Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
bo‘g‘iq ovozi chalinardi. 
— Nega u shu paytgacha yo‘q? — so‘radi ona. 
— Hozir, sabr qil. 
Biroq Lafarj endi ishonmayotgan edi. Kim bilsin, balki yigitchani qaerdadir, qanday qilibdir 
bandargoh tomonga chopib kelayotgandami, chiroqsiz uylar oralig‘idagi zim-ziyo ko‘chalardan o‘tib 
ketayotgandami, tutib olishgandir-da? Albatta, oradagi yo‘l ancha olis edi, hatto chaqqon bola uchun 
ham olislik qilar edi. Ammo nima bo‘lganda ham Tom undan oldin yetib kelishi kerak edi... 
Birdan uzoqdan oydin yoritib turgan ko‘chadan chopib kelayotgan odam qorasi ko‘rindi. 
Lafarj qichqirib yubordi, biroq o‘sha zahoti o‘zini bosdi: 
— O’sha yoqdan, uzoqdan uning qulog‘iga boshqa ovozlar, boshqa oyoqlar dupuri chalindi. 
Derazalarda birin-ketin chiroqlar yondi. Yolg‘iz ko‘lanka bandargoh oldidagi keng maydonga otilib 
chiqdi. Bu Tom emas edi, balki sonsiz fonarlar yog‘dusida bir charaqlab, bir o‘chib turgan kumush 
rang yuzli oddiy xilqat edi. Ammo u yaqinlashib kelgani sayin tobora tanish tuyula boshladi va qiyofa 
bandargohga yetib kelganda Tomga aylanib bo‘lgan edi! Enn qo‘llari bilan suvni shaloplatdi, Lafarj 
shoshib qayiqni qirg‘oqdan itardi, ammo endi kech edi. 
Chunki ko‘chadan kimsasiz maydonga bir erkak... yana bir erkak... bir ayol, yana ikki erkak, mister 
Spolding otilib chiqdi. Ular nima qilishlarini bilmay, to‘xtab qolishdi. Ular chor atrofga olazarak 
qarashar edi, ular uyga qaytishni istashardi: axir bu... bu borib turgan dahshat, telbalik edi, 
vassalom! Shunday bo‘lsa-da, ular ta’qib etishda davom etar, dam-badam ikkilanib to‘xtab olar va 
yana yugurib ketar edilar. 
Ha, endi kech edi. Bu g‘ayrioddiy oqshom, g‘ayrioddiy voqea nihoyasiga yetgandi. Lafarj qo‘lida 
arqonni aylantirardi. 
U qattiq sovqotgan va o‘zini yolg‘iz his qilardi. Oydinda odamlar ko‘zlari kosasidan chiqib 
chopayotganlari, shoshib ketayotganlari, oyoqlarini siltab, yugurayotganlari ko‘rinib turardi, mana, 
ular barchasi, o‘n nafar odam qirg‘oq bo‘yida turar edi. Ular qayiqqa yeb qo‘ygudek qarab turishardi. 
Ular qichqirar edilar: 
— Joyingdan qo‘zg‘alma, Lafarj!  
Spolding qo‘lida to‘pponcha ushlab turardi. 
— Nima bo‘lgani endi  ravshan edi... Tom bir o‘zi yo‘lovchilarni ortda qoldirgancha oy yoritib turgan 
ko‘chalardan yurib borar edi. Politsiyachi miltillagan qiyofani sezib qoladi. Shartta orqasiga burilib, 
uning yuziga qaraydi, qanaqadir ismni aytib qichqiradi, orqasidan quvib, yuguradi. “Hoy, to‘xta!” U 
mashhur jinoyatchini ko‘rib qoldi. Yo‘ldan kim o‘tgan bo‘lsa hammasini ko‘rdi. Erkakmi, ayolmi, tungi 
qorovulmi yoki raketa uchuvchisimi — ularning har biri uchun  chopib ketayotgan qiyofaning kim 
ekanligi baribir edi. Uning timsolida ular uchun tanish bo‘lgan har qanday odam, har qanday ramz
har qanday ism tajassum topgan edi... So‘nggi besh daqiqa ichida qanchalab turfa ismlar tilga 
olinmagan edi!.. Tom timsolida qanchalab shaxslar tusmol qilinmagandi — barchasi soxta! 
Butun yo‘l bo‘ylab ta’qiblanuvchi va ta’qib qiluvchilar, orzu va orzu qiluvchilar, parrandalar va 
ko‘ppaklar to‘lib-toshib ketgan edi. Butun yo‘l bo‘ylab: kutilmagan kashfiyot, tanish ko‘zlar chaqnog‘i, 
chala esda qolgan ismni aytib qichqirish, qadim zamonlar haqidagi xotiralar — uning izidan chopib 
borayotgan olomon shu tariqa ko‘paygandan-ko‘payib, toshgandan-toshib borar edi. Har kim o‘rnidan 
dik etib turar edi-da, orqasidan chopib ketar edi, bir karra lip etib ko‘zdan o‘tgan siymolar, o‘n 
minglab ko‘zgular o‘n minglab ko‘zlarda aks etadi, — chopib borayotgan sharpa, shaxs, biri oldinda 
ketayotganlar uchun, boshqasi orqada kelayotganlar uchun va yana biri, yangisi uning yo‘lida 
uchraydigan, hali uni ko‘rmagan odam uchun. 
Mana, ular barchasi shu yerda, qayiq yonida har biri birgina orzuga yetishishni istaydi, — xuddi biz 
bu sharpa na Laviniya, na Rojer, na boshqa biron kishi emas, aynan Tom bo‘lishini qanchalik xohlar 
edik, o‘yladi Lafarj. Ammo endi bu amalga oshmaydi. G’isht qolipdan ko‘chgan edi. 
— Qayiqdan chiqinglar, qani! — buyruq berdi Spolding. 
Tom bandargohga ko‘tarildi. Spolding uning qo‘lidan tutdi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish