www.ziyouz.com kutubxonasi
84
Shunday deya u asta eshikni yopdi, ammo qulflamadi.
Xotin erning kelib o‘ringa yotganini, g‘o‘janak bo‘lib qaltirayotganini eshitib yotardi.
— Dahshatli tun. Men o‘zimni juda qari his etib ketayapman. — Ayol piq-piq yig‘ladi.
— Bo‘pti, bo‘pti, — mehribonlik bilan uni tinchlantirdi er quchoqlagancha. — Uxla.
Oxiri xotin uxlab qoldi.
Shu zahoti cholning ziyrak qulog‘iga bir narsa chalindi: tashqi eshik asta-sekin ochildi, ichkariga
yomg‘ir aralash shamol urildi, keyin eshik yopildi. Lafarj yengil odimlarning kamin oldiga kelganini va
zaif nafasini eshitdi. “Tom”, — deb qo‘ydi u o‘zicha.
Osmonda chaqmoq yaltirab, zulmatni parcha-burish qildi.
Ertalab quyosh charaqlab turar, borliqni kuydirar edi.
Lafarj mehmonxona eshigini lang ochdi-da, ichkariga tezlik bilan ko‘z yugurtirib chiqdi.
Gilamchada hech kim yo‘q edi.
Lafarj xo‘rsindi.
— Qaribman, — dedi u.
U yuvinish uchun anhordan tiniq suv keltirgani eshik tomon yo‘naldi.
Ostonada sal bo‘lmasa limmo-lim chelakni ko‘tarib kelayotgan yosh Tomga to‘qnashib, uni ag‘darib
yuborayozdi.
— Salom, ota!
— Salom, Tom.
Chol o‘zini bir chetga oldi. O’smir oyoq yalang xonadan yugurib o‘tdi-da, chelakni yerga qo‘yib,
jilmaygancha unga o‘girildi.
— Bugun kun juda zo‘r!
— Ha, yaxshi, — ehtiyotkorona javob berdi chol.
Bola bugun o‘zini juda boshqacha tutmoqda edi. U o‘zi olib kelgan suvda yuvina boshladi.
Chol oldinga bir qadam tashladi.
— Tom, bu yerga qanday kelib qolding? Sen tirikmisan?
— Nega tirik bo‘lmas ekanman? — Bola ko‘zlarini ko‘tarib otasiga qaradi.
— Ammo, Tom... Grin-Lon-Park, har yakshanba... Gullar... va... — Lafarj o‘tirishga majbur bo‘ldi.
O’g‘il uning oldiga keldi, to‘xtadi-da, otasining qo‘lidan ushladi. Chol uning barmoqlarini his etdi —
qattiq, issiq.
— Sen rostdan ham shu yerdamisan? Bu tush emasmi?
— Nahotki mening bu yerda bo‘lishimni xohlamasangiz? — bola hayajonlandi.
— Seni qara-yu, Tom, nega xohlamas ekanman!
— Unda nega so‘rayapsiz? Keldim, tamom-vassalom.
— Lekin onang, bunday kutilmaganda...
— Tashvish qilmang, hammasi yaxshi bo‘ladi. Tunda men ikkalangizga ham qo‘shiq aytib bergan
edim, bu sizlarning meni qabul qilishlaringizga, ayniqsa, oyimning qabul qilishlariga yordam beradi.
Kutilmagan hol qanday ta’sir qilishini bilaman. Shoshmang, o‘zi kirib keladi-da, amin bo‘lasiz.
Bola qalpog‘i bilan sarg‘ish jingalak sochlarini qoqib kulib yubordi. Uning ko‘zlari nihoyatda moviy
va tiniq edi.
— Salom Laf va Tom! — Ona sochlarini turmaklagancha yotoqxonadan chiqib keldi. — Rostdan
ham bugun kun juda ajoyib-a!
Tom jilmaygancha otasiga burilib qaradi:
— Men nima degan edim?
Uchalasi birgalikda uy ortidagi soyada rohatlanib nonushta qilishdi. Missis Lafarj har ehtimolga
qarshi yashirib qo‘ygan bir shisha kungaboqar sharobini chiqarib qo‘ydi va barchalari qittak-qittak
ichishdi. Lafarj hech qachon xotinini bu qadar quvnoq ko‘rmagan edi. Mabodo Tomga nisbatan
onaning ko‘nglida biron-bir shubha bo‘lganda ham uni birovga aytib solmas edi. Uning uchun hamma
narsa risoladagidek bo‘lar edi. Lafarjning o‘zi ham tobora mana shunday tuyg‘u asiriga aylanib
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |