‘ta tavoze bilan 
ularning har biri bilan tanishgan, har biriga o‘z mavqeini ko‘z-ko‘z qilgan edi. 
— Bepoyon O’lim ma’vosiga xush kelibsizlar! — qichqirdi u. 
— Menga qarang, Stendal! Bu nima degan gap? 
— Hali ko‘rasizlar, hammangiz yechiningiz! Anavi yerda hujralar bor. U yerda tayyorlab qo‘yilgan 
liboslarni kiyinglar, erkaklar bu tarafga, ayollar u tarafga. 
Mehmonlar bir oz taraddudlangancha turib qoldilar. 
— Bilmadim, bu yerda qolsak qalay bo‘larkin, — dedi miss Paup. — Bu yer menga yoqmayapti. Bu 
yerda kufrning hidi kelayapti. 
— Hech narsa qilmaydi, bor-yo‘g‘i libos bayrami! 
— Bular bari qonunga qarshi emasmikan deb qo‘rqaman. — Mister Steffens ehtiyotkorlik bilan 
burnini tortib qo‘ydi. 
— Bas! — kulib yubordi Stendal. — Bir gal quvnasangiz quvnabsiz-da. Ertaga hammasi ostin-ustin 
bo‘ladi. Hujralarga tarqalinglar! 
Uyda hayot qaynab, borliq yashnab ketdi, burro-burro hazil so‘zlari yangradi, oq sichqonlar 
mittigina cho‘plari bilan mittigina g‘ijjaklarini ishqalayotgan pakanalarning navosi ostida mitti kadrilga 
raqs tushar, qurum bosgan to‘sinlar ostida bayroqchalar hilpirar va ko‘rshapalak galalari muzdek
serkayf, ko‘pikli Sharob purkayotgan jag‘lari keng ochiq o‘laksaxo‘rlar yonida charx urib uchar edilar. 
Libosli ayyomning barcha yetti zalidan o‘tib, ariqcha jildirardi. Mehmonlar o‘zlarini shunga tashlashdi 
va qarasalarki, bu Xeres arig‘i ekan! Maskarad dominosiga yashiringan yelkalaridan yillarni itqitib 
tashlab, mehmonlar kabinalardan otilib chiqdilar va ular kiyib olgan niqoblar ularning xayolot va 
dahshatlarni muhokama qilish huquqidan mahrum etdi. Qip-qizil libosli ayollar charx urib aylanar va 
xandon tashlab kular edilar. Erkaklar ularning ortidan yaltoqlanib ergashardilar. Devorlarda 
allakimlarning soyalari suzardi, unda-bunda hech nimani aks ettirmaydigan ko‘zgular osig‘liq edi. 
— Bizlar barimiz qonxo‘rlarmiz! — kuldi mister Fletcher. — O’liklarmiz. 
Har biri boshqa rangdagi yettita zal: biri moviy, biri qirmiziy, biri yashil, biri pushti, yana biri oq, 
oltinchisi binafsharang, yettinchisiga qora baxmal qoplangan. Qora zalda ebent qirg‘oqlari bo‘g‘iq 
zang chaldi. Zaldan-zalga, xayoliy robotlar o‘rtasida, Sonyalar va tentak lyapniklar, Troyalyalar va 
Ulkanlar, Qora Mushuklar va Oq Qirolichalar o‘rtasida shirakayf mehmonlar gandiraklar edilar va 
ularning chalkash oyoqlari ostida pol og‘ir va bo‘g‘iq g‘ichirlar edi, go‘yo ular ostiga yashiringan yurak 
o‘z hayajonini tutib turolmayotgandek. 
— Mister Stendal! 
Shivirlab... 
— Mister Stendal! 
Ularning yonginasida O’lim niqobidagi dahshatli darranda  turardi. Bu Payks edi. 
— Biz xilvatda gaplashib olishimiz kerak. 
— Nima gap? 
— Mana. — Payks unga qoq suyak qo‘lini uzatdi. Uning qo‘lida bir hovuch eritilgan, qoraygan 
halqachalar, gaykalar, murvatlar, boltlar bor edi. 
Stendal ularga uzoq qarab qoldi, so‘ng Payksni yo‘lakka boshlab ketdi. 
— Garretmi? — so‘radi u shivirlab. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish