www.ziyouz.com kutubxonasi
89
qandaydir boshqacha hamman va hozir siz mana shu boshqachani o‘zgartirishga qodir emassiz.
— Sening shaharda qolishing xatarli. O’zimizning kanalda yaxshi, u yerda seni hech kim xafa
qilmaydi, — yolvorardi chol.
— To‘g‘ri... — ovoz ikkilanib javob berdi. — Ammo men bu yerdagi odamlar bilan hisoblashishga
majburman. Ertalab mening g‘oyib bo‘lganimni ko‘rishsa ularning holi nima kechishini bilasizmi?
Tag‘in hamishalikka-ya. To‘g‘ri, oyim mening kimligimni biladilar, — sizga o‘xshab aqllari yetadi.
Menga ular hamma narsani bilib olganga o‘xshab ko‘rinadilar, faqat so‘rashni istashmayapti. Arvohga
savol bermaydilar. Agar bor narsaga ega bo‘lish qiyin ekan, bunda orzuning nima yomon joyi bor?
Men ular yo‘qotgan men bo‘lmay qo‘ya qolay, ular uchun men hatto ularning orzulari yaratgan eng
go‘zal orzudan ham yaxshiroqdir. Oldimda ikki yo‘l turibdi: yo ularning dilini og‘ritishim kerak, yoki
sizning xotiningizning dilini og‘ritishim kerak.
— Ularning oilasi katta, besh nafar. Ular bu yo‘qotishga bardosh bera oladilar!
— Iltimos, — ovoz titradi, — men charchadim.
Cholning ovozi qat’iylashdi.
— Sen biz bilan ketishing kerak. Men Enniga ortiq azob berishni istamayman. Sen bizning
o‘g‘limizsan. Sen mening o‘g‘limsan, sen menikisan.
— Keragi yo‘q, iltimos! — balkondagi soya titrar edi.
— Seni bu uy va uning egalari bilan hech narsa bog‘lab turgani yo‘q.
— E-ha, siz meni nima qilayapsiz?
— Tom, Tom, o‘g‘lim, quloq sol. Tezroq uyga qaytib kel, ha, mana bu chirmovuqdan osilib tush.
Ketdik, Enn kutayapti, sening o‘z uying bo‘ladi, nima xohlasang hammasi muhayyo bo‘ladi.
Lafarj mo‘‘jiza ro‘y berishini jon-dili bilan istagancha va intiq bo‘lgancha ko‘zlarini balkondan
olmasdi...
Soyalar chayqalar, chirmovuqlar shitirlar edi.
Nihoyat past ovoz quloqqa chalindi:
— Yaxshi, ota.
— Tom!
Oy nurida chirmovuqlardan chaqqon o‘g‘il bola qiyofasi sirg‘alib tushdi. Lafarj quchoqlamoqchi
bo‘lib qo‘llarini ko‘tardi.
Tepadagi derazalarda charaqlab chiroq yondi.
Naqshinkor panjara ortidan kimningdir ovozi chalindi.
— Kim u?
— Bo‘la qol, bolakay!
Yana chiroq yondi, yana tovushlar eshitildi.
— To‘xta, otaman! Vinni, sog‘misan?
Shoshib ketayotgan oyoq tovushlari.
Chol va bola bog‘ ichidan yugurib ketishdi.
O’q ovozi yangradi. O’q bog‘ eshigining yonginasidagi devorga kelib tegdi.
— Tom, sen bu tomonga qarab chop! Men bu tomonga qarab chopaman, ularni chalg‘itaman,
to‘g‘ri kanal oldiga borgin, o‘n daqiqadan keyin o‘sha yerda uchrashamiz, bo‘la qol.
Ular har ikki tomonga qarab chopib ketishdi.
Oy bulutlar ortiga yashirindi. Chol zim-ziyo qorong‘ilik ichida chopib borardi.
— Enn, men shu yerdaman.
Ayol titrab-qaltiragancha cholning qayiqqa tushishiga yordamlashib yubordi.
— Qani Tom?
— Hozir keladi.
Ular tor yo‘lchalar va uxlayotgan shaharaga qaradi. Hamon kech qolgan yo‘lovchilar ko‘zga
tashlanardi, politsiyachi, tungi qorovul, raketa uchuvchisi, tungi visoldan keyin uyiga qaytayotgan
yolg‘izbosh erkaklar, kulgancha bardan chiqib kelgan ikki juft erkak va ayol... Allaqaerda musiqaning
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |