KUNLIK TEST – 6
ONA TILI VA ADABIYOT
1. Berilgan gaplarning qaysilarida grammatik shakllari noto'g'ri qo'llangan?
1. Yaxshisi , chopqillab chiqqin - da , kesak otib , boyqushni uchirtirib yubor.
2. Ko'l yoqasidan o'tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga qiychuvlashib cho'milishamiz.
3. Choyni ichib , maslahatni bitirib, Go’rogʻli bu so'zni aytib turibdi.
4. Xalq tarixini o'rganishi lozim bo'lgan ilmgoh , asosan , Xolidiyning xizmatini o'tash bilan mashg'ul edi.
A ) 1 , 2 , 4 B ) 1,2 C) faqat 4 D ) 1 , 2 , 3 , 4
2. Qaysi hukm xato ?
1 ) Fe’lning otga xoslangan shakli harakat nomi hisoblanadi.
2 ) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat boʻlgan qo'shma otlar ajratib yoziladi;
3 ) es - es , chelak - chelak , qator-qator so'zlari takror otlardir.
4 ) juft sifatlar belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi:
5 ) juft fellar ish - harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
A ) 1,2,3,4,5 B ) 2,3,4 C ) 2,3,4,5 D ) 2,3,5
3. Quyidagi gapda nuqtalar o'miga qaysi kelishik qo'shimchalarini qo'llab bo'lmaydi?
Til - so'zlovchi ... istagi ... eshituvchi ... yetkazuvchi tarjimondir.
A ) chiqish kelishigi B ) qaratqich kelishigi
C ) tushum kelishigi D ) jo'nalish kelishigi
4. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi qo'shimcha ta'sirida tovush oʻzgarishi bilan yozilgan so'z yasovchi qo'shimcha qatnashgan?
1 ) Sayroqi qushlar makoni bo'lgan bu bog endi xunuk manzara kasb etgan edi:
2 ) Unsin xola ko'rpaning chiroyli qavig'iga qarab o'z ishidan mamnun bo'lardi:
3 ) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi:
4 ) U do'stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi edi;
5 ) Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham kayfiyatini ko'tardi.
A ) 2,5 B ) 1,3,5 C ) 2,3,4 D ) 2,4
5. Qaysi javobdagi barcha so'zlarda muqtalar o'rnida o unlisi yoziladi?
A ) munos .. bat , muom ... la , isloh ... t
B ) muloq ... t , mutl ... q , muhok ... ma
C ) t ... bora , mabod… , insho ... t
D ) taq ... zo , udd ... buron , saxov ... t
6. Qismlari oʻzaro kelishik va ko'makchilarsiz bogʻlangan otli birikmalami aniqlang.
1 ) shahar ko'chalari; 2 ) rivojlangan mamlakat, 3 ) O‘zbekiston haqida 4 ) o'z uyim; 5 ) iliq munosabat; 6) oʻzbekcha nutq
A ) 1,2,4,5,6 B ) 2 , 5 , 6 C) 2,3,5,6 D 1,2,3,4,5,6
7. Sodiq maqtanib : " Men kabi yashashni istasang , ishlashni o'rgan", - dedi.
Mazkur gapda ishtirok etgan fe'llar haqidagi to'g'ri ma’lumotni aniqlang.
A ) Gapda majhul nisbatdagi ravishdosh ishtirok etgan.
B ) Gapda ishtirok etgan sof fe’llarning barchasi kelasi zamon ma'nosini ifodalagan.
C ) Gapda ishtirok etgan sof fe llaming barchasi xabar mayli ma'nosini ifodalagan.
D ) Gapda aniq nisbatdagi harakat nomi ishtirok etgan.
8. Qaysi gaplar juftligida berilgan - siz shaxs - son qo'shimchasi har ikki o'rinda ko'plik ma'nosini ifodalab kelgan?
A ) Kech bo'lib qoldi , qani , turinglar , yigitlar , endi ketasiz Akramjon, siz hammani yig'asiz , keyin birga jo'naymiz.
B ) Hozir mana bu rasmni chizasiz , o'g'lim keyin ikkovlashib kamchiligini to'ldiramiz . " Siz ham menga juda yoqasiz ", - dedi ustoziga.
C ) Nimaga qarab turibsiz , hammangiz oʻz ishingizni davom ettiring Shunaqa ham uxlaysizmi , turinglar, tush bo'lib ketdi - yu.
D ) Nimaga bitta o`zingiz turibsiz qolgan yigitlar qani ? Oyijon , bugun siz ham borasizmi , iltimos , bora qoling .
9. Dildoraning chaqnoq , qop - qora ko'zlari , quvnoq yuzi , xushchaqchaq tabiati ziyrak aqlini aks ettirib turardi.
Mazkur gapdagi sifatlar haqidagi qaysi ma'lumot to'gʻri?
A ) Mazkur gapda oddiy va ozaytirma daraja shaklidagi sifatlar ishtirok etgan
B ) Mazkur gapda faqat nisbiy sifatlar ishtirok etgan
C) Mazkur gapda tub va yasama sifatlar ishtirok etgan
D ) Mazkur gapda otlashgan sifatlar ishtirok etgan.
10. Qaysi javobda yuklamaning bir ma'no turi qatnashgan?
A ) U xuddi otasiga o'xshab gapiradi , hatto yuzi ham o'xshaydi.
B ) Bu muqaddas dargoh siz bilan bizga qadar ham bo'lgan.
C ) Menda - ku bu narsalardan bor , siz nima qilasiz , sizda ham bormi?
D ) Bu holat bahorda ham bilinmaydi , faqat yozda bilinadi.
11. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o'zaro shakldosh so’zlar qatnashgan?
A ) Norqul aka raislikdan boʻshadi va boshqa ishga o'tdi. Binoning ikkinchi qavatidagi auditoriya boʻshadi.
B ) Bola tosh bilan qo'lidagi yong'oqni chaqdi. U oʻziga qilingan kinoyaning mag’zini chaqdi va miyig’ida kulib qo'ydi.
C) Sharofat xola chinni kosalarga sho'rva suzardi . O'sha kun juda fayzsiz edi , samoda g'arib oy mng'ayib suzardi.
D ) G’ozalarimiz shoxladi , demak , ko’sak mo’ l bo’ladi , do'stim. Bu yil hovlimizdagi yong'oq daraxti to'rt tomonga qarab shoxladi.
12. Qaysi so’zning ma'noli qismlari asos + shakl yasovchi + so’z yasovchi + so’z yasovchi tartibida joylashgan?
A ) maqtanchoqlik B ) buyurtma
C ) ko'rsatma D ) qisqartma
13. Tarkibida ikki nuqta tushirib qoldirilgan sodda gapni aniqlang.
A ) Orzum shul o'chmasin yongan chirog'ing.
B ) Hamon dilim g'ash rahbarimiz nega shundoq yig'ilishda noto'g'ri ma'lumot berdi?
C ) Hamma narsa uylar , devorlar , daraxtlar qorong’ilikka jimgina cho’kdi.
D ) Aytilgan so’z otilgan oq.
14. Qaysi gapda egalik qo'shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush almashish va tovush tushish hodisalari ro'y bergan?
A ) Buningiz institutni bitiradi - ya , kelajagi haqida ham bir o'ylab ko'ring , hadeb erkalatmasdan
B ) Qalb qiynog'i og'ir bo'ladi , ko'nglingizni ezib qo'yadi , shuning uchun pushaymon bo'ladigan ishlarga yo'l qo'ymang.
C ) Ikkala qiz ham og'zini ochmay jim o'tirishar , bunisi ham , unisi ham miq etmasdi.
D ) Oltovlon ola boʻlsa , ogʻzidagin oldirar , to'rtovlon tugal bo'lsa , ko'kdagini undirar.
15. Turli ma'noviy guruhga oid sifatlar bilan ifodalangan uyushiq aniqlovchilar qatnashgan egasi ma'lum gapni aniqlang.
A ) Shahnimizga ko'rk bag'ishlab turgan baland , oppoq binolarni rosa maqtashdi.
B ) Tog ' etaklaridagi nafis va xushbo'y giyohlardan tenib olish kerak.
C ) Serchang, sershovqin ko'chalarda odamlar daryoday oqib borardi.
D) U menga oppoq va dumboq qo'lchalarini cho'zardi.
16. Uka , qoʻzichoqni ushla.
Mazkur gapdagi kesim vazifasidagi so'zning ma'nodoshiga shakldosh bo'la oladigan soʻz qaysi javobda qatnashgan?
A ) Raqibini kuch bilan yengolmagach , uni hiyla bilan qo'lga tushiradi
B ) Tut xalq xoʻjaligida foydasi eng ko'p tegadigan daraxtlardan biridir
C) Cho'ntagidan g'ijimlangan qog'ozni olib unga uzatdi
D ) Unaqa mulla emas u , uning nodonligidan Sodiq cholning jahli qo’zidi
17. Qaysi javobda jo'nalish kelishigi shaklidagi so'zlarga qo'shilib qo'llanadigan ko'makchilar qatori berilgan?
A ) boshqa , buyon, o'zga, ko'ra
B ) boshlab , tomon, sani, kabi
C ) doir , bo'lak , buyon , beri
D ) qaramay , ko'ra , muvofiq , asosan
18. Xoh o'g'lim bo'lsin , xoh yiroq , xoh yaqin kishim bo'lsin , Xoh chaqmoq kabi o'tkinchi mehmon bo'lsin . Adolat borasida har ikkalasi men uchun birdek , Hukm buyurishda ular meni o'zgacha ko'rmaydi . Yusuf Xos Hojibning “Qutadgu bilig” dostonidan olingan ushbu parchada qaysi ramziy qahramon o'z sifatlarini ana shu tarzda bayon qiladi?
A ) Oytoʻldi B ) O‘gdulmish C ) Kuntug'di D ) Oʻzgʻurmish
19. Jaloliddin Manguberdi " tragediyasida kim Jaloliddin Manguberdining joniga qasd qilish uchun yaroqbekka: " Buni Sultonbegimning tuhfasi deb berasan " -deya bog'cha , Buni ulug ' xoqonning jazosi deb urasan " , - deya xanjar beradi?
A ) Elbors pahlavon B ) Qodog’on no'yon
C ) Amir Badriddin D ) Chol ( devona )
20. Muallif yolg'on so’zlash , yolg'on harakat qilish egnilikka olib keladi, deb hisoblaydi. Soʻzining isboti uchun bog'bon va dehqonning ishini misol qilib keltiradi. Bog'bon yaratajak bog ini reja boyicha , ya ni daraxtlami bir tartibda ekib , parvarish qilmasa , har yerda tarvaqaylab , qiyshiq - qing'ir o'sgan daraxtlar bog'ni changalzorga aylantiradi . Dehqon esa urug ' sochadigan yerini shudgor qilib , so'ng mola bosmasa , ya'ni tekis qilib olmasa , sochgan urug'i bir xilda unib chiqmaydi . Shoir shu kabi mazmundagi misralar orqali to‘g‘rilik va egnilik haqidagi oʻz qarashlarini ifoda etadi.
Ushbu ma'lumot qaysi asar haqida?
A ) Nasihatlar B) " Devonu lug'ot at - turk "
C ) " Qutadgu bilig " D ) " Hayrat ul - abror "
21. Ulg'ayib , ustiga egar unlibdiki , har yakshanba kuni butun Hisomi oshib , shu yer ( bozorga ) ga keladi . Tor taxta ko'prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to'xtaydi . Toʻriq uzoq vaqtgacha bunga ko'nikolmadi , bir - ikki marta , hatto tizginni uzib qochdi , butun bozor ahlini sarson qildi . Bir - ikki marta esa yarim yo'lda tixirlik qilib oyog'ini tirab turib oldi , bo'lmadi . Qamchi yedi . Endi ko'nikib qoldi.
Ushbu parchada tasvini keltirilgan to'riqot qaysi asarda uchraydi?
A ) " Ot egasi " ( Sh Xolmirzayev )
B ) " Do'nan hikoyasi ( T.To'la )
C ) " Qiyomat qarz hikoyasi ( O ' Umarbekov )
D ) " Asrga tatigulik kun " romani ( Ch Aytmatov )
22. Abayning “Nasihatlar” kitobida ilmni , aqlni bir me'yorda saqlaydigan deb nimaga ta nif berilgan?
A ) fe'l - atvor B ) bahs C ) ixlos D ) yurak
23. " Yulduzli tunlar " asarida Boburga qarata kim " eng mahram do’stingi : - sizning musaffo qalbingizdir " - deb aytadi?
A ) Qutlug Nigor xonim B ) Xonzoda begim
C ) Qosimbek D ) Eson Davlat begim
24. Xojaning " Miftoh ul - adi " ( Adolat kaliti ) asari kimga bag'ishlangan?
A ) al - Muqtadoga B ) Jonibek Sultonga
C ) Kistan Qaro Odilga D ) Temur Sultonga
25. " Kamlikning kamoli bordir , Manmanlikning zavoli bordir ... " , " O’zingdan kattani uchratsang pir bil , O’zingni er bilsang , birovni sher bil ... " kabi hikmat darajasiga ko’tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi?
A ) " Alpomish” B ) “Kuntug'mish ”
C) " Rustaxon " D ) " Ravshan”
26. " Ajinasi bor yo'llar " asarining muallifi kim?
A ) I Yusupov B ) A.Chexov
C ) J. London D ) A. Obidjon
27. Berilgan misralarning qaysi birida tardi aks san'ati qo'llangan?
A ) Kuchum yetguncha ko'p qildim vafolar,
Vafoli qulni asrar podshohlar podshohlar
B ) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq ,
Senga men bo'lmasam ey jon , ne g'amdur
C ) Zulfung cheriki jamol mulkin,
Oldi ko’zing ittifoqi birla
D ) Ko'z yoshim tuproq ila gar qotila,
Kelmagayman javridin haqqo tila.