21 - amaliy ish
ICHKI REZBA KESISH
Ishning maqsadi:
— qo’l kuchi bilan ishlatiladigan, mexanizatsiyalashtirilgan
asboblar va stanok yordamida rezba kesish usullarini; ish urnini
tashkil qilish, xavfsiz ishlash qoidalarini o’rganish;
— jadvallardan rezba kesiladigan sterjenlarning va teshiklarning
diametrlarini aniqlash; rezba kesish asboblaridan foydalanish;
doiraviy va kerilma plashkalar bilan rezba kesish, ochiq va yopiq
teshiklarda rezba kesish; parmalash stanoklarida, elektr va pnevmatik
rezba keskichlarda rezba kesish; rezba sifatini tekshirish; havfsiz
ishlash qoidalariga rioya qilish, o’lchash va tekshirish asboblaridan
foydalanish kabi amallarni egallash lozim
Ishning vazifasi:
Parron teshiklarda rezba kesish.
Bir tomoni berk teshiklarda rezba kesish.
Taxminiy ish ob’ektlari: turli gaykalar, ichki rezbali (ikki tomoni va bir tomoni ochiq) turli ishlab chiqarish zagotovkalari.
Asbob va materiallar: metrik va dyuym rezbalar uchun turli chilangarlik metchiklari, 900 va 1200 li turli zenkovkalar, rezba kalibr-tiqinlari, turli parmalar, o’lchash aniqligi 0,1 mm. li shtangentsirkullar.
Moslama va materiallar: metchiklar uchun turli vorotoklar, parmalash patronlari, parallel gira, moy.
Parron teshiklarda rezba kesish
|
1 .Zagotovkani rezba kesishga tayyorlash.
|
1.Rezba jadvalidan berilgan o’lchamga mos parma tanlanib, stanok patroniga mahkamlanadi. Zagotovka rejalanadi, u parmalash stanogining stoliga o’rnatilib, parron teshik parmalanadi.
900 yoki 1200 li zenkovka bilap 0.1 — 1,5 mm.ga bir yoki ikki tomondan teshik zenkovkalanadi (a). Rezba kesiladigan teshikka ishlov berish uchun parma diametri aniqlanadi. Ma’lumotnoma j advallaridan metrik va quvur rezbalarini kesishga mos parma diametri
topiladi ; jadvallardan foydalanish
ning iloji bo’lmaganida, metrik rezba kesiladigan teshik diametrini takriban qo’yidagi formula asosida hisoblash mumkin:
dc=d-Kp, b u ye rd a : dc - p a r m a diametri, mm;
d-rezbaning nominal diametri, mm;
Kp - teshiklarning rejalanishiga qarab jadvallardan olinadigan koeffitsient (odatda, Kp-1-1,08); r-rezba-qadami, mm. Parmaning konussimon orka uchi artilib, patronga o’rnatiladi. Parma stanok patroniga yaxshilab mahkamlanadi.
Metchik teshikka burchaklikka qarab qo’yiladi va uning o’qi ishlov beriladigan yuzaga perpendikulyarligi tekshiriladi (b). O’ng qo’l bilan vorotokka uning o’qi bo’ylab bosim berib, chap qo’l bilan esa metchik teshikka 1—2 o’rama kesib kirib (v), turg’un holatni olguniga qadar o’ng tomonga (rezba o’naqay bo’lganida) burish kerak bo’ladi (g).
|
2.Teshikda rezba kesish
|
2.CHizma talablariga muvofiq metchiklar tanlanadi. Zagotovka gira jag’iga mahkamlanadi. Dastlabki (xomaki) metchikning ish qismi moylanadi va qirquvchi qismi bilan teshikka aniq kiritiladi.
Metchikning orqa uchi kvadratiga vorotok kiygiziladi va metchik metallda bir necha o’ram o’yguncha buragich o’ng qo’l bilan soat mili yo’nalishida aylantiriladi. Vorotok dastasidan ushlab, metchikni soat mili yo’nalishida bir-ikki marta va teskarisiga yarim aylanishga (qirindini qirqish uchun) aylantirilib, metchikning ish qismi teshikka butunlay kirguncha rezba kesiladi. Metchik teskari tomonga aylantirilib, chiqarib olinadi va ikkinchi (kalibrlovchi) metchik bilan rezba kesiladi.
|
3. Rezba sifatini tekshirish
|
3.Rezba tashqi tomonidan ko’rib tekshiriladi (yuluq va o’ramlari uzilgan rezba bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi). Rezba kalibr-tiqin vositasida tekshiriladi (uning o’tadigan uchi rezbaga buralib, o’tmaydigan qismi buralmaydi).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |