Sentyabr 2005
MARSLIK
Osmonga tik qadalgan moviy cho‘qqilar yomg‘ir pardasi orasiga kirib ko‘zdan yo‘qolar edi, yomg‘ir
uzun kanallarga kelib quyilar edi, qariya Lafarj tomosha qilgani xotini bilan uyidan chiqib keldi.
— Mavsumdagi birinchi yomg‘ir, — dedi Lafarj.
— Mo‘‘jiza... — xo‘rsindi xotini.
— Rahmat yomg‘iri!
Ular eshikni yopishdi, xonaga qaytib kelib, kamindagi ko‘mir cho‘g‘da qo‘llarini isita boshladilar.
Ular sovqotib qaltirar edilar. Derazadan uzoq-uzoqlardagi odamlarni Yerdan bu yerga keltirib qo‘ygan
raketa korpusiga kelib urilayotgan yomg‘irning nam yiltillashini ko‘rib turar edilar.
— Faqat mana shuning o‘zi... — dedi Lafarj o‘z qo‘llariga qaragancha.
— Nima demoqchi eding? — so‘radi xotini.
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |