SULTON MAHMUD VA AYOZ LASHKAR NAZARDAN O’TKAZILAYOTGAN KUNDA
Dedilarkim, saodatli xursandchilik bir kunda sulton Mahmud o‘z lashkarlarini safga
tortib nazardan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Keng dalada adadsiz fil va otliqlar, piyoda sipohilar
saflandi, shoh otga minib lashkarni ko‘zdan kechirdi. Ayoz bilan Hasan unga hamroh
edilar. Go‘yo olam jang fillari va nayza ko‘targan sipohlarga to‘lganday edi. Dunyo
bunday haybatli lashkarni ko‘rmagan edi. Mahmud xursand bo‘lib, Ayozga qarab dedi:
- Ey o‘g‘il, qo‘rdingmi, bularning hammasi meniki, ammo bularning hammasi seniki,
sen esa mening sultonimsan». Ammo Ayoz bu so‘zga e’tibor qilmadi, qanday bo‘lsa,
shunday holatda turaverdi. Shohga o‘z paytida tashakkur demadi, go‘yo sultonning
so‘zlari unga taalluqli emasday edi.
Shunda Hasanning jahli chiqib, Ayozga qarab dedi:
- Ey G’ulom, shohsenga bu qadar ehtirom ko‘rsatmoqda. Sen esa hech narsa
eshitmaganday jim turibsan, bu hurmatsizlik axir. Sen yerga egilib ta’zim qilishing va
minnatdorchilik bildirishing kerak. Sen hurmatni bilmayapsan, shoh oldida o‘zingni
munosib tutmayapsan.
Alqissa, Ayoz Hasanning bu so‘zlarini eshitgach, dedi:
- Bunga ikki sabab bor. Birinchisi shuki, yo‘l-yo‘riqni bilmasdan podshoh oldida ta’zim
va xizmat qilgan kishi yoki xor bo‘lib, uning oldida tuproqqa bosh qo‘yishi kerak yoki
uning oldida zor-zor iltijo qilib so‘z aytishi lozim. Shohdan qo‘p bo‘lish yoxud unga teng
bo‘lish — johillikdir. Men kim bo‘libmanki, bu dargohga bosh ursam, o‘zimni unga teng
deb bilsam? Men uning bandasiman, meni bandam deb siylagan bo‘lsa, bu uning
himmati. Men kimmanki, farmon berayin, farmon — uning farmonidir. G’olib shoh har
kungiday, bugun ham o‘z bandasi Ayozga marhamat qiddi. Ikki olam uning nomiga
xutba-duo o‘qisalar ham, bilmadim, unga arzirli mukofot bo‘larmikin? Men bu namoyishu
ko‘rgazma maydonida qaerda ham qo‘rinardim, men hech kimman, nega paydo
bo‘layin? Unga xizmat qilish, oldiga kelishga menda jur’at qani, kim bo‘libmanki, u bilan
barobar tursam?
Hasan Ayozdan bu so‘zlarni eshitgach dedi:
- Ofarin senga, ey haqgo‘y Ayoz! Insof bilan aytganda bu zamonda shohning har
qanday in’omiga loyiqsan.
Keyin Hasan dediki:
- Ikkinchi sababni ham gapir.
Ayoz dedi:
- Bunisini sening oldingda aytish nojoiz. Agar podsho bilan men birga bo‘lsak, bu
so‘zni aytarman, chunki bu ikki mahramga taalluqlidir. Sen bunga mahram emassan,
senga qanday qilib aytaman, axir sen sulton emassan-ku.
Shundan keyin shoh Hasanni lashkar tomon jo‘natdi. Shoh va Ayoz ikkalasidan
boshqa kishi yo‘q edi, xilvat hosil bo‘ldiki, unda «biz» va «men» qolmagandi (begona
yo‘q edi). Hasan bu orada begona soch tolasiday edi, lekin bu soch tolasi olib tashlandi.
Mahmud dedi:
- Ikkalamiz xilvatdamiz, sirringni ayt, o‘shal aytmoqchi bo‘lgan xos so‘zingni menga
ayt.
Ayoz dedi:
- Shoh lutf kamoli-la har kachon men miskinga karar ekan, bu qarashning porlashi
nurida vujudim bus-butun yo‘qolib, erib ketadi. Shohning oftobi shu’lasi ziyosidan shu
dam poklanib nurga aylanaman. Menda vujud degan narsa, nom qolmaydi, shu ahvolda
qanday qilib sajda qilayin? Agar sen o‘sha damda oldingda meni qo‘rib tursang-da, biroq
u men emas, balki sensan. Sen bir emas, agar yuz lutf ko‘rsatsang ham, buni sen go‘yo
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |